XI
BOB. INSON PSIXIK RIVOJLANISHINING
BOSQICHLARI: ONTOGENEZDA RIVOJLANISHNI
DAVRLASHTIRISH MUAMMOSI
Reja:
1. Yoshga oid davrlarning tarixiy kelib chiqish muammosi.
2. «Psixologik yosh» kategoriyasi va L.S.Vigotskiy ishlarida
bolalar rivojlanishini davrlashtirish muammosi.
3. D.B.Elkoninning rivojlanishni davrlashtirish va yoshga oid
dinamikasi haqidagi tasavvurlari.
4. Psixik rivojlanishni davrlashtirish muammosini hal etishda-
gi zamonaviy yondashuvlar.
Mavzuning o‘quv maqsadi:
Ta’limiy:
bo‘lajak psixologlar tomonidan rivojlanishni davr
lashtirish haqidagi bilimlarning o'zlashtirilishini tashkil etish.
Tarbiyaviy:
bo‘lajak psixologlar tomonidan ontogenezda rivoj
lanishni davrlashtirish muammosi haqida bilim, malaka va
ko‘nikmalari asosida dunyoqarashini kengaytirish.
Rivojlantiruvchi:
mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy o‘quv
maqsadlari asosida talaba shaxsini rivojlantirish.
Tayanch tushunchalar:
psixologik yosh, rivojlanishni davrlash
tirish, madaniy-tarixiy fenomen.
11.1. Yoshga oid davrlarning tarixiy kelib chiqish muammosi
Yosh davrlari psixologiyasi predmeti haqidagi tasavvurlar fan
rivojlanishi davomida chuqurlashib bordi. Biroq, ta’kidlash joiz-
ki, inonning hayot siklini tuzilishi va mazmuni, ya’ni o‘rganila-
yotgan obyektning o‘zi tarixiy o‘zgarishlarga moyil. Bu ma’noda
L.S.Vigotskiy (abadiy) «hamisha bola» tushunchasini tanqid qilib,
buning o‘rniga «tarixiy bolalik» haqidagi holatni ilgari surib, o‘z
fikrini bildirgan. Psixik rivojlanish jarayoni organizmning yetilishi
va tabiatning mangu (abadiy) qonunlariga bo'ysunmaydi, shuning
uchun «hamisha», («Abadiy») bolalik haqida gapirib bo‘lmaydi.
Madaniy-tarixiy fenomen sifatida bolalik tarixi jamiyat tarixi bi
lan uyg‘unlashadi. Bolalik bu tarixiy kelib chiqish va ko‘rinishiga
Dostları ilə paylaş: