Umuman inqiroz bola taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsa-
tadi. Bunda turli buzilishlar kuzatiladi: bioritmning buzilishi
(masalan, tetiklik va uyqu); hayotiy ehtiyojlarni qondirishning
buzilishi (ochlik hissi); emotsional anomaliyalar (yig‘loqilik, tez
xafa bo‘lish).
Tushunadigan ota-onalar mustaqillikka intilayotgan bolaning
faolligini kerakli tomonga yo‘naltira olishadi. Bolaning maksi-
mal xavfsizligiga g‘amxo‘rlik qilish doimiy cheklovlar va «mum
kin emas» so‘zini kamroq ishlatishga harakat qilish zarur. Uydagi
fazo mumkin va mumkin emasga aniq ajratilishi lozim. Bu mum
kin bolganda cheklovlarni boshqa alternativ xulq-atvor bilan al-
mashtirish lozim: uydagi predmetlarni yaxshilab qarab chiqib,
bola istayotgan predmetni xavfsizrog‘i bilan almashtirish zarur.
Dostları ilə paylaş: