Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti


-sinfda husnixatga o’rgatishni rejalashtirishda quyidagilarga e’tibor berish kerak



Yüklə 357,76 Kb.
səhifə37/60
tarix16.03.2023
ölçüsü357,76 Kb.
#124170
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   60
Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti (1)

2-sinfda husnixatga o’rgatishni rejalashtirishda quyidagilarga e’tibor berish kerak:
a) bir chiziqli daftarlarning qiyinligini hisobga olib harflarni genetik tamoyili asosida yozdirishi;
b) har bir harfning o‘zidan oldingi yoki keyingi harfga ulanishini o‘rgatib borish;
s) harflarning unsurlarini o‘xshashligini hisobga olib guruhlash;
d) bosh harflarning unsurlarini yuqoriga va pastga tomon tushushini hisobga olgan holda guruhlash;
e) matnlarning bolalar hayotiga mos bo‘lishiga erishish;
f) imlosi qiyin so‘zlarni yozuv materiali sifatida tanlash;
g) yozuv sur’atini oz-ozdan tezlashtirib borish.
3-4-sinfda har bir ona tili darsining 5-8 daqiqasini husnixatga ajratiladi. Unga gigienik talablar, bilimlar mustahkamlanadi. Bolalar bir chiziqli daftarga bosh va kichik shakllai bir xil, tuzilishi murakkab harflarni yozishga o‘rganadilar, ritm bilan yozishni, harflarni ulab so‘z, gap yozishni mashq qiladilar.
O‘quvchilarni husnixatga o‘rgatish qoidalari. Harflarni unsurlarga ajratib tahlil qilish o‘rgatilgandan so‘ng, o‘qituvchining navbatdagi vazifasi o‘quvchilarni yozuv qoidalari bilan tanishtirish-dan iborat bo‘lishi kerak. Husnixatga o‘rgatish qoidalariga, asosan, harflar qiyaligini to‘g‘ri saqlash, bosimsiz bir xil qalinlikda yozish, bog‘lanishlarni to‘g‘ri ifodalash kabilar kiradi.
O‘quvchilarni chiroyli yozuv qoidalari bilan tanishtirmasdan turib, chiroyli yozuvga o‘rgatib bo‘lmaydi.
Harflar qiyaligini to‘g‘ri saqlash. Bolalarning yozuvlari har xil qiyalikda bo‘lishi mumkin. Agar harflarning asosiy unsurlari daftar chizig‘iga nisbatan tik holatda bo‘lsa, yozuv olati ham tik bo‘ladi. Harf unsurlari o‘ng tomonga qiya bo‘lib, o‘tmas burchak hosil qilishi ham mumkin. biz o‘quvchilarni o‘ng tomonga qiya qilib (65o) yozishga odatlantirishimiz lozim.
Harflar qiyaligini to‘g‘ri saqlash. Bolalarning yozuvlari har xil qiyalikda bo‘lishi mumkin. Agar harflarning asosiy unsurlari daftar chizig‘iga nisbatan tik holatda bo‘lsa, yozuv olati ham tik bo‘ladi. Harf unsurlari o‘ng tomonga qiya bo‘lib, o‘tmas burchak hosil qilishi ham mumkin. biz o‘quvchilarni o‘ng tomonga qiya qilib (65o) yozishga odatlantirishimiz lozim.
O‘ng qo‘l bilan yozadigan kishilar uchun yozuvning qiyaligi o‘ng tomonga moslashtirilishi faqat harflarning shaklini chiroyli qilish uchun emas, yozuvning qulayligi uchun ham mos keladi. Yozuvning qiyaligini to‘g‘ri saqlash, qo‘l va barmoqlarni ortiqcha zo‘riqtirmaydi.
Yozuvning o‘ng tomonga qiyaligini saqlash tirsaklarni bir tomonga erkin yuritish uchun qulay bo‘lib, parta ustidagi daftarning turish holatiga bog‘liqdir.
Yozayotganda daftarning holati bir tomonga qiya bo‘lishi o‘z-o‘zidan yozuvning qiyaligini ta’minlaydi.
Yozuvning qiyaligini saqlashda daftardagi siyrak qiya chiziq-lar ham katta yordam beradi. Bunday mashq qilishda daftarning holati o‘zgarsa am, yozuvning qiyaligi o‘zgarmasligi mumkin. shuning uchun qiya chiziqli daftarlardan faqat dastlabki paytlarda foydalaniladi.
Qiya yozishga o‘rgatishning o‘ziga xos usullari mavjud. O‘quvchilarga dastlab eng sodda shakldagi kichik tayoqchalarni yozdirib mashq qildirish vaqtidayoq tik va qiya tayoqchalarning farqini o‘rgatish zarur.
Buning uchun o‘qituvchi doskada ikki xil shaklda (qiya va tik) tayoqchalar shaklini yonma-yon yozib ko‘rsatadi, ularning farqlarini tahlil qilib beradi. Bunday mashqlar xotirada uzoq vaqt saqlanib, xatolarning oldi olinadi.
Shuningdek, yozuv qiyaligining to‘g‘ri bo‘lishi uchun daftar-ning qiya olatini ham hisobga olish lozim ekanligi tushuntiriladi va ko‘rsatiladi. Daftarning parta ustida noto‘g‘ri turishi gigiyenik qoidalarning buzilishiga ham sabab bo‘ladi, chunki o‘quvchi yozuvning qiyaligini saqlash uchun gavdasini daftarning noto‘g‘ri holatga moslaydi.
Daftarning pastki chap burchagi ko‘krak o‘rtasiga to‘g‘ri bo‘lishi yoki daftarning qiya chizig‘i (agar qiya chiziqli daftar bo‘lsa) partaning chetiga tik bo‘lishi kerak.
Daftar beti satrlarga to‘lib borgan sari yuqoriga surilib boradi. Chap qo‘l bilan esa daftarning yuqori tomoni bosib turiladi. Buning uchun sinf partasining ustiga ikki o‘quvchining har biri uchun alohida ingichka qiya chiziq tekshiruv chizig‘i sifatida chizib qo‘yiladi. Bu chiziqning pastki uchi o‘quvchilarning chap ko‘krak-lari o‘rtasiga to‘g‘ri bo‘lib, partaning old qirrasiga nisbatan 65o qiya bo‘ladi.
Agar daftarning chap beti to‘lsa, daftarning buklanadigan joyi tekshiruv chiziqqa to‘g‘irlab olinadi va o‘ng betiga yozishga o‘tiladi.
O‘quvchilarda harflarni qiya yozishga o‘rgatish malakasini oshirish ancha murakkab jarayon bo‘lib, o‘qituvchidan chidam, sabr-toqat, kuch talab qiladi. Sistemali ravishda turli mashqlar olib borish, o‘quvchilar harakatini qunt bilan kuzatib borish natijasida ko‘zlangan maqsadga erishiladi.
O‘qituvchi tomonidan berilgan ko‘rsatmalarga qaramay, ayrim o‘quvchilar harflar qiyaligini to‘g‘ri belgilay olmaydi, kamchiliklarga yo‘l qo‘yadi. Buning uchun kamchiliklarni tuzatish maqsadida grafik mashqlar berilishi kerak. O‘quvchilarga dastavval daftar satriga bir-nechta harf yozdirib, ular orasiga qiya chiziqlar qo‘yiladi va harflarni shu chiziqlarga taqqoslash orqali xatolarni tushuntiriladi, tuzatishga kirishiladi.

Yüklə 357,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin