Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Inqirozli davr sifatida go‘daklik davri



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/240
tarix24.10.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#130772
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

12.2. Inqirozli davr sifatida go‘daklik davri
Go'daklik davri bu bolaning himoyasiz, kam harakat, atrofi- 
dagi hodisalarga juda kam reaksiyasi bo‘lgan boladan juda jadal 
ravishda rivojlanadigan, faol, tez ilg‘aydigan, harakatchan, yor­
damga chaqira oladigan quvnoq bolaga aylanish davridir. Go‘dak 
yoshidagi bola ham jismonan, ham psixik, ham ijtimoiy jihatdan 
juda tez rivojlanadi. U qisqa vaqt ichida kattalar bilan munosa- 
bat o‘rnatadi, predmetlarni ushlashga va ulardan foydalanishga 
o‘rganadi. U atrof-olamdagi narsalarni kuzatadi, predmetlarni 
qo‘li bilan ushlab, ularni qandayligini bilishga intiladi, tovushlar- 
ga e’tibor beradi va predmetlarni harakatlantirish yordamida shu 
tovushlarni o‘zi yaratishga harakat qiladi. U o‘z onasi va bosh­
qa yaqinlari bilan emotsional munosabatga kirishadi, juda qis­
qa vaqt ichida, kattalarning yaqin kelishidan quvonadigan bola­
ga aylanadi.
Ilk yoshdagi bolaning harakat faoliyati uning rivojlanish da­
rajasini va nerv tizimining funksional holatini aks ettiradi.
219


N .D .L evitovning ko‘rsatishicha, yangi harakatlarni egallash anali-
zatorlarning rivojlanishi bilan cham barchas bog'langandir, zotan
kichkina bola o lam n i sezish yordam i bilan biladigan mavjudot
b o‘lganligi sababli, harakatlarning o ‘z vaqtida taraqqiy etishi bola­
ning um um iy psixik taraqqiyotini ko‘rsatuvchi o m il bo‘lib xizm at
qiladi. Ilk yoshdagi bolalarning muskullari juda bo‘sh bo‘ladi.
G o ‘daklik yoshida bolalarni harakat ko'nikm alari, ayniqsa qo‘l
va oyoqlarning murakkab sensor koordinatlashgan harakatlari tez
shakllanadi. Bu harakatlar keyinchalik bolalarning bilish va aqliy
qobiliyatlari yuzaga kelishida judayam sezilarli rol o'ynaydi. Bola

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin