Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti


O‘qituvchi darftarni tekshirganda qizil pastali ruchkadan foydalanadi



Yüklə 357,76 Kb.
səhifə32/60
tarix16.03.2023
ölçüsü357,76 Kb.
#124170
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   60
Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti (1)

O‘qituvchi darftarni tekshirganda qizil pastali ruchkadan foydalanadi. Ruchka sumkada maxsus penalda saqlanadi. Partada esa ruchkani qo‘yish uchun maxsus joy bo‘ladi. O‘quvchi ruchka-sidagi siyoh tugagan taqdirda, lozim bo‘lganda foydalanish uchun ruchka va sterjenlar bo‘lishi zarur.
Xattaxta sinfda o‘quvchi uchun yozuv materialidan biri sanaladi. O‘quvchining husnixati daftar va xattaxtada takomil-lashtirib boriladi, shuning uchun xattaxtada yozuvni amalga oshirish uchun uning rangi qora va to‘q yashil bo‘lishiga erishish lozim. Bunda xat aniq va chiroyli ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari foydalanadigan xattaxtaning uch qismdan iborat bo‘lishi, xattaxtaning bir bo‘lagiga yozuv daftarining, ikkinchi bo‘lagiga katak daftarining chiziqlari chizi-lishi juda muhimdir. Bu chiziqlar yordamida o‘quvchi chiroyli yozuvga o‘rganadi. Shuningdek, xattaxtaning bo‘yi ham chiroyli yozuvda katta ahamiyat kasb etadi, shu sababli u yuqori va pastga o‘quvchi bo‘yiga moslab harakatlantirishga moslangan bo‘lishi e’tiborga olinadi.
Bo‘r xattaxtaga yozishda yozuv quroli sanaladi. Uning yog‘li bo‘lishi katta ahamiyat kasb etadi. Bo‘rning sifati yozuv sifatini ta’minlaydi. Husnixatga o‘rgatishda yuqoridagilar e’tiborga olinishi shart.

12- mavzu. Husnixatga o‘rgatish tomoyillari


  1. Onglilik tamoyili.

  2. Genetik tamoyil.

  3. Takrorlash tamoyili.

  4. Ko‘rgazmalilik tamoyili.

  5. Bolaning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyili.

6. Yozuvga o‘rgatishning o‘qishga o‘rgatish bilan bir paytda amalga oshirish tamoyili.
Husnixatga o‘rgatish tamoyillari quyidagilardir:
1. Onglilik tamoyili. Chiroyli yozuvga o‘rgatishda, o‘quv-chilarning husnixat malakalarini takomillashtirib borishda bu tamoyilga qat’iy rioya qilish muhimdir. Bu tamoyilga ko‘ra o‘quvchi harf shaklini qanday va qay tartibda yozishni bilishi, harfning qiyaligi, bo‘yi va enini to‘g‘ri mo‘ljallay olish lozim. harflarni harflarga ulashda qo‘l uzmaslikka erishish nazarda tutiladi. Ruchka ushlashda ruchka uchi bilan barmoq oralig‘idagi masofa 1,5-2 sm bo‘lishi e’tiborda tutiladi. Shuningdek, partada o‘tirish qoidalariga (ko‘z va daftar oralig‘ining 30 sm, daftarning parta ustida ma’lum qiyalikda bo‘lishiga, partada engashmasdan, boshni to‘g‘ri tutib, tirsaklarni partaga engil qo‘yish, oyoqlarni parta ostiga to‘g‘ri qo‘yish, ko‘krak bilan parta oralig‘i masofasining bir kaft sig‘adigan masofada bo‘lishi) amal qilishga ongli ravishda erishiladi.

Yüklə 357,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin