sishmalar yordamida ularni psixik rivojlanishini longityud meto
di orqali o‘rgangan. Gezellni bola xulqi yosh o‘tgan sari qanday
o‘zgarishi qiziqtirgan, u bolani harakat ko‘nikmalaridan boshlab
mashg‘ulotlardagi talablarini intellektual
qiziqishlarini ham ino-
batga olgan holda psixik faollikni aniq shakllarini yuzaga kelishi-
ni namunaviy vaqtinchalik grafigini tuzishni xohlagan.
Gezzel o‘zining tadqiqot metodini biografik-laboratoriyaviy
deb atagan. U tomonidan tashkil etilgan markazda laboratori-
yada motorikani nutqni bolalarni ijtimoiy hamkorligini obyektiv
ro‘yxatga olish uchun maxsus apparatura qo‘llanilgan bir tomon
lama ko‘rinadigan oyna ishlatilgan (gezzel oynasi).
U kuzatuv
sharoitlarini bola hayotining tabiiy sharoitlariga yaqinlashtirish-
ga harakat qilgan. Maxsus jihozlangan eksperimental xonada
bolaga mashg'ulotlar turini tanlash imkoni berilgan — qum yoki
suv bilan o‘ynash, taom tayyorlash harakatli o‘yinlar (bir so‘z
yoki boshqa bolalar bilan). Diagnost va maslahatchilar faqatgina
ota-onalarning ma’lumotiga tayanmasdan,
bola xulqini xarakter-
li usullarini kuzatishlari mumkin edi.
Shuningdek, Gezell egizaklar rivojlanishini o‘rganishda taqqos
lash metodini qo‘llagan, norma va patalogiyadagi rivojlanishni
(masalan, ko‘r bolalarda) o‘rgangan. Natijada u chaqaloqning 3200
nafaridan iborat tuzilgan atlasni yaratdi, 16 yoshgacha bo‘lgan bola
larning rivojlanish fenomenologiyasi to‘liq yoritilgan motorika,
xulq-atvor nutqqa nisbatan rivojlanish normalarining ko‘rsatkichlari
ajratib olingan. Gezellning testlar tizimi normativ yondashuv doirasi-
da bola psixik rivojlanishining amaliy diagnostikasini tuzdi.
Gezellning yetilish nazariyasiga asosan, optimal rivojlanishda
tug‘ma tendensiya mavjud.
Ijtimoiy rivojlanish harakat va psixik rivojlanish ma’lum ket-
ma-ketlikda bir qator yosh bosqichlarini o‘tadilar. Gezell aniqla-
gan bosqichlar rivojlanish tempi harakatlar o‘sishi
miqdori bilan
farqlanadi. Gezell shakllantirgan rivojlanishning umumiy qonu-
niyatiga ko‘ra, psixik rivojlanish tempi yuqori va yutuqlar ham
ancha ahamiyatli hayotning birinchi davrlarida ulg‘aygan sari
80
rivojlanish tezligi susayadi. Gezellning yosh rivojlanishini davr-
lashtirilishi bolalikni rivojlanish davrlariga o‘sishning
ichki tem-
pini o‘zgarish mezoni bo‘yicha talab etadi. Tug‘ilgandan 1 yosh
gacha xulqning eng yuqori o‘sishi 1 yoshdan 3 yoshgacha o‘rta
va 3 yoshdan 18 yoshgacha rivojlanishning past tempi hisoblana
di. Gezellning ilmiy qiziqishlari markazida aynan ilk bolalik uch
yoshgacha bolgan bolalar bolagan. Gezzel bolaning rivojlanishi
ni organizmning yetilishini biologik omillariga asoslangan mu-
hitga moslashish shakli sifatida ko‘radi.
Dostları ilə paylaş: