Embrionga amnion suyuqligi bilan to‘lgan amnion qobig‘i joy-
lashadi. Amnion qobig‘i embrionni himoya qilib, doimiy haro-
ratini ta’minlab turadi. Embrion ona bilan ikki tizimcha orqali
bog‘langan. Kindik tizimchasi embrionni yo'ldosh bilan bog‘lovchi
qon tomirlaridan iborat. Yo‘ldoshga qon tomirlar kindik tizimcha
si orqali onaning qon tomirlarigacha yetib boradi, lekin bevosita
ular bilan birlashmaydi. Qon kindik qon tomirlarining barmoq-
simon o‘simtalari — qilchalar orqali oqadi. Qilchalar ona qon
tomirlariga bevosita yaqin joylashgan, bu vitaminlarning o‘tishi,
shuningdek, ona qoniga almashinuv mahsulotlarining diffuziya
mexanizmi hisobiga ajralish imkonini beradi. Tana qismlari va
organizm tizimlari embrional davrda shakllanadi va homila bos-
qichida o‘z vazifalarini samarali bajara boshlaydi. Tana qismlari
va ichki organlar hosil bo‘lishi bilan ona qornida rivojlanishning
ikkinchi muhim bosqichi nihoyasiga yetadi. Organlarning o‘z va
zifasini bajara boshlashi navbatdagi oxirgi bosqichga to‘g‘ri keladi.
Homila bosqichi oxirgi va eng uzoq davom etadigan bosqich
bo‘lib, to‘qqizinchi haftasidan boshlab, tug‘ruq bilan tugallanadi.
Bu vaqtda homilaning tana o‘lchamlari kattalashadi va organizm
tizimlari faoliyat yurita boshlaydi. 4 oylikdan homilaning og‘irligi
113,4 grammdan 226,8 grammgacha yetadi. Oxirgi 5 oyda homi
laning og‘irligi 1984,5 grammdan 2268 grammgacha o‘lchamlari
kattalashib borishini ko‘rish mumkin.
Dostları ilə paylaş: