Miqdoriy tahlil — moddalar xususiyatining tuzilishini miqdoriy ji-
hatdan aniqlash metodlarining yig‘indisi.
Motiv — inson xulq-atvorining ichki barqarorligi, harakatga undov-
chi kuch, sababdir.
Motivatsiya esa xulq-atvorni psixologik va fiziologik boshqarishning
dinamik jarayoni, motivlar yig‘indisi bo'lib, unga tashabbus, yo‘nalgan-
lik, tashkilotchilik, qo‘llab-quwatlash kiradi.
Muammoli vaziyat — bilish ehtiyojini qondirishda tafakkur qilish
sharti bo‘lgan psixologik vaziyat.
Muammoli ta’lim — o‘quvchining faolligini oshirishga qaratilgan va
o‘qituvchi tomonidan tashkil qilinadigan o'qitish usuli.
Muhit — organizm tug'ilgan, rivojlanadigan va yashaydigan tashqi
omillar, sharoitlar va obyektlar majmuasi.
Negativizm — bolalar psixologiyasida atrofdagi kishilarga nisbatan
bolaning sababsiz qarshilik ko'rsatishi. Negativizm ikki xil bo‘lib, pas-
siv - taklif qilingan faoliyatning bola tomonidan bajarilmasligi. Faol -
shaxsiy negativizm — bolalarning qarama-qarshi xarakterga ega bo'lgan
faoliyatni bajarishi.
Nutq — odamlarning til vositasi bilan aloqa qilishining tarixan
tarkib topgan shakli.
Odatlar — bu kundalik faoliyatda ko‘p takrorlanishi natijasida
avtomatlashgan va bajarilishi shaxsning funksional ehtiyojiga aylanib
ketgan harakatlardan iborat individual xislat.
Ong va faoliyat birligi - psixologiyaning ong bilan faoliyatning birli-
gi, uning o‘zaro bog‘liqligini e’tirof etuvchi g‘oya.
Ontogenez — organizmning individual rivojlanishi. Tirik mavjudot-
ning paydo bo‘lgan davridan to oxirigacha bolgan davrdagi o'zgarish-
lar majmuyi.
Operant o‘rganish — bilim, ko'nikma va malakalar sinab ko‘rish va
xato qilish metodi orqali o‘rganiladi. Individ duch keladigan vaziyat-
lar unda turli instinktiv, shartsiz, shartli reaksiyalarni vujudga keltira-
589
di. Organizm ketma-ket amalda masalani yechish uchun har birini si-
nab ko‘radi va bunda avtomatik ravishda erishilgan natijani baholaydi.