qilinardi. Bu xulosa odamning hayvondan sifatiy farqlarini inkor etish uchun inson haqidagi
ta’limotning ta’rifiga ham joriy qilingan edi.
Bixeviorizmning shiori xulq-atvor haqidagi tushuncha bo‘lib, u organizmning ichki va tashqi
stimullarga javob reaksiyasidan iboratdir. Bu tushuncha rus ilm-fanida I.M.Sechenov, I.P.Pavlov
va V.M.Bexterevlar ishlarida rivojlantirildi. Ular isbot qilishicha, psixik faoliyat sohasi faqatgina
ichki kuzatuv orqali anglanadigan (introspeksiya) sub’ektdagi ong hodisalari bilangina
chegaralanib qolmaydi, ya’ni bu holda organizm qalb (ong) va tana (moddiy tuzilma sifatidagi
organizm)ga ajratib ko‘rsatilishi zarur.
Bixeviorizm amaliy psixologiyada xulq-atvor nuqtai nazaridan yondashuvning dastlabki
manbai bo‘lib, psixologning diqqat markazida “xulq-atvor nimadan iborat”, “biz xulq-atvorda
nimani o‘zgartirishni xohlaymiz”, “bu uchun nima qilish zarur” kabi savollarni qamrab oladigan
inson xulq-atvori turadi.
Vaqt o‘tishi bilan bixevioral va xulq-atvor yo‘nalishlarini bir-biridan farqlash fursati keldi.
Amaliy psixologiyada bixevioral yo‘nalish klassik bixeviorizm tamoyillarini tasarruf etadigan,
ya’ni birinchi navbatda inson xulq-atvorini tashqi, kuzatish imkoni mavjud bo‘lgan va insonni
faqatgina ta’sir ob’ekti sifatida ko‘radigan yondashuvga aylandi.
Xulq-atvorga asoslangan yo‘nalish ancha keng ma’noda qo‘llaniladi. U o‘zida nafaqat
bixevioral, balki kognitiv-bixevioral, shuningdek shaxs xulq-atvori yondashuvlarini qamrab
oladigan yo‘nalish bo‘lib, u orqali psixolog insonda tashqi hamda ichki xulq-atvor, hayotning u
yoki bu pozisiyasini egallash bo‘yicha fikr va emotsiyalar hamda ushbu harakatlar muallifi
sanalmish u uchun javobgar bo‘lgan shaxsni ko‘radi. Bu borada ko‘pgina olimlar o‘zlarining
tadqiqot ishlarini amalga oshirdilar.
Dostları ilə paylaş: