dan biri transformatsiyalar analizidir. Uning fikricha, kutilgan
va namoyon qilingan emotsional reaksiyalarning mos kelmasli-
gi bolada himoya mezanizmlari ishga tushganligidan dalolat be
radi. Shunday qilib, bolaning Meniga kirish imkoniyati tug‘iladi.
Ingliz psixoanalitiki M.Klyayn (1882—1960) bolalar psixoanali-
zini tashkil etishda o‘z variantini ishlab chiqdi1. Bunda u bolaning
to‘satdan o‘yin faoliyatidagi faolligiga e’tibor qaratdi. A.Freyddan
farqli ravishda M.Klyayn bolalarning ong ostiga to‘g‘ridan to‘g‘ri
kirish mumkinligi haqidagi fikrni ilgari surdi. Uning fikricha, hara
kat nutqqa nisbatan bolaga ko‘proq xos, erkin o‘yin kattalardagi as-
sotsiatsiyaga o‘xshaydi; o‘yin bosqichlari — bu kattalardagi assotsia-
tiv mahsulotning analogidir. Terapevt bolaga kichik o‘yinchoqlar
to‘plamini, «butun dunyo kichiklashtirilgan» to‘plamni taklif eta
di va bir soat davomida bolaga erkin harakat qilish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: