Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Erikson nazariyasining asosiy tushunchalari



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/240
tarix24.10.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#130772
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

6.3. Erikson nazariyasining asosiy tushunchalari
Eriksonning Ego rivojlanishi haqidagi tasavvurlari uning 
quyidagi asarlarida bayon etilgan». Bolalik va jamiyat» (1950), 
«Identiklik: o‘spirinlik inqirozi» (1968), «Identiklik va hayotiy 
sikl» (1979), «Yetuklik» (1979) va b. Yuqorida keltirilgan kitoblar 
nomlaridan ham kolinib turibdiki, Erikson konsepsiyasida asosiy 
tushuncha — identiklikdir. Shaxsiy identiklik— shaxsning yadro- 
si, yuragi» bolib, uni boshqalardan farqli ravishda faqat o‘zi- 
ga o‘xshashligini tasdiqlaydigan individual xislatlar to‘plamidir'. 
Ego identiklik— shaxsiy Menining barqarorligi, uzluksizligi, yax- 
litligini subyektiv his qilishdir. Guruhiy identiklik- m alum ijti­
moiy guruhga tegishliligini his qilishdir. Egoidentiklik va guruhiy 
identiklik hayot davomida shakllanadi.
Eriksonning ta’kidlashicha, identiklik shakllanishida mu­
him mexanizmlardan biri ritualizatsiya - insonlar orasida ma’lu- 
motlar almashishda, o‘zaro aloqaga kirishishda xulq-atvorning 
takrorlanuvchi shakllaridir. Ritualizatsiya - tug‘ma asosga ega 
bolib, hayot davomida murakkablashib boyib boradi.
Erikson nazariyasining asosiy mohiyati shundan iboratki, har 
bir inson o‘z hayoti davomida sakkizta bosqichdan oladi, har bir
1 Э риксон Э. Детство и общ ество. С пб.2000.С .14.
107


bosqichda unga ijtimoiy talablar qo‘yiladi. Ijtimoiy rivojlanish­
da individ oldida turgan muammolar unga inqirozli vaziyatlarni 
tug‘diradi. Inqiroz - rivojlanishning o‘tish, burilish davri bo‘lib, 
inson unga nizoni qanday hal qilishni bilmaydigan, kuchli, mos- 
lashuvchan shaxs sifatida kirishi mumkin. Odamlar rivojlanish 
bosqichidagi qarama-qarshiliklarni turlicha muvaffaqiyat va har 
xil tezlikda bartaraf etadi — Erikson konsepsiyasining epigenetik 
tamoyili shundan iborat. Eriksonning ta’kidlashicha, avlodlar- 
ning ehtiyojlari va imkoniyatlari simmetrikdir, uning konsepsi- 
yasida ularning o‘zaro bog‘liqligi aks ettirilgan.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin