Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti


Yozuv daftari bilan ishlash



Yüklə 357,76 Kb.
səhifə21/60
tarix16.03.2023
ölçüsü357,76 Kb.
#124170
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   60
Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti (1)

Yozuv daftari bilan ishlash.Yozuv daftari asosida uyush-tiriladigan yozuv darslarida o‘quvchilar asosan grafik malakalarni egallaydilar. Yozuv ko‘nikmalarini shakllantirish ham bevosita nutq hamda tafakkur faoliyati bilan bog‘liq. Shu sababli yozuv daftari ham savod o‘rgatish jarayoniga mos holda tuziladi.
Yozuv daftarida ta’lim beruvchi, o‘rganuvchi-tekshiruvchi va tekshiruvchi mashqlar beriladi. Bu mashqlar bilan ishlash jarayo-nida lug‘at ustida ishlash, to‘g‘ri tajaffuz, og‘zaki suhbat, gap va so‘z tahlili, so‘z yoki bo‘g‘indagi yozilishi o‘rganiladigan harfni ajratish, bo‘g‘inlarni biriktirish, tuzilgan so‘zlarni o‘qish va yozish kabi ish turlaridan foydalaniladi.
Yozuv daftarida o‘quvchilar „Alifbe"da o‘rganilgan harfni yozma shakllantiradilar. Suhbat uchun daftarning yuqori qismida predmet rasmi yoki biror mazmunli rasm keltirilishi, ayrim predmet nomlarini ifodalovchi so‘z chizmasi katakchalarga ajratib berilishi, gap nusxalarining keltirilishi maqsadga muvofiqdir. Ba’zi o‘rinlarda o‘quvchilar berilgan gap yoki so‘z chizmasini o‘zlari mustaqil tasvirlaydilar.
Predmet rasmi berilgan o‘rinlarda shu predmet nomi - so‘z bo‘g‘in-tovush jihatdan tahlil qilinadi, so‘zdagi tovushlar soni suh-bat yo‘li bilan aniqlanadi va katakchalarda ranglar bilan belgilanadi.
Mazmunli rasm asosida gap chizmasiga mos gap tuziladi, keyin o‘sha gapntng tahlili ustida ish olib boriladi.
Harflarning yozma shakli ularning bosma shakli bilan taqqoslash orqali tanishtiriladi.
Yozuv daftarida tinish belgilar qo‘llangan. Ularshu belgi uchragan o‘rinlarda tanishtirib boriladi.
Yozuvga o‘rgatishda o‘quvchilarning ko‘ruv, eshituv, qo‘l harakati sezgilarini ishga solish lozim. Shunda yozuv quruq yozuv bo‘lmay, ongli yozuvga aylanadi.
Yozuv darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirish.Yozuv darslarida ham o‘quvchilar nutqini o‘stirish, fikrlashga o‘rgatish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Yozuvga o‘rgatishning dastlabki kunlaridanoq bolalarning o‘z fikrini yozma ifodalashi muhim ekanligini, u insonlarning aloqaga kirishuvida muhim vositaligini tushunishlariga erishish lozim. Buning uchun o‘quvchilar yozadigan birinchi so‘z ularning jonli nutqidan yoki o‘zlari tuzgan gapdan olinishi kerak. Bu jarayonda ko‘chirib yozish va diktant ijodiy yozuvdan so‘ng o‘tkaziladi. Bu yozma mashq turlarining ongli bajarilishini, o‘quvchilarning bilish faolligini ta’minlaydi. Masalan, bolalar o‘qish darsida „Alifbe" da berilgan rasmga qarab gap yoki hikoya tuzadilar, yozuv darsida esa o‘sha gap yoki hikoyadagi malum bir so‘zni yozadilar. Bu ular uchun ijodiy yozuv - inshodir. Keyin-chalik o‘quvchilar alohida so‘z yozishdan kichik-kichik gaplarni yozishga o‘tadilar.
O‘quvchilar gap yoki hikoyani og‘zaki ravishda erkin tuza oladilar, lekin yozish uchun o‘rganilmagan harf bo‘imagan so‘zni tanlashda qiynaladilar. Bu jarayonda o‘qituvchi yordam berishi va yozuvai kuzatib borishi lozim.
Ijodiy yozuv mashqini doimo izchil ravishda o‘tkazib, asta-sekin murakkablashtirib borish kerak. Bunday mashqlar o‘quvchi-larni insho va bayon yozishga tayyorlaydi, o‘z fikriarini mustaqil ravishda yozma bayon qilishga o‘rgatadi.
Yozuv darslarida yuqoridagi kabi mashqlar o‘quvchilarning yozma nutqini og‘zaki nutqi bilan bog‘liq holda o‘stirishni ta’minlaydi.

Yüklə 357,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin