Pul va banklar



Yüklə 222 Kb.
səhifə5/6
tarix08.11.2023
ölçüsü222 Kb.
#131344
1   2   3   4   5   6
Lombardlar

Rejali tekshirishlar reja asosida o’tkaziladi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan nobank kredit tashkilotlarining moliyaviy holatini aniqlash hamda uning faoliyatiga umumiy baho berish maqsadida tekshirishlar kompleks tarzda o’tkazadi.

Tekshirish davomida aniqlangan xato va kamchiliklarni nobank kredit tashkilotlari tomonidan bartaraf etilishi ustidan nazorat tartibida tekshirish o’tkazilishi mumkin.


Nobank kredit tashkilotlari faoliyati yillik rejaga asosan yilda bir marotaba tekshirishdan o’tkazadi. Tekshirish davri avvalgi tekshirish davri tugagan sanadan navbatdagi tekshirish boshlangan oyning birinchi sanasigacha bo’lgan davrni qamrab oladi.




Rejadan tashqari tekshirishlar nobank kredit tashkilotlari faoliyatining alohida masalalari bo’yicha o’tkaziladi.

Quyidagi hollarda rejadan tashqari tekshirishlar o’tkaziladi:



  • nobank kredit tashkiloti qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda;




  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning tekshiruv o’tkazish to’g’risidagi tegishli qarorlari asosida;




  • masofadan nazorat qilish natijalariga ko’ra nobank kredit tashkilotlari

moliyaviy holatining barqaror emas deb topilishi va omonatchilar hamda kreditorlar manfaatlariga xavf-xatar tug’dirishi mumkin bo’lgan holatlar mavjudligida;



  • qonun hujjatlari buzilganligi to’g’risida Markaziy bankka kelgan ma’lumotlar bo’lganda.

Tekshirish muddati 30 kalendar kundan oshmasligi kerak. Rejadan tashqari tekshirishlarda, istisno tariqasidagi hollarda Markaziy bank farmoyishi asosida bu muddat ko’pi bilan 30 kunga uzaytirilishi mumkin.


Nobank kredit tashkilotlarida tekshirishlar o’tkazish rejasi kalendar yili boshlangunga qadar tuziladi va Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi. Tekshirishlarni rejalashtirishda masofadan nazorat qilish natijasi bo’yicha xulosalari inobatga olinadi.


Nobank kredit tashkilotlari quyidagi huquqlarga ega:





  • tekshiruvchi mansabdor shaxslardan Markaziy bankning tekshirish o’tkazish to’g’risidagi farmoyishini hamda ularning xizmat guvohnomalarini ko’rsatishni talab qilish va tanishish;




  • tekshirish o’tkazish uchun asosga ega bo’lmagan shaxslarning tekshirish o’tkazishiga yo’l qo’ymaslik;




  • o’z faoliyatlari tekshirilishi to’g’risidagi tegishli axborotga ega bo’lish;




  • tekshiruvchi mansabdor shaxslardan tekshirish natijalari bo’yicha tuzilgan hisobot (dalolatnoma)ning bir nusxasini olish;




  • qonunda belgilangan tartibda tekshirish natijalari ustidan shikoyat qilish. Nobank kredit tashkilotlari quyidagilarga majburdir:







  • tekshirish boshlanish kunning o’zidayoq nobank kredit tashkilotining kengashi a’zolarini, ta’sischilarini o’tkaziladigan tekshirish to’g’risida xabardor qilish;




  • tekshirish o’tkazish uchun zarur bo’ladigan hujjatlarni taqdim etish.




  • Nobank kredit tashkilotlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.

Nobank kredit tashkilotlarida o’tkazilgan tekshirish natijalari bo’yicha hisobot (dalolatnoma) ikki nusxada tuziladi. Hisobotning (dalolatnoma) ikkala nusxasi ham tekshiruvchi mansabdor shaxslar, tekshirilgan nobank kredit tashkiloti rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi. Hisobot (dalolatnoma)ning bir nusxasi tekshirilgan nobank kredit tashkilotida qoldiriladi. Tekshirish natijalari bo’yicha tuzilgan hisobot (dalolatnoma) Markaziy bankning tekshirish hisobotlarini ko’rib chiquvchi ishchi organi tomonidan ko’rib chiqiladi. Nobank kredit tashkilotida o’tkazilgan tekshirish natijalari bo’yicha tuzilgan hisobot (dalolatnoma) Markaziy bankning roziligisiz oshkor qilinishi mumkin emas.

Nobank kredit muassalari ustidan nazorat qilish, ular faoliyatida muayyan cheklashlarni o’rnatish iqtisodiy erkinlikka zid bo’lgan holat sifa-tida qaralishi mumkin. Lekin jahonning ko’pgina rivojlangan davlatlarida banklar, shuningdek, boshqa moliya tashkilotlarining faoliyatlari ko’p darajada davlat tomonidan tartibga solinadi. Boshqacha qilib aytganda, hatto rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy sektor jiddiy ravishda tartibga solinar ekan, o’tish davrida buni to’la oqlash mumkin.


To’g’ri, nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solishda haddan tashqari va raqobatning rivojlanishiga xalaqit beradigan omilga aylanadigan chegarani belgilash oson emas. Shuning uchun, jahonda umumiy qabul qilingan tamoyillar va qoidalar har bir mamlakatda aniq vaziyat tahlilini hisobga olgan holda qo’llaniladi.


U yoki bu nobank kredit tashkilotlarining faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni tuzatishga majbur qilish uchun nazorat organi ixtiyorida ta’sir ko’rsatish choralarining muayyan to’plami bo’lishi kerak. Respub-likamizdagi yangi qonunlarimizga ko’ra, turli vaziyatlarda foydalanish mumkin bo’lgan tabaqalashgan choralar majmui ko’zda tutilgan. Eng so’nggi chora esa, ularga berilgan litsenziyalarni qaytarib olishdan iboratdir.


O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2003-yil 23- sentyabrdagi 540-sonli “Lombardlar tomonidan hisobot taqdim etish tartibi to’g’risida”


Nizomiga muvofiq Markaziy bank lombard tashkilotlardan xisobotlarni taqdim etish tartibi va muddatlarini belgilaydi.

Lombardlar, ular tomonidan olib borilayotgan amaliyotlar hisobini xo’jalik sub’ektlari uchun o’rnatilgan tartibda tasdiqlangan buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq amalga oshiradilar. Lombardning buxgalteriya hisobi siyosati uning yuqori boshqaruv organi tomonidan belgilanadi. Buxgalteriya hisobi va boshqa hisobotlar ro’yxati va shakli amaldagi qonunchilikka muvofiq o’rnatiladi.


Lombardlar buxgalteriya hisobida va hisobotlar tuzishda foydalaniladigan hujjatlarning kat’iy hisobini yuritish va saqlanishini ta’minlashlari, shuningdek, buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq shubhali qarzlarni qoplash uchun zahiralar shakllantirishlari shart.


Lombardlar elektron va qog’ozda ifodalangan ma’lumotlarini har chorakda, hisobot topshiriladigan chorakning keyingi oyining 5-sanasidan kechiktirmay lombardning joylashgan manzili bo’yicha Markaziy bankning hududiy bo’linmalariga hisobotlar taqdim etadilar.


Qog’ozda ifodalangan hisobotlar uch nusxada tayyorlanib, bunda ikki nushasi Markaziy bankning lombard joylashgan hududdagi hududiy bo’linmasiga taqdim etiladi, uchinchi nushasi lombardda qoladi. Qog’ozda ifodalangan hisobotlar lombardning birinchi rahbari, imzo qo’yish huquqiga ega bo’lgan bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi va lombard muhri bilan tasdiqlanadi.


Lombardning joylashgan manzili bo’yicha Markaziy bankning hududiy bo’linmasi lombardning qog’ozda va elektron ko’rinishda ifodalangan tekshirilgan hisobotini bir nusxasini, hisobot davridan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmay, Markaziy bankka yuboradi.


Lombard ushbu Tartibning 5-bandida ko’rsatilgan hisobotlarni taqdim etilmaganlik yoki muddatini buzganligi, shuningdek, to’liq bo’lmagan va ishonchsiz ma’lumotni berganligi uchun qonunchilikka muvofiq javobgar bo’ladi.





Yüklə 222 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin