mental tadqiqini (o‘tkazgan) ochib bergan. L.S.Vigotskiy bola
ning rivojlanishida egotsentrik nutqni yuzaga kelishi haqida o‘z
farazini taklif qilgan. U egotsentrik nutqni «o‘zi uchun nutq» si
fatida tashqi ijtimoiy nutqdan ichkiga o‘tish bosqichi sifatida tal-
qin qilgan.
Bundan kelib chiqib ichki nutq rivojlanishining boshlang‘ich
shakli sifatida egotsentrik nutqning tuzilish shakli sifatida o‘zi-
ga xos xususiyatlari xarakterlidir: vaziyatda chetda bo‘lgan
atrof-
dagilar uchun tushunarsizlik, qisqartirilganlik, tushirib qoldirish-
ga moyillik, egotsentrik nutq kattalarning ichki nutqi bilan uni
yaqinlashtiruvchi, juda muhim vazifani bajaradi: bola xulq-at
vorini
rejalashtirish, tashkillashtirish va boshqarish (funksiyasi)
vazifasi.
L.S.Vigotskiy egotsentrik nutq vazifalarini bunday izohlani-
shini isbotlash uchun qator o‘ziga xos eksperimental usullarni
qollagan. Masalan, bolalarning erkin
faoliyati jarayoniga buzi-
lishlar va qiyinchiliklarni kiritish ma’lum bir vaziyatni bolada ke-
rakli qalam, qog‘oz bo'yoqni mavjud emasligi. Ma’lum bo‘lishi-
cha, qiyinchilik vaziyatida egotsentrik nutq koeffitsienti deyarli
ikki martaga oshgan. Bola yuzaga kelgan vaziyatni anglashga
harakat qilib o‘z-o‘zi bilan mulohaza yuritadi: «Qalam
qayerda
endi qizil rangda chizib suv bilan ho‘llayman (namlayman), u
qorayadi va ko‘k rangga o‘xshab qoladi». Singan qalam tramvay
g‘ildiragini to‘g‘ri chizib tugatishga imkon bermasligi rasm sujeti-
ni o'zgartirishga undaydi, keyin gap tramvayning ishdan chiqishi
va uni sozlash haqida ketadi. Egotsentrik nutq funksiyasi
xulq-at-
vorning murakkab uyg‘unligidir (ritmligi) yanada keng ma’noda
murakkab vaziyatdan chiqish rejasini ishlab chiqish kelgusidagi
xatti-harakatlarni fikrlash, rejalashtirish va boshqarish vositasidir.
Shu o‘rinda bunday rol haqida J.Piaje quyidagi fikrlarni bildir-
gan: bola o‘zining xatti-harakatlari
xususida faqat ovoz chiqa-
rib o‘ylasaa, sira hech nimani hech kimga aytishni xohlamaydi.
Bunday tarzda egotsentrik nutq taqdiri uning xususida butunlay
ichki nutqqa tubdan o‘zgartirish bilan bog‘liq. J.Piajening egot-
160
sentrik nutq haqidagi dastlabki tasavvurlarini (J.Piaje egotsentrik
nutqni ta’limotining negizi sifati ko‘rib chiqqan) L.S.Vigotskiy
buzib, egotsentrizm fenomenining o‘zini inkor qilgan.
J.Piaje hamkasbining egotsentrik nuqtayi nazarini rivojla
nish yo‘llari haqidagi aytgan farazining
ahamiyatga ega ekan-
ligini e’tirof etgan. U egotsentrizm individualizm emasligini o‘z
«Men»ini anglashni haddan ortiq oshib ketmasligini, balki bilish
istiqbollarini o‘zgartirishini oldindan
detentratsiya qila olmas-
lik ekanligini e’tirof etib, yana bir bor egotsentrizm tushunchasi-
ga oydinlik kiritgan. J.Piaje fikriga ko‘ra, egotsentrizm fenomeni
umumiy xarakterga ega bo‘lib, nutq sohasida faqat uni ifodalash
bilan bog‘lab berilmaydi. Bilish egotsentrizmi, xususan kattalarda
fikr-mulohaza yuritganda yoki bilish jarayonida o‘zining obyek
tiv holatini hisobga olmaganda (dastlabki faoliyat davrida ma’ru-
za o‘qiyotgan o‘qituvchi o‘zi qay darajada bilsa, taxminan shu da
rajada talabalar biladi, deb o‘ylashi mumkin) kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: