— eski aloqalar birinchi davrda saqlanib qoladi, ular sekin-as-
ta kamayib boradi;
— asosan aloqalar qarindoshlar va yaqinlari bilan bo‘ladi («taj-
ribasiz nafaqaxo‘rlar bilan juda ehtiyot bo‘lib muloqotda bo‘lish lozim);
— sekin-asta nafaqaxo‘r do‘stlari paydo boladi;
— yaqinlari va do‘stlari bo‘sh vaqti ko‘p nafaqaxo‘rning
nabi-
ralar tarbiyasi bilan shug‘ullanishini istashadi, shuning uchun
bolalar va nabiralar bilan muloqot ham nafaqaxo'r ijtimoiy vazi-
yatining bir qismi hisoblanadi.
2. Yetakchi faoliyat:
— bu birinchi navbatda yangi rol sifatida «o‘zini izlash»,
turli
faoliyatlarda o‘z kuchini sinab ko‘rishdir, bu «sinab ko'rish va xa
to qilish» metodi orqali o‘z-o‘zini aniqlashdir (bunda u kundan
kunga hayot qisqaligini his qiladi);
— ayrim nafaqaxo‘rlar nafaqani rasmiylashtirib kasbiy faoliyati
bo‘yicha mehnat faoliyatini ham davom ettirishadi. Bunda ishla-
yotgan nafaqadagilarda
shaxsiy muhimlik hissi ortad;
— yoshroq insonlarni uyaltirish, o‘rgatish hissi borgan sari
kuchayadi;
— ayrim nafaqaxo‘rlar xotirjam olgan umrini sarhisob qilish
ga harakat qiladi, ayrimlar «memuarlar» yozib o‘z tajribasi va ke-
chinmalari bilan bolishishga harakat qiladi.
III.
Keksalik davri (nafaqaga chiqqandan so‘ng
bir necha
yildan keyin sogliqning jiddiy yomonlashuvigacha bolgan davr)
bunda inson yangi ijtimoiy statusni egallab olgan boladi va qu-
yidagilar bilan tavsiflanadi:
1. Rivojlanishning ijtimoiy vaziyati:
— o‘ziga o‘xshagan keksalar bilan muloqot;
— keksa insonning bo‘sh vaqtidan foydalanayotgan, yoki unga
«g‘amxo‘rlik» qilayotgan oila a’zolari bilan muloqot;
— ayrim nafaqadagilar jamoat ishlari bilan mashg‘ul boladilar;
— ayrim nafaqadagilar uchun boshqalar bilan munosabat
o‘zgaradi, ayrim keksalarning ilgarigi
yaqin munosabatlari as-
ta-sekin uzoqlasha boradi.
438
2. Yetakchi faoliyat:
— bo‘sh vaqtdagi qiziqishlar (ayrim keksalar har xil faoliyat
bilan shug‘ullanib, o‘zlarini sinab ko‘radilar;
— har xil usullar bilan shaxsining nimalarga qodirligini
ko'rsatishga intilish;
— ayrim keksalar (sog‘liqlari yaxshi bo‘lsa-da) uchun o‘limga
tayyorlanish yetakchi faoliyat bolib qoladi, bu dinga berilish, tez-
tez qabristonga borish, yaqinlariga «vasiyatlar» qilishda namoyon
boladi.
IV. Sogliqning birdan yomonlashishi
sharoitidagi uzoq umr
ko'rish sog‘lig‘ida jiddiy muammolari yo‘q keksalarning holati
bir-biridan farq qiladi.
1. Ijtimoiy vaziyat:
— yaqinlar,
qarindoshlar, vrachlar va palatadagi sheriklar bi
lan asosan muloqot amalga oshiriladi;
— qariyalar uyida palatadoshlari bilan muloqot (xorijda hech
kimi yo‘q qariyalarni bunday uylarga joylashtiriladi).
2. Yetakchi faoliyat:
— davolanish, qandaydir
usullar bilan bolsa-da, kasallikka
qarshi kurashish;
— o‘z hayoti mazmunini anglashga intilish. O'z hayotini be-
zashga, hayotidagi yaxshi narsalarga intilish. Bunda insori «bekor-
ga yashamaganligini ko‘rsatish uchun» o‘zidan
yaxshiroq narsa
qoldirgisi keladi.
IV.
Nisbatan mustahkam sogliq bilan uzoq umr ko‘rish (75—
80 yosh va undan kattalar).
1. Ijtimoiy vaziyat:
— yaqinlar va qarindoshlar bilan muloqot, ularning oilasida
uzoq umr ko‘ruvchi shaxs yashayotganligidan faxrlanish;
— uzoq umr ko‘ruvchi qariyada yangi do‘stlar va tanishlar
paydo boladi;
— uzoq umr kechirish noyob hodisa bolganligi uchun u bilan
gaplashishga hamma, hattoki OAV xodimlari ham intiladi.
2. Yetakchi faoliyat:
439
-
insonning layoqatiga bog‘liq bo‘lib, ko‘proq faol hayot tar-
zini kechirish, sog'liqni saqlash uchun faqat vrachlarning aytgan-
larini
qilish emas, balki o‘z sog‘lig‘ini his qilish ham muhim.
Dostları ilə paylaş: