Matritsa quyidagicha tuziladi. To'rtburchak yoki kvadrat chi-
zilib, guruh a’zolarining soniga qarab katakchalarga bo‘linadi.
Chap tarafdan yuqoridan pastga va yuqoridan o‘ng tarafga guruh
a’zolarining shartli belgilari qo‘yib chiqiladi. Guruh a’zolarining
shartli belgilari o‘quvchilar familiyasi yoki familiya bosh harfi,
tekshiruvchilarning tartib nomerlari ham bo'lishi mumkin. Go-
rizontal chiziq bo‘yicha qatorlarga tanlanayotgan o‘quvchi, ver-
tikaliga esa katakcha ichiga kim ni tanlayotgani haqidagi m a’lu-
motlar yoziladi. Ijobiy tanlash «+» belgisi bilan, o‘zaro bir-birini
tanlash esa «+» belgisi bilan ifodalanadi.
M a’lumki, kichik guruh yoki jamoalarda birlamchi guruh-
lar mavjud boMishi mumkin. Bu birlamchi guruhlar esa bosh
qa matritsada belgilanadi. Buning uchun yuqorida ko‘rsatilga-
nidek, to‘rtburchak yoki kvadrat chizilib, matritsaning chap
burchagidan pastdagi o‘ng burchagiga qaratib diagonal chiziq
o‘tkaziladi. Bu chiziq kvadratning shu diagonal chizig'iga to‘g‘ri
kelgan kataklari ustidan o'tadi.
1
-matritsadan o‘zaro tanlanish-
ga ega bo‘lgan istagan bir o‘quvchi tanlab olinadi. Uning tar
tib raqam ini va familiyasini m atritsaning
1
-qatoriga o‘tkaziladi.
Xuddi ana shu raqam ni yuqoridagi 1-katakka qo‘yiladi. So'ngra
1
-matritsadan
1
-qatorga yozilgan shaxs bilan o'zaro tanlanish-
da bo‘lgan shaxslarni tanlab olinadi. Uning tartib raqami va
familiyasi 2-qatorga yoziladi. Xuddi ana shu raqam ni yuqori
dan 2-ustunga yoziladi. M atritsaning shunga muvofiq keladi-
gan kataklariga «+» belgisi yozib qo‘yiladi. M atritsaning 1-qa-
toridagi o‘quvchi bilan o‘zaro tanlanishda bo‘lgan guruhning
navbatdagi a’zosini uning
1
-matritsadagi raqam ini saqlagan hol-
da 3-qatorga yoziladi. Shu raqamni 3-ustunning yuqori qismiga
ham qo‘yiladi. Tegishli katakka «+» belgisi
Dostları ilə paylaş: