Artifikalizm tabiat hodisalarini inson faoliyati bilan taqqoslab
tushunishdir. Barcha mavjudlik inson uchun yoki uning irodasi-
ga ko‘ra inson tomonidan yaratilgan sifatida talqin etiladi, quyosh
bizga yorug‘ bo'lishi uchun, ko‘l kemalar suzishi uchun. J.Pia
je tomonidan bolalar mantiqining o'ziga xos xususiyatlari ajratil-
gan ro‘yxat orasida sinkretizm bolalar tasavvurining subyektivli-
gi
va dolzarb umumiyligi, barcha bilan barchani bog‘lash fikri,
tendensiyasi bir-biriga yaqin sifatida tafsilot, sabab va oqibatlarni
idrok qilish;
— transduksiya umumiylikni chetlab xususiydan xususiylikka
o‘tish;
— sintez va o‘z holatiga qobiliyatsizligi flkr-mulohazalar
o‘rtasidagi bog‘liqlikni mavjud emasligi;
— qarama-qarshilikka sezgir emaslik;
— o‘zini o‘zi
kuzata olmaslik;
— anglashdagi qiyinchiliklar;
— tajriba uchun sir boy bermaslik bola tashqi ta’sirlar, tarbi-
yadan ayrim izolatsiya qilinmagan, lekin unda bu o'zlashtirilgan
va shakli o'zgargan.
Barcha bu xususiyatlar bola mantig‘ini belgilovchi kompleks-
ni, kompleks asosida esa egotsentrik nutq va tafakkur yotadi.
A.Binening uch aka-ukalar haqidagi vazifani hal etish jarayonida
bolalarda egotsentrizmning yaqqol namoyon bo‘lishi kuzatiladi.
Shunday qilib,
oilada uchta aka-uka Mitya, Vova, Sasha bo'lsa-
yu va Sashadan uning nechta akasi borligi so‘ralganda, u o‘zining
ikkita akasini Mitya va Vova deb aytib, to‘g‘ri javob beradi. Keyin
Mityada nechta ukasi borligi aniqlashtirilganda odatda olti-yetti
yoshgacha bola yanglishadi. Bitta Vova deya javob berdi vaholan-
ki, to‘g‘ri javob uchun u xayolan o‘rnini, pozitsiyasini o'zgartiri-
shi zarur edi, akasi Mitya o‘rnini egallashi kerak, buni esa u ud-
dalay olmaydi.
Bolaning egotsentrik holatini yaqqol namunasi sifatida uch
tog‘ maketi bilan bog'liq bo'lgan eksperiment xizmat qiladi. Bo
la uchta har xil rangdagi va qo'shimcha farqlanuvchi belgilarda-
158
gi qorli cho‘qqi, uycha, daraxt tog‘ maketlari joylashtirilgan stol
qarshisiga o‘tiradi. Boshqa tomonda qo‘g‘irchoqlar joylashtiril
gan. Boladan (topshiriq variantlaridan birida) unga havola etil
gan nusxalardan tog‘ ko‘rinishi tasvirini qo‘glrchoq ularni qa
nday ko‘rayotgan bo‘lsa, xuddi shunisini topish so'ralgan, 6—7
yoshgacha bolalar o‘zlari nimalarni ko‘rsalar,
u aks ettirilgan su-
ratni tanlashga moyildirlar. J.Piaje «Egotsentrik illyuziyaning bu
fenomenini boshqa nuqtayi nazarlar mavjudligi va ularni o‘ziniki
bilan solishtirib bolmasligi tasavvurlarning mavjud emasligi bi
lan tushuntirgan.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar pozitiyasi (holati) si
fatida egotsentrizm ildizi nimadan iborat? J.Piaje ularni bola
lar faoliyatining o‘ziga xos xarakterida (masalan, ota-onaning
g‘amxo‘rligi bolaning barcha moddiy ehtiyojlarini oldindan ba-
jarib qo‘yadi va u deyarli ziddiyatli narsalar bilan uchrashmaydi)
bolani nisbatan kechroq ijtimoiylashuvida, ijtimoiy muhitga 7—8
yoshdan oldinroq moslashmasligida ko‘radi.
Egotsentrizmni bartaraf etish uchun subyekt sifatida o‘z
«Men»ini anglash va obyektdan subyektni ajratish boshqalar bilan
o‘z nuqtayi nazarini muvofiqlashtirishga o‘rganish zarur. Egot
sentrizmni pasayishiga yangi bilim qo‘shilmasdan,
balki oldingi
yondashuv o‘zgarganligi bilan izohlanadi.
Kattalar bilan munosabat ko‘proq majbur qilish munosabatidir
u bolani o‘z subyektivligini anglashiga olib kelmaydi. 0 ‘zi ha
qidagi bilimlarni rivojlantirishi ijtimoiy o‘zaro ta’sirdan sodir
boladi, bu munosabatda bolaning tengdoshlari bilan hamkorlik
qilish juda muhimdir. Bunday tarzda asta-sekin bilish tendensi-
yasi markaziy ba’zi bir vazifalarni mahalliyga berilishi sodir bolib
ijtimoiylashgan fikr egotsentrizmni siqib chiqaradi va egotsentrik
nutq yo‘qolib, yo‘q bolib ketadi.
Dostları ilə paylaş: