f
Jamiyat rivojlanishining siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy j
\yo‘nalishlarini to‘g‘ri baholash.
J
544
Ota-onalar o‘qituvchining ish staji va yoshi qanday bo‘lishi-
dan qat’i nazar undan farzandlarini tarbiyalash va o‘qitish maho-
ratini kutadilar. O'quvchilar esa o‘qituvchilarni uch xil xislatlari
bo‘yicha xarakterlab beradilar. Jumladan, birinchidan, o'qituvchi-
ning odamgarchiligi, adolatliligi, sof vijdonliligi, bolalarni yaxshi
ko'rish xislatlari; ikkinchidan, o‘qituvchining sezgirligi, talabchan-
ligi bilan bog‘liq tashqi xislatlari va xulq-atvoriga qarab; uchinchi-
dan, o'qituvchining o‘z fanini bilishi, uni tushuntira olishi kabi
ta’lim jarayoni bilan bog‘liq xislatlariga qarab xarakterlab beradilar.
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, tarbiya jarayonining samara-
dorligini oshirishga qo‘yiladigan talablar bilan birga, o‘qituvchi
shaxsi va uning faoliyatiga nisbatan qo‘yiladigan ijtimoiy talablar
ham o‘sib bormoqda.
0
‘qituvchiga jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talablar, turli xil-
da ijtimoiy kutishlar, pedagogning individualligi, uning shu tari-
qa talablarga javob berishga subyektiv tayyorligi muayyan o'qituv
chining pedagogik faoliyatga naqadar tayyorligidan dalolat beradi.
23.2. Pedagogik muloqot
Maxsus pedagoglik qobiliyatlari ichida shundaylari ham bor-
ki, ularni aniq o‘qituvchilik yoki tarbiyachilik faoliyatiga man-
sub deb ajratib bo‘lmaydi. Negaki, ular har ikkalasi uchun ham
bir xilda zarurdir. Ushbu jihat - pedagogik muloqot, muomala-
dir. Psixolog olim V.A.Kan-Kalik bunday qobiliyatni tadqiq qilib
shunday fikrlarni bergan edi. Pedagoglik ishi o‘z tuzilishida ikki
yuzdan ortiq tuzilmani tashkil qiladi. Muloqot uning eng murak-
kab tomonlaridan biridir, negaki u orqali pedagogik faoliyatning
eng asosiy maqsadi — o‘qituvchi shaxsining o‘quvchi shaxsiga
ta’siri amalga oshiriladi. Pedagogning muhim mahoratlaridan ya
rn biri o‘quvchilar bilan uzoq va samarali ta’sir o‘tkazishni tash
kil etishidir. Odatda, bu mahoratni pedagogning kommunikativ
qobiliyati bilan bog‘laydilar. Kasbiy pedagoglik muloqotiga ega
bo‘lish - shaxslararo muloqotga tegishli bo‘lgan pedagog shax-
sining muhim tomonidir.
545
Aytib o‘tish joizki, pedagogik muloqot chog‘ida namoyon
bo‘ladigan kommunikativ qobiliyat — bu bolalar ta’lim va tar-
biyasi bilan bog‘liq pedagogik ta’sir doirasida o‘ziga xos ravish-
da namoyon bo‘luvchi muomala qobiliyatidir. Shulardan kelib
chiqqan holda, shunday xulosa qilish mumkin:
Inson muloqotining ma’lum bir sohasidagi umumiy
kommunikativ qobiliyatni muhokama qilmay turib,
pedagogik muloqot qobiliyati haqida alohida fikr
yuritish mumkin emas.
So‘z pedagogik muloqot haqida borar ekan, bunda
umumiy kommunikativ qobiliyatlar haqida gapirish
bilan chegaralanib qolish mumkin emas.
Birinchidan, insonning barcha kommunikativ qobiliyatlari
ham birdek namoyon bo‘lavermaydi va pedagog uchun birdek
zarur bo‘lmaydi. Ikkinchidan, pedagog egallashi lozim bo‘lgan
bir qator kommunikativ malaka va ko‘nikmalar borki, ular boshqa
kasbdagi kishilar uchun muhim ahamiyatga ega emas. Jumladan,
insonning boshqa kishilarni tushuna olishi, o‘z-o‘zini anglashi,
muloqot jarayonini to‘g‘ri baholashi, to‘g‘ri qabul qilishi, boshqa
odamlar bilan to‘g‘ri munosabatga kirisha olishi, o‘z-o‘ziga nis-
batan talabchan bo‘lishidir.
Har bir ajratilgan kommunikativ qobiliyatlar guruhini bataf-
sil ko‘rib chiqib, shu bilan birga pedagogik muloqot davrida bu
qobiliyatlarning yaxshi rivojlanmaganligi sababli yuzaga kelishi
mumkin bo‘lgan muammolarni ko‘rsatib o'tamiz.
Insonni inson tomonidan bilish insonni shaxs sifatida umumiy
baholashdir. U odatda bir ko‘rishda olingan taassurotlar natijasi-
da jamlanib, uning shaxsini ayrim tomonlari, motivlari va kelgusi
546
rejalarini baholash; tashqi ko‘rinish va odamning ichki hissiyot-
lari o‘zaro bog‘liqligini ko‘ra olish; jestlari, imo-ishoralari, mimi-
ka va pantomimikalarni o‘qib bilishda namoyon bo‘ladi.
Odamni o‘z-o‘zini anglashi o‘z bilimlari, qobiliyatlari, xarak-
terini va boshqa shaxsning xususiyatlarini baholashi; sirtdan qa-
raganda odam qanday qabul qilinadi va u boshqa odamlar ko‘zi-
da qanday namoyon bolishini bila olishidir.
Muloqot jarayonidagi holatni to‘g‘ri baholash - bu holatni ku-
zata bilish, undan foydali axborot belgilarini ajratib olish va ular-
ga e’tiborni qaratish, vujudga kelgan holatning ijtimoiy va psixo-
logik mazmunini to‘g‘ri aniqlash va qabul qilish qobiliyatidir.
0
‘qituvchilik faoliyatining pedagogik nuqtayi nazardan qiziqarli
bo‘lgan, lekin kam o‘rganilgan va amaliyotda ko'pdan ko‘p muam-
molar keltirib chiqaradigan turi pedagogik muloqotning noverbal
shakli deb nomlanadi. Bu bilan bog‘liq kommunikativ qobiliyat
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: notanish odamlar bilan muomala-
ga kirisha bilish, ziddiyatlarni oldini olish, yuzaga kelgan tushun-
movchilik va ziddiyatlarni o‘z vaqtida yecha olish, boshqa odam
tomonidan o‘zini to‘g‘ri tushunishni va qabul qilishni ta’minlay-
digan tarzda o‘zini tutish, boshqa odamga o‘zining qiziqishlari va
hissiyotlarini bayon etishga imkon berish, muloqotdan o‘zi uchun
yuqori darajada foyda ola bilish qobiliyati.
Insonning o‘z-o‘ziga nisbatan qilgan harakatlarida namoyon
bo‘lgan qobiliyati, o‘zining xulq-atvoridagi faoliyatini boshqa-
rishni bilishi, atrof-muhitdagi odamlar bilan o‘zaro muloqot qil-
ganda zarur bo'lgan qobiliyatdir. Bu narsa bizni boshqa odamlar
tomonidan to‘g‘ri qabul qilinishimiz va to‘g‘ri tushunishimizni
ta’minlaydi. Bunga yana insonni odatlaridan va kamchiliklari-
dan qutulishga bo‘lgan layoqati, ya’ni muloqotga to‘siq bo‘ladi-
gan, muloqot uchun zarur bo‘lgan foydali malaka va ko‘nikma-
larni shakllantirishga bo‘lgan qobiliyatini ko‘rsatish mumkin.
Insonning kommunikativ qobiliyati rivojlantirish mumkin
bo'lgan jarayondir. Ularni shakllantirishda ijtimoiy-psixologik
trening yaxshi natija beradi.
547
Alisher Navoiy muomala qiluvchi shaxsning mahorati haqi-
da shunday deydi: «Shirin so‘z ko'ngillar uchun bamisoli asaldir».
Shuning uchun ham pedagog har on nutq madaniyatiga kuch-
li e’tibor berishi, o‘zining psixologik, estetik, jismoniy, axlo-
qiy jihatlarini namuna holatda namoyon etishi muhim. Yuksak
tuyg'u madaniyatiga ega bo‘lgan pedagog talabalarning kayfiyati,
noxushligini darrov fahmlaydi.
Qo‘pol, odobsiz gaplarga o‘rin qoldirmaslik, talaba shaxsiga te-
gadigan qo‘pol muomala qilish pedagogning faoliyatiga putur yet-
kazadi. Talaba ahvolini tushunish, unga hamdard bo‘lish, madad
berish kerak. Pedagog o‘zining pedagogik faoliyatida awalo to‘g‘ri
so‘z bo'lishi, ishlarini adolat bilan olib borishi kerak. Bu xislat tar-
biyachi bilan talaba o'rtasida yaqinlikni oshiradi, chunki adolat in-
sonlar xulqini baholovchi muhim mezondir. Zamonaviy pedagogga
birgina umumiy madaniyatning o‘zi kifoya qilmaydi. Shuningdek,
maxsus bilimlar va malakalar asosida talabalami kuzatish, ularning
o'sishidagi muhim jihatlarni jamiyatda vujudga kelgan asosiy ijti
moiy g‘oyalar bilan taqqoslash, ta’lim-tarbiya jarayonini rivojlanti-
rish yollari va usullarini aniqlash, turli vositalar bilan tarbiyaviy
ta’sir ko‘rsatish, tahlil qilish, pedagogik izlanishlar va yutuqlarni il-
miy jihatdan bir tizimga solish maqsadga muvofiqdir. Albatta, bun-
da pedagog talabchan, yaxshi, mehribon, sabrli, bosiq va o‘z kasbiga
nisbatan e’tiqodli bo‘lishi lozim. Talabani butun qalbi bilan sevadi-
gan pedagog ko‘proq tabassum qiladi, kamroq qovoq soladi. Tala-
balaiga bilim berish bilan birgalikda ayni vaqtda ularga o‘z xarak-
terini o'tkaza oladi, ularga odamiylik namunasi bo‘lib ko‘rinadi.
Dostları ilə paylaş: |