188
ega b o‘lgan, murakkab ijtim oiy-m adaniy hodisadir. Fransuz ta-
rixchisi F A rlesning o'ziga xos tadqiqotlarida bolalik tushunchasi
insoniyat tarixiy rivojlanishi davom ida qanday shakllanganligi va
turli davrlarda u nim asi bilan farqlanganligi ko'rsatilgan. F.Arles
san ’at asarlari, badiiy asarlar, o ‘tgan davrdagi insonlar m aktub-
larini tahlil qilgan. U ijtim oiy hayotning rivojlanishi, yangi ij
tim oiy institutlarning paydo b o ‘lishi insoniyat hayotining yosh
davrlarini ajratilishiga olib keladi, degan xulosaga keldi. M asalan,
oila ichida kichkintoyni «erkalatish» va «suyish» bilan bogMiq ilk
bolalik davri yuzaga keladi. Ijtimoiy institut sifatida maktab, katta
hayotga bolalarni m untazam tayyorlash majburiyatini oladi, mak-
tabning s in f jam oasi bolalik va o ‘sm ir-o ‘spirinlik tushunchala-
rini («З-s in f o ‘quvchisi») «beshinchi sinfdagi» yaxshiroq farqlay-
di. Harbiy xizm at va majburiy harbiy m ajburiyatning kiritilishi
o'spirinlik davrini shakllanishiga ta’sir ko'rsatadi. Bunday tarzda
F. Arles mavjud bo‘lgan davr ustiga yangi davrni qurish h iso-
bidan, bolalikni uzaytirishning tarixiy tendensiyasini ko'rsatish-
ga harakat qilgan.
D. B. E l k o n i n
189
D.B.Elkonin hayvonlarning ba’zi turlarida instinktiv xulq-at-
vorning alohida shakllari yo‘qolishini boshlaganda ontogenez
davri sifatida bolalik yuzaga kelganligi haqida o‘ziga xos g‘oyani
ilgari surgan. Ushbu hayvonlar tomonidan xulq-atvorning zarur
shakllarini hayot davomida egallash uchun ham bolalik vujud
ga kelgan. Insoniyat bolaligining o‘ziga xosligi shundaki, go‘dak
hatto tug‘ma organik ehtiyojlarni qondirishning instinktiv usul-
lari butunlay bolmagan, mutloq ojiz mavjudot bolib tug‘iladi.
Insonning barcha xulq-atvori egallab boriladi. Shuning uchun
unga juda uzoq davom etuvchi bolalik zarur, u o‘z a’zolarining
malaka va bilimlariga yanada yuqoriroq talablarni ilgari suruv-
chi, jamiyatning rivojlanishi sari uzayib boradi. D.B.Elkonin ij-
timoiy-madaniy fenomen (hodisa) sifatida bolalikning rivojla
nish qonuniyati oddiy uning uzaytirmasi bolmay, balki tuzilishi
va mazmun mohiyatiga ko‘ra sifat o‘zgarishi hisoblanadi. Jami
yat hayotining murakkablashib borishi bilan unda bolaning ho-
lati (ya’ni ijtimoiy maqomi, huquq va majburiyatlar doirasi, unga
doir bolgan faoliyat turlari va shakllari) muhim o£zgarish!arga
duch keladi. Ijtimoiy rivojlanishning ilk bosqichlarida (bu etno-
grafik kross-madaniy tadqiqotlar bilan ham tasdiqlanadi) bola
ni ishlab chiqarish jarayonlariga (terish, qazish) bevosita jalb
qilinishi va umumiy faoliyatning maqsad va vazifalari, mehnat
qurollari vazifalari, ozuqa topish usullarini amaliy egallash so
dir boladi. Ma’lum bir tarixiy davrda mehnat qurollari shunday
murakkablashganki, bunda bolalar bevosita kattalar mehnatiga
kirisha olmaganlar, shuning uchun o‘sib kelayotgan yosh avlod
uchun maxsus alohida predmetlar, o‘yinchoqlar kichraytirilgan
va ko'rinishi o'zgartirilgan mehnat qurollari yaratiladi. Qachon
qurollarning kichraytirilgan nusxasi ishlab chiqarish faoliyati-
ni haqiqiy ifodalash imkonini bermasa o‘yinlar paydo boladi.
Bolalar o‘yinchoqlar bilan harakatda bolib, bir tarafdan katta
lar mehnatining umumiy mazmunini ifodalasalar, boshqa to
mondan - ular keyinchalik turli xildagi haqiqiy qurollarni egal-
lashlari uchun zarur bolgan (ko‘rish-harakat koordinatsiyalari,
190
chaqqonlik va h.k.) ba’zi bir umumiy qobiliyatlarni o‘zlarida
rivojlantirganlar. Asta-sekin ba’zi o‘yinchoqlar haqiqiy qurol-
larning ramziy o‘rnini bosuvchisiga yoki odamlar ijtimoiy hayo-
tining turli xildagi boshqa predmetlariga aylanadi. D.B.Elkonin
o‘yinning ijtimoiy jihatlarini ko‘rsatgan. Rolli o‘yin ijtimoiy mu-
nosabatlar tizimida bola o‘rnining o'zgarishi natijasida, jamiyat-
ning tarixiy rivojlanishida yuzaga keladi. U binobarin, o‘zining
tabiatiga, kelib chiqishiga ko‘ra ijtimoiydir. 0 ‘yinlar va o‘yin-
choqlarning yuzaga kelishi bilan, bola rivojlanishida yangi davr
shakllanadi. Zamonaviy pedagogika va psixologiyada ushbu davr
maktabgacha tarbiya yoshi deb nomlangan, undagi yetakchi
faoliyat bo‘lib o‘yin hisoblanadi. D.B.Elkonin bolalik yoshlari-
dan birining paydo bo'lishi misolida, bolalikning tarixiy xarak-
teri (xususiyati) va uning alohida davrlarini tarixiy kelib chi-
qishini ko‘rsatib bergan. 0 ‘yin davri mehnat qurollarini egallash
davrini yuqoriga, birmuncha kechki (keyingi) xronologik yoshga
«siljitadi» («suradi») yangi davr yuzaga kelganda quyida joylash-
gan yoshga oid rivojlanish bosqichlari ham o‘zgarishsiz qolmay-
di. Maktab ta’limining yuzaga kelishi, avvalgi «o‘yinlar davrini»,
maktabgacha qilib, yangi mazmun bilan to‘ldiradi. Tarixiy kelib
chiqish nafaqat hayot davrining bolalik davriga ega. Insoniyat-
ning tarixiy uzoq bo‘lmagan orttirmalaridan (muvaffaqiyat, yu-
tuq) biri psixologik yosh sifatida keksalik davrining ajratilishidir.
Ijtimoiy va yoshga oid kategoriya sifatida «keksalik» tushuncha
sini yuzaga kelishi XX asrga tegishli. D.B.Elkonin qayd etgan
chizmalardan kelib chiqib, zamonaviy tadqiqotchi V.T.Kudryav-
sev bolalikning keyingi tarixiy rivojlanishini ko‘rsatadi va bola
likning uch tarixiy tipini ajratadi: 1) kvazibolalik — insoniyat
tarixining ilk bosqichlarida, bolalar (birlashmasi jamoasi)
gu-
ruhi ajratilmay, balki odat tusiga kirib qolgan (ritual) amaliyot-
ga va kattalar bilan hamkorlikdagi mehnat faoliyatiga bevosita
kiritilganda; 2) rivojlanmagan bolalik - bolalik olami ajratil-
gan va bolalar oldida yangi ijtimoiy vazifa - kattalar guruhiga
integratsiya (qo‘shilish, birlashish) yuzaga keladi. Rolli o‘yin —
191
kattalar faoliyatining ma’naviy asosini modellashtirish usuli si
fatida avlodlararo uzilishlarni yengib o lish funksiyasini (vazi-
fasini) o‘ziga oladi. Ijtimoiylashuv bola tomonidan faoliyatning
tayyor mazmuni qat’iy belgilangan doirasini egallab borish da
rajasiga qarab sodir bo‘ladi. Misol uchun — o‘rta asrlardagi va
yangi davrdagi bolalik; 3) rivojlangan bolalik (W.Davidov ata-
masi) — kattalar faoliyatining mazmuni va motivlari o‘z-o‘zidan
aniq bo‘lmaganda shakllanadi. (Zamonaviy bolalik) Bola diqqa
tini qaratadigan, balog‘atga yetganlik obrazi — (prinspial) de
yarli to‘liq bolmagan, tugallanmagandir hamda bola erkin va
ijodiy tarzda «madaniyatda o‘z mavqeyini belgilab olishi» kerak.
Zamonaviy «rivojlangan» bolalik ochiq ko‘p olchamli tizim si
fatida madaniyatni ijodiy egallashni nazarda tutadi. Zamonaviy
bolaning psixik rivojlanishini samarali, ijodiy xarakteri (xu
susiyati) ilk bosqichlardayoq bola submadaniyati fenomenlari
«muammolarni qo‘ya bilish», «komik
Dostları ilə paylaş: |