psixik hodisalarni tadqiq qilishning yangi eksperimental-genetik
metodini ishlab chiqqan. Shakllantiruvchi eksperiment metodi-
ning g‘oyasi xulq-atvorning ma’lum bir shakllari genezisini (ge
nesis — kelib chiqish payti va taraqqiyot jarayoni) yangidan yara-
tishdan iborat, xususan, bir shakldan boshqasiga olish bosqichini
oddiy qayd qilish emas, balki bu yangi shaklga o‘tish jarayonini
o‘zini olganish muhim. L.S.Vigotskiyning eksperimental gene
tik metodi psixologiyadagi tarixiylik tamoyilini amalga oshira-
di. Tarixiy o‘rganish psixik hodisalarni tadqiq qilishga rivojlanish
kategoriyalarini, tushunchalarini tatbiq qilishni anglatadi.
Nimanidir tarixiy o‘rganish harakatda o‘rganish demakdir.
Bu dialektik metodning asosiy talabi hamdir. L.S.Vigotskiy o‘zi-
ning nutq tushunchalari rivojlanishning eksperimental tadqiqoti-
da tilning asosiy birligi sifatida so‘z tarixining empirik bosqichini
aniqlash emas, balki so‘zlar ortida turuvchi o‘sha aloqa tizimi-
ning funksional rolini qayd qilish vazifasini qo‘ygan. L.S.Vigot
skiy tajribalari so‘zlar ahamiyati ortishini isbotladi va kundalik
va ilmiy tushunchalar shakllanish jarayonining o‘zini kuzatish
imkonini berdi. Mukammallashgan shakllantiruvchi eksperiment
tadqiqotning genetik modellashtiruvchi metodi nomini olgan.
Dostları ilə paylaş: