0 ‘quv faoliyati
inson yangi bilim, ko‘nikma va malakalar egal-
laydigan, yoki mavjudlarini o'zgartiradigan, o‘z qobiliyatlarini rivoj-
lantiradigan, takomillashtiradigan jarayondir.
0
‘quv faoliyati shunday faoliyatki, unda shaxsning psixik ja
rayonlari shakllanadi va rivojlanadi, uning asosida yangi faoliyat-
lar yuzaga keladi. 0 ‘quv faoliyati insonning butun hayoti davomi
da namoyon bo‘luvchi uzluksiz jarayondir.
Ta’lim
o'qituvchi va o‘quvchining birgalikdagi o‘quv
faoliyatidan
iborat bolib, bilim, ko'nikma va malakalarni uzatish jarayonidir, ha
yotiy tajribani o‘qituvchidan o'quvchiga uzatishdir.
Ta’lim haqida gapirilganda o‘qituvchining ta’lim jarayonidagi
maxsus funksiyalariga e’tibor qaratiladi. 0 ‘qish ham o‘quv faoli
yatiga taalluqli bolib, lekin ko‘proq bu tushuncha ishlatilganda
o‘quv faoliyatida o'quvchiga tegishli faoliyat nazarda tutiladi
0 ‘qish
— bunda bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash uchun
qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan o'quvchi tomonidan amalga
oshiriladigan o‘quv harakatlari nazarda tutiladi.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan uch tushuncha ham o‘quv
faoliyati
mazmuniga taalluqlidir. 0 ‘qishning natijasi haqida gapirilganda
o'rganish tushunchasidan foydalaniladi.
0 ‘rganish
insonning o‘quv faoliyati natijasida yangi psixologik sifat
va xususiyatlarni o‘zlashtirganligini bildiradi. Etimiologik jihatdan bu
tushuncha «o‘rganmoq»
tushunchasidan
kelib chiqqan bolib, indi-
vidning ta’lim va o‘qish natijasida o‘rganishi mumkin bolgan barcha
narsalarni o‘z ichiga oladi.
0
‘quv faoliyatini o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro ta’siriga
asoslangan o‘quv-bilish jarayoni sifatida
turli tomondan tav-
siflaganda, biz to‘rt tushunchadan ham foydalanamiz,
0
‘qituv-
chi va o‘quvchi ta’sirining qaysi jihati nazarda tutilayotganligiga
bogliq ravishda biriga urg‘u beramiz. Dastlab o‘rganish haqidagi
masalasiga to‘xtalamiz.
472
Rivojlanish bilan bog‘liq barcha narsani o‘rganish deb ay-
tish mumkin emasligini ta’kidlash joiz. Masalan, unga orga
nizmning biologik jihatdan yetilish jarayonlarini kiritish mum
kin emas. Chunki organizmning biologik jihatdan yetilishi ta’lim
va o‘rganishga bogliq emas. Lekin o‘rganish deb ataladigan bar
cha jarayonlar yetilishga umuman bogliq emas deb bolmaydi.
Bu barcha olimlar tomonidan tan olingan. Lekin rivojlanish qay
darajada yetilish bilan bogliqligini aniqlash muhim. 0 ‘rganish
doimo ma’lum darajada organizmning
biologik yetilishiga taya-
nadi. Masalan, bolaga bosh miyadagi nutq uchun javob beradi-
gan bolim lar yetilmaguncha gapirishni o'rgatib bolmaydi. Bu
ikki jarayon o‘rtasida teskari aloqa ham mavjud: ta’lim va o‘qish
organizmning yetilishiga ham ma’lum ma’noda ta’sir ko‘rsatadi.
Insonda bir necha o‘rganish turlari mavjud.
Ulardan birinchisi — imprinting mexanizmi bo‘yicha
0
‘rga
nish, ya’ni tez, avtomatik ravishda o‘rganishdir. 0 ‘rganishning bu
turi markaziy nerv sistemasi rivojlangan hayvonlarda ham mav
jud. Masalan, o‘rdakchalar tugllishi bilan ona o‘rdakning yu-
rishini ko‘rib orqasidan ergashib yura boshlaydilar. Chaqaloq-
larda so‘rish reflekslari mavjud boladi. I.P.Pavlov davridan beri
xulq-atvorning bunday shakllari shartsiz reflekslar deb atalgan,
ularni ko‘proq «instinkt» deb atash to‘g‘riroq bolur edi.
0
‘rganishning ikkinchi turi — shartli reflektor o‘rganish.
Bu bo‘yicha ham tadqiqotlarni dastlab I.P.Pavlov olib borgan.
0
‘rganishning bu turi dastlabki neytral qo‘zg‘atuvchiga
shartli
reaksiyalar sifatida xulq-atvorning yangi shakllari vujudga kelishi-
ni nazarda tutadi. Organizmning shartli reflektor reaksiyalarini
tug‘diradigan stimullar qabul qilinishi lozim. Masalan, «limon»
so‘zini aytishimiz bilan ko‘z oldimizga sariq rangli, nordon ta’mli
meva keladi.
0 ‘rganishning uchinchi turi operant o‘rganishdir. Bunday
o‘rganish turida bilim, ko‘nikma va malakalar «Sinab ko‘rish
va xato qilish» metodi orqali o‘rganiladi.
Individ duch keladi-
gan vaziyatlar unda turli instinktiv, shartsiz, shartli reaksiyalarni
473
vujudga keltiradi. Organizm ketma-ket amalda masalani yechish
uchun har birini sinab ko‘radi va bunda avtomatik ravishda eri-
shilgan natijani baholaydi. Eng yaxshi
natijaga olib kelgan reak-
siya, vujudga kelgan vaziyatda organizmning qulay moslashishini
ta’minlagani boshqalaridan ajralib chiqadi va tajribada mustah-
kamlanadi. Mana shu «Sinab ko‘rish va xato qilish» metodi orqa
li o‘rganishdir.
Yuqorida tavsiflangan o‘rganish turlari hayvonlarda ham, in-
sonlarda ham uchraydi. Lekin insonlarda o‘rganishning maxsus,
oliy turlari mavjud.
Bu birinchidan, boshqa odamlar xulq-atvorini to‘g‘ridan
to‘g‘ri kuzatish orqali o‘rganish bo‘lib, unda inson kuzatilayot-
gan xulq-atvor shakllarini o‘zlashtiradi. Bu vikar o‘rganish deb
ataladi.
Ikkinchi — verbal o‘rganish, ya’ni insonning yangi tajriba
ni til orqali o‘zlashtirishidir. Bunday o‘rganish
natijasida inson
nutqni egallagan boshqa odamlarga, bilim, ko‘nikma va malakal
arni uzatishi mumkin.
0
‘rganish va ta’lim orasidagi ikki muhim qo‘shimcha farqlarni
ta’kidlab o‘tamiz. Ta’lim o'rganishdan farqli ravishda rejali va
ongli boshqariladigan tashkiliy jarayondir. 0 ‘rganish esa stixi-
yali ravishda ro‘y beradi. 0 ‘qish o‘quv faoliyatining tarkibiy
Dostları ilə paylaş: