1-jadval
O’zbekiston Respublikasi hududlarida lombardlarning soni va
joylashuvi7
|
|
Viloyatlar
|
01.01.2010
|
01.01.2014
|
|
№
|
Soni dona
|
Salmog’i, %
|
Soni, dona
|
Salmog’i, %
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
1.
|
|
Qoraqalpog’iston
|
2
|
4.2
|
1
|
2,2
|
|
|
|
|
|
|
|
2.
|
|
Andijon
|
3
|
6.2
|
|
|
3.
|
|
Samarqand
|
3
|
6.2
|
|
|
4.
|
|
Farg’ona
|
2
|
4.2
|
|
|
5.
|
|
Toshkent viloyati
|
2
|
4.2
|
7
|
15,9
|
|
|
|
|
|
|
|
6.
|
|
Toshkent shahri
|
31
|
64.5
|
30
|
68,1
|
7.
|
|
Surxondaryo
|
2
|
4.2
|
1
|
2,2
|
8.
|
|
Xorazm
|
2
|
4.2
|
|
|
9.
|
|
Navoiy
|
1
|
2.1
|
|
|
10
|
|
Sirdaryo
|
-
|
-
|
1
|
2,2
|
11
|
|
Kashkadaryo
|
-
|
-
|
2
|
4,5
|
12
|
|
Buxoro
|
-
|
-
|
2
|
4,5
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Jami
|
48
|
100
|
44
|
100
|
|
|
|
|
|
|
|
Ohirgi yillarda mamlakatimizda lombard tashkilotlari har tomonlama rivojlanib kelmoqda. Viloyatlar kesimida lombard tashkilotlarini tahlil qiladigan bulsak, bunda ayrim muammolarni ko’rishimiz mumki. Chunki, asosiy lombardlar Toshkent shahrida ochilgan. Buni quyidagi jadvalda kurishmiz mumkin.
O’zbekiston Respublikasi hududlarida lombardlarning soni va joylashuviga ko’ra jami lombardlarning soni 01.01.2014 yili 01.01.2010yilga nisbatan 4 taga kamaygan. Lombardlarning soni asosan 01.01.2010 holatiga ko’ra Toshkent shahri, 01.01.2014 holatiga ko’ra xam Toshkent shaxri yuqori salmoqni egallab turibdi.
www.cbu.uz Ўзбекистон Республикаси марказий банки сайти
-
60
|
|
58
|
|
|
|
|
50
|
|
|
44
|
|
|
|
40
|
|
|
|
30
|
24
|
|
|
|
|
|
20
|
|
|
|
10
|
|
|
|
0
|
|
|
|
|
2007-й
|
2010-й
|
2014-й
|
1-rasm. O’zbekiston Respublikasi hududlarida lombardlarning soni tahlili(8)
O’zbekiston Respublikasi hududlarida lombardlarning soni 2010-yil 2007-yilga nisbatan 34taga ko’paygan.2014-yil 2010-yilga nisbatan 6 taga kamayganligini kuzatishimiz mumkin.
«Deutsche Gesellschaft fur Internationale Zusammenarbeit» (GIZ) GmbH Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining faol ishtiroki va ko’magida O’zbekiston mikromoliya sektorini qo’llab-quvvatlash qo’shma Mintaqaviy dasturida ishtirok etish doirasida 2013 yil davomida 4 ta mikrokredit tashkilotiga birlamchi kredit reytingi berildi. «Ahbor-Reyting» reyting agentligi mahalliy reyting amaliyotida ilk bor 2012 yil davri uchun faoliyat yakunlariga ko’ra, 31 ta lombardga milliy shkala bo’yicha kredit reytinglarini berdi.
Lombard xizmatlari bozorida raqobat yuzaga kelayotgan sharoitda sifatli va xolis bozor axborotiga, ya’ni lombardlar faoliyati to’g’risidagi moliyaviy va boshqa sifatli axborotga ehtiyoj oshadi. Ana shu sharoitlarda aholining lombardlarga nisbatan ijobiy munosabatiga kredit reytinglaridan foydalanish ta’sir etadi. Xalqaro amaliyotning ko’rsatishicha, reyting o’tkazilishi lombardlar
www.cbu.uz Uzbekiston Markaziy banki internet sayti
faoliyatining shaffofligini muayyan darajada ko’tarishga imkon beradi. “Ahbor-
Reyting” reyting agentligi tomonidan 2013-yil davomida lombard tashkilotlariga
berilgan
3. Respublikamizda nobank muassasalar faoliyatini rivojlantirish istiqbollari
Respublika moliya-bank tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uning barqarorligini oshirish, banklar faoliyatini va butun moliya-bank tizimini baholash yondashuvi va tizimlarini tubdan o’zgartirish, bank faoliyatini tashkil etilishini umum qabul qilingan xalqaro me’yor, andoza va baholash ko’rsatkichlariga muvofiq yanada yuqori darajaga ko’tarishni ta’minlash maqsadida “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori qabul qilindi.
Unga muvofiq quyidagilar respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va uning barqarorligini oshirishning asosiy yo’nalishlari etib belgilandi:
Bazel qo’mitasi tomonidan belgilangan xalqaro andozalar talablariga asosan tijorat banklarining yanada kapitallashuvi, ushbu sohaga xususiy kapitalni jalb qilish, resurs bazalarini oshirish, aktivlar sifatini yaxshilash, bank ishini takomillashtirish hisobiga banklarning moliyaviy barqarorligini va likvidligini oshirish;
omonatchilar uchun kafolatlarni kuchaytirish hamda aholi va xorijiy investorlarning bank tizimiga bo’lgan ishonchini yanada mustahkamlash, yangi jozibador omonat va depozitlar turlarini joriy qilgan holda aholi va xo’jalik sub’ektlarining bo’sh pul mablag’larini bank aylanmasiga keng jalb qilish bo’yicha tizimli chora-tadbirlarni qabul qilish, ko’rsatilayotgan bank xizmatlari ko’lamini kengaytirish;
etakchi xalqaro reyting kompaniyalari tomonidan qo’llaniladigan va alohida banklar va butun bank tizimining butun jahonda qabul qilingan baholash ko’rsatkichlarining yanada yuqori darajasiga chiqish yo’lidagi ilgarilashlarini
xolisona baholash imkoniyatini beruvchi xalqaro me’yor, mezon va andozalar asosida tijorat banklari faoliyatini va butun moliya-bank tizimini tahlil qilish va baholashning zamonaviy tizimini joriy qilish;
moliya-bank faoliyatining me’yoriy-huquqiy bazalarini yanada takomillashtirish, davr talablari va xalqaro me’yorlar hamda andozalarga muvofiq amaldagi qonun hujjatlariga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish, yangi qonunlar va normativ hujjatlarni qabul qilish;
tijorat banklarining investitsiyaviy faolligini kuchaytirish va ularning investitsiyaviy loyihalarni moliyalashtirishdagi ishtirokini yanada kengaytirish, tavakkalchiliklarni baholash va loyihalarni ekspertiza qilish tizimini takomillashtirish orqali kredit portfeli sifatini yaxshilash va doimiy o’sishini ta’minlash, kreditlar bo’yicha muammoli qarzdorlikni shakllanishiga yo’l qo’ymaslik yuzasidan ogohlantiruvchi choralar ko’rish;
nobank moliya tashkilotlari, lizing, sug’urta va auditorlik kompaniyalari tarmog’ini yanada rivojlantirish va rolini oshirish, xalqaro me’yorlar va andozalarga muvofiq, ularning barqarorligini va samaradorligini ta’minlash, ular tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlar ko’lamini kengaytirish va moliya bozori infratuzilmasi institutini mustahkamlash;
aholi farovonligini va bandligini oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni moliyalashtirish muhim instrumenti sifatida mikromoliyalash sohasini rivojlantirishni rag’batlantirish;
tijorat banklarida hisob va hisobotning zamonaviy texnologiya va uslublarini yangicha yondoshuvlarini shakllantirish va joriy etish, moliya-bank axborotlari sifat darajasini oshirish, etakchi xalqaro reyting tashkilotlari talablariga muvofiq undan keng foydalanish imkoniyatlarini yaratish;
respublika tijorat banklari va moliya institutlarini butun jahonda qabul qilingan andozalar, uslublar va baholash ko’rsatkichlari tizimida ishlay oladigan, mukammal tayyorlangan yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlash, moliya-bank faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish.
Mikromoliyalash faoliyati va nobank moliya institutlari sohasidagi qonunchilik bazalarini yanada takomillashtirish:
O’zbekiston Respublikasining «Mikrokredit tashkilotlari to’g’risida»gi va boshqa qonunlariga mikromoliyalash sohasini xalqaro tamoyillar va andozalarga muvofiq yanada takomillashtirishga qaratilgan o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish bo’yicha qonun loyihasini ishlab chiqish.
O’zbekiston Respublikasining «Birjalar va birja faoliyati to’g’risida»gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish (yangi tahrirda).
O’zbekiston Respublikasining «Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish (yangi tahrirda).
O’zbekiston Respublikasining «Investitsiya va pay jamg’armalari to’g’risida»gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish.
O’zbekiston Respublikasining «Yuk tashuvchilar javobgarligini majburiy sug’urtalash to’g’risida»gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish.
O’zbekiston Respublikasining «Sug’urta faoliyati to’g’risida»gi Qonuniga jahon sug’urtalash amaliyotini hisobga olgan holda sug’urta bozorida professional ishtirokchilar faoliyatini amalga oshirish va uni tartibga solish tizimini yanada takomillashtirishni nazarda tutuvchi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish bo’yicha Qonun loyihasini ishlab chiqish.
O’zbekiston Respublikasining «Lizing to’g’risida»gi Qonuniga lizing ob’ektini olib qo’yish va ikkilamchi ishlatish bo’yicha lizing beruvchilar vakolatlarini yanada kengaytirishni nazarda tutuvchi qo’shimchalar kiritish bo’yicha Qonun loyihasini ishlab chiqish.
O’zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi Qonuniga auditorlik faoliyatini jahon tamoyillari va andozalariga muvofiq yanada rivojlantirishni nazarda tutuvchi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish bo’yicha Qonun loyihasini ishlab chiqish.
Xulosa
O’tish davri iqtisodiyoti sharoitida o’zaro kreditlash jamiyatlari aholi qo’lida bo’sh turgan va shu bilan birga yashirincha aylanayotgan naqd pul mablag’larni muomalaga jalb etish yo’li bilan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish katta ahamiyatga ega.
2015 yilda nobank kredit tashkilotlari tizimini rivojlantirish va barqororligini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi hamda ushbu yo’nalishda nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan yangi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, shuningdek, amaldagi me’yoriy hujjatlarga tegishli o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, 2015 yilda:
– nobank kredit tashkilotlari tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish, dasturiy ta’minotlar asosida buxgalteriya hisobi va boshqa moliyaviy hisobotlarni tayyorlashni takomillashtirib borish;
– nobank kredit tashkilotlarining moliyaviy holati va barqarorligi mahalliy reyting kompaniyalari tomonidan baholanishini yangilab borilishini ta’minlash;
– O’zbekiston Respublikasining «Garov reestri to’g’risida»gi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida nobank kredit tashkilotlari tomonidan garov reestri bilan axborot almashish tizimini joriy etish;
– respublikada nobank kredit tashkilotlarining barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida Markaziy bank tomonidan nobank kredit tashkilotlari faoliyatini masofadan turib va joyida nazorat qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish ishlari davom ettiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1. O’zbekiston Respublikasi “Markaziy banki to’g’risida”gi qonun. T.
“O’zbekiston” 1995y 21-dekabr
O’zbekiston Respublikasining “Mikromoliyalash to’g’risida”gi Qonuni. 2006. 15-sentyabr. O’RQ-50-son. Qonunchilik palatasi tomonidan 2006-yil 21-iyunda qabul qilingan va Senat tomonidan 2006-yil 25-avgustda ma’qullangan.
3.Abdullaeva Sh.Z. «Bank ishi». - T.: TMI, 2007 yil..
4.Abdullaev Yo. A., Qoraliev T.M., va boshqalar “Bank ishi”. O’quv qo’llanma - B.M.: T.: “Iqtisod-Moliya”, 2009. - 576 b.
5.Abdullaeva Sh. Z. «Pul, kredit va banklar» - T.: "Moliya" 2000-yil, 313-b.
6.F. Mullajonov. «Barqaror bank tizimi mamlakat iqtisodiyotining mustahkam tayanchidir». Bozor, pul va kredit jurnali. - Toshkent, 2014-yil.
7.Lavrushin O.I. «Bankovskoe delo»: uchebnik. 2-e izd. Pererab. i dop. O.I. Lavrushina. - M.: Finansi i statistika, 2008 g. – 594 s.
8.Madumarov T.T. Mikrokreditlash faoliyatiga oid qonun hujjatlarining tahlili: rivojlanish bosqichlari hozirgi holati TDYuI Fan va yoshlar. –Toshkent, 2010
Internet saytlari:
www.cbu.uz
www.gov.uz
www.state.uz
www.UzReport.uz
www.finance.uz
www.review.uz
www.bank.uz
www.bpk.uz
www.lex.uz
Dostları ilə paylaş: |