oshirish chog‘ida allaqachon shaxs bolib shakllanadi va shak-shub-
hasiz individualdir.
0
‘qituvchi va tarbiyachilar ichida
turli-tuman
shaxslar qancha ko‘p bolsa, ular bolalarni o‘qitib tarbiyalaganlari-
da bu bolalar ko‘pdan ko‘p, shu bilan birga foydali individual xu-
susiyatga ega bolishlarining ehtimoli shuncha yuqoridir.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan, har bir o‘qituvchi va tarbiyachi ega
bolishi lozim bo‘lgan pedagogik faoliyatning umumiy talablari,
pedagogik qobiliyatning ko‘pdan ko‘p jihatlari bilan ularning in-
dividuallikka intilishlarini qanday boglash mumkin? Pedagogik
faoliyatning individual uslublarini ko‘rib o‘tamiz. Ular quyida-
gicha namoyon boladi:
1
) temperamentda (vaqtda va reaksiya tezligida, kirishuvchan-
likda;
2
) pedagogik holatlarga bolgan reaksiya xarakterida;
3) o‘qitish uslublarini tanlashda;
4)
tarbiya vositalarini tanlashda;
5) pedagogik muloqot ko‘rinishida;
6
) bolalar xatti-harakatlariga bolgan munosabatda;
7) o‘zini tuta bilish va yurish-turishida;
8
) u yoki bu turdagi rag‘batlantirish yoki jazolash usulini
qollashda;
9) psixologik-pedagogik ta’sir vositalarini qollashda.
Pedagogik faoliyatning individual yo'nalishi haqida gapirgan-
da, odatda shu nazarda tutiladiki, u yoki bu pedagogik ta’sir vo
sitalari va o'zini tutish shakllarini tanlashda pedagog o‘zining in
dividual imkoniyatlaridan kelib chiqadi. Har xil individuallikka
ega bolgan pedagoglar ko'pdan ko‘p o‘quv va tarbiyaviy misol-
lar ichidan aynan
bir xilini tanlashi mumkin, lekin ulardan har
xil foydalaniladi.
Shuni ta’kidlab o lish joizki, bu yuqori pedagogik tajribani
qabul qilinishi va uni keng tarqatilishiga taalluqlidir. Uni tah-
lil qila turib pedagog doimo shuni yodda tutishi lozimki, bunday
tajriba, malaka amaliy jihatdan olib
qaralganda uning muallifi
shaxsidan ajralmas boladi va o‘qituvchining individualligi ham-
558
da umumahamiyatga ega bo‘lgan pedagogik topilmalar birlash-
masidan tashkil topadi.
Shu sababli pedagogik tajribalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri boshqa
o‘qituvchilar yoki tarbiyachilar tomonidan ko‘chirib olishning
kelajagi yo‘q hamda bu hoi yomon natijalar beradi. Buning yu
zaga kelish sababi shundaki, pedagogning
psixologik individu-
alligini aynan qaytarish qiyin, ularsiz natijalar o‘z-o‘zidan bosh-
qacha bo‘lib chiqadi. Bu holatdan chiqib ketish uchun pedagogik
tajribaning muhim qismini ajratib olib, ongli ravishda muam-
mo qo‘yish va uni ijodiy individual qayta ishlab, hal etish lozim.
Boshqacha
qilib aytganda, har qanday pedagogik tajribani shun-
dayligicha ko‘chirib olmaslik kerak: undagi asosiy g‘oyani aniqlab,
doimo o‘zligicha qolmog‘i, ya’ni yorqin individual xislatlarga ega
bo‘lmog‘i lozim. Bu holat bolalarni o‘qitish va tarbiyalash sa-
marasini kamaytirmaydi, balki sezilarli darajada oshiradi, unga
yuqori pedagogik tajribani o'rganish orqali erishiladi.
0
‘qituvchi tomonidan tashkil etilgan o‘quv jarayonida subyekt-
ning ta’lim olishi uning o‘ziga xosligi va xarakterida namoyon
boladi, bu uning o‘quv usuliga ta’sir ko‘rsatadi. Shakllangan indi
vidual o‘quv usullari sxematik ravishda ikki qutb bilan ko‘rsatili-
shi mumkin: «ijobiy» - «salbiy». Quyida keltirilgan jadval o‘quv
jarayonida bunday usullarni ko‘rsatib beradi.
0
‘qituvchi dars ja
rayonida buni inobatga olgan holda
yondashishi maqsadga mu-
vofiqdir.
Yu.A.Samarin
fikricha, o‘quv faoliyati samaradorligining
ko‘rsatkichi o‘quvchilarda tafakkurning tizimliligi bilan dina-
mikligining kengayishidan iboratdir. Shunday ekan, pedagog do
imo ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarishda bu jihatlarni
inobatga olishi kerak.
D.B.Elkonin boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv faoli-
yatini boshqarishga oid o‘z nazariyasini ishlab chiqqan bo‘lib,
uning fikricha, o‘quv faoliyatini boshqarish uchun quyidagi
tarkibiy qismlarni o‘quvchilar egallab olishlari zarur:
1
) berilgan o‘quv topshirig‘ini yechish uchun vositalar tanlash;
559
2
) topshiriqlarni yechish jarayonida o‘z-o‘zini nazorat qilish;
3) o‘zlashtirilgan bilimlar, ko‘nikmalar sifatini baholash;
4) o‘z-o‘zini va topshiriq yechimini tekshirish;
5) o‘z oldiga maqsad qo‘ya olish;
6
) simvollar (alomatlar, belgilar) bilan predmetning ichki mu-
nosabatlari mavjudligini tushunish kabilar.
N.D.Levitov mazkur muammo bilan bevosita shug‘ullanma-
gan bo‘lsa-da, lekin o‘qituvchi tomonidan o‘quv faoliyatini bosh-
qarish imkoniyati va uning mezonlari to‘g‘risida muhim fikrlarni
ilgari suradi.
0
‘quv faoliyatini idora qilish uchun quyidagi jab-
halar ishtirok etishi shart:
1
) tafakkurning mustaqilligi;
2
) o‘quv materialining tez va puxta o‘zlashtirilishi;
3) o‘quvchilardagi aqliy topqirlik;
4) ta’lim jarayonida vujudga keltirilgan muammoli vaziyat mo-
hiyatiga chuqur kirib borish, ya’ni muhim alomatni nomuhimdan
ajrata bilish;
5) fikrlashda tanqidiylik, ijodiylik va boshqalar.
Bularning muayyan tizim shakliga kelganligi ta’limni opti-
mallashtirishning puxta negizini va shart-sharoitini yaratadi.
Dostları ilə paylaş: