Qurilis h materiallari, buy u mlari va konstruksiy a lari texnologiy a si



Yüklə 6,01 Mb.
səhifə11/13
tarix09.11.2023
ölçüsü6,01 Mb.
#131551
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
abdullayev feeruzbek1

Texnika xavfsizlik qoidalari


Qoidalarga ko‘ra, elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari O‘zbekiston Respublikasining “Mehnat muhofazasi to‘g‘risida” va “Elektr energetikasi to‘g‘risida” qonunlariga muvofiq elektr energetikasi sohasi korxonalarida ishlab turgan elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilayotgan, ularda qurilish-montaj, ta'mirlash va sozlash ishlarini amalga oshirayotgan xodimlarning xavfsizligini ta'minlash, shuningdek ularga ishlab chiqarishdagi xavfli omillar ta'sirining oldini olishga qaratilgan. Qoidalarning talablari idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, elektr energetikasi sohasidagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ularning elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi korxonalari (elektr stansiyalar) hamda elektr energiyasining uzatilishini va taqsimlanishini amalga oshiruvchi korxonalari, shuningdek ushbu korxonalarga taalluqli ishlarni bajaruvchi ilmiy-tadqiqot, loyiha, qurilish-montaj, ta'mirlash va sozlash tashkilotlari uchun majburiydir.Qoidalarga muvofiq foydalaniladigan himoya vositalari davlat standartlari, shuningdek Elektr qurilmalarida foydalaniladigan himoya vositalarini qo‘llash va sinash qoidalariga muvofiq bo‘lishi shart. Ishlarni bajarishda qo‘llaniladigan mexanizmlar va yuk ko‘tarish mashinalari, kompressor qurilmalari va havo yig‘gichlar, asboblar va moslamalar sinalgan bo‘lishi shart va mehnat xavfsizligi standartlari talablariga, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan sanoat xavfsizligi sohasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, Asbob va moslamalar bilan ishlaganda xavfsizlik qoidalariga, shuningdek ishlab chiqargan zavod yo‘riqnomalariga muvofiq ekspluatatsiya qilinishi shart. Ishlab turgan elektr qurilmalarda qurilish va montaj ishlari bajarilayotganda qurilish me'yorlari va qoidalari (QMQ) talablariga rioya qilinishi shart. Ishchi va xizmatchilar uchun mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalarida mazkur Qoidalar talablari inobatga olinishi shart. Har bir xodim, agar u qoidalar buzilishini bartaraf etish choralarini ko‘ra olmasa, zudlik bilan yuqori turgan rahbariyatga barcha aniqlangan buzilishlar, shuningdek elektr qurilmalaridagi inson hayoti uchun xavf tug‘diruvchi nosozliklar, ish olib borish jarayonida ishlatiladigan mashinalar, mexanizmlar, asboblar, moslamalar va himoya vositalaridagi buzilishlar haqida xabar berishi shart. Qoidalar talablariga zid bo‘lgan farmoyish va topshiriqlarni bajarish man qilinadi. Ishlayotgan xodimlarni o‘qitish va bilimlarini tekshirish tartibi Elektr energetikasi obektlarida xodimlar bilan ishlarni tashkil qilish qoidalariga muvofiq amalga oshirilishi shart. Zararli va xavfli mehnat sharoitlarida ishlaydigan ishchilar va muhandis-texnik xodimlar (MTX) Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shart. Elektr qurilmalarga xizmat ko‘rsatayotgan ishchi va xizmatchilar, o‘zlarining egallab turgan lavozimi yoki kasbi doirasida Qoidalarni bilishlari va Qoidalarga muvofiq elektr xavfsizligi bo‘yicha guruhga ega bo‘lishlari shart. Qoidalar bo‘yicha bilimlari tekshiruvdan o‘tgan xodimga belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi va xodim guvohnomani ish paytida o‘zi bilan olib yurishi shart. Xavfsizlik bo‘yicha qo‘shimcha talablar qo‘yiladigan ishlarni (maxsus ishlarni) bajarish huquqiga ega bo‘lgan xodimlar guvohnomasida bilimlar sinovidan o‘tganligi haqida belgilangan namunadagi yozuv bo‘lishi shart. Yuqorida bajariladigan ishlar; tok o‘tkazuvchi qismlarda, kuchlanish ostida bajariladigan ishlar: izolyatorlarni tozalash, yuvish va almashtirish, simlarni ta'mirlash, izolyatorlarni va biriktiruvchi qisqichlarni o‘lchov shtangasi bilan nazorat qilish, troslarni moylash; bosim ostida ishlaydigan idishlarga xizmat ko‘rsatish; uskunalarni yuqori kuchlanish ostida sinash (megaommetr bilan ishlashdan tashqari). Maxsus ishlar ro‘yxati korxona rahbariyati ko‘rsatmasiga binoan, mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda, to‘ldirilishi mumkin. O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarni O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari ro‘yxatiga muvofiq ushbu ro‘yxatdagi ishlarga jalb qilinishi taqiqlanadi. Qoidalarning talablarini buzgan xodimlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgar hisoblanadi. mehnat muhofazasi boʻlimlaridan biri; ishchidagi jarayonlarda vujudga keladigan xavfli omillarning ishlovchilarga zararli taʼsiri oldini olishga doyr tashkiliy va texnik tadbirlar hamda vositalar majmui. Ularni yaratish va i.ch.da qoʻllash ishlari belgilangan tartibda tasdiqlangan meʼyoriytexnik hujjatlar (standartlar, qoidalar, meʼyorlar, instruksiyalar) asosida amalga oshiriladi. Tashkiliy tadbirlar: ishchilarga xavfsiz va zararsiz ish usullari toʻgʻrisida yoʻlyoʻriqlar berish, i. ch. sanitariyasi va mehnat gigiyenasi asoslarini oʻrgatish; mehnat qilish va dam olish qonunqoidalarini ishlab chiqish va i.ch.ga tatbiq qilish. Texnik tadbirlar maʼlum meʼyorlar va qoidalarga asoslanadi. Bunda insonning ruhiy, anatomik, fiziologik xususiyatlari hisobga olinadi. Mas, mashinaning boshqarish organlarini inson uchun qulay yerga joylashtirish, ish vaqtida zararli chang, gaz chiqmasligini taʼminlash zarur, xavfli taʼsirlardan himoya qilish uchun toʻsiqlar qilinadi, ogohlantiruvchi belgilar va plakatlar osib qoʻyiladi. Koʻpincha ishlayotgan mashinalarning uzellari bilan bogʻliq qurilmalar (elektron qurilmalar, fotoelement, avtomatik saqlagich) dan foydalaniladi. Bularga saqlagich klapanlari, vklyuchatellar, eruvchan saqdagichlar, shtiftlar va boshqa kiradi. Xavfli, zararli ishlarni bajarishda jarayonlarni uzokdan turib boshqarish usuli yaxshi samara beradi. Himoya qilishda signalizatsshdan foydalaniladi. Jihozlarni yurgizib yuborishdan oldin ularning ishi tekshiriladi hamda sinaladi. Juda xavfli jihozlar (bosim ostida ishlaydigan idishlar, yuk koʻtarish mashinalari) davlat inspeksiyasi nazorati ostida boʻladi, namlik, tra, havoning tozaligi, shovqinlar, nurlanish taʼsiri va boshqa doimo nazorat qilinadi. Xavfsizlik texnikasi ning muayyan sohalarida ishlaydigan kishilar qoidalarga muvofiq shaxsiy himoya vositalari (kiyimbosh, poyabzal, ehtiyot belbogʻi, koʻzoynak va boshqalar)dan foydalanadi. Xar bir korxonada Xavfsizlik texnikasi uchun maʼmuriyat javobgar hisoblanadi. Oʻzbekistonda Xavfsizlik texnikasi nuqtai nazaridan eng xavfli va maʼsuliyatli korxonalar — paxtani dastlabki ishlash zavodlari, toʻqimachilik korxonalari, teri oshlash korxonalari va boshqahisoblanadi, chunki bu korxonalarda presslar ishlatiladi, zararli chang va gazlar ajraladi va boshqa Shu tufayli mehnat xavfsizligi standartlariga qatʼiy amal qilish talab qilinadi. 

Yüklə 6,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin