Rahmatova malikaning ona tili o‘qitish metodikasi


So'z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə7/8
tarix30.01.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#122761
1   2   3   4   5   6   7   8
MALIKA RAHMATOVA....

2.2. So'z yasalishiga oid tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari.
So‘z tarkibiga ko‘ra tahlil quyidagicha o'tkazilishi mumkin:
1. So‘zga so'roq berish va u nimani anglatishini bilish.
2. O ‘zakni aniqlash. Buning uchun so'zga o'zakdosh so'zlar tanlash.
3. So'z yasovchi qo'shimchani aniqlash. Bu yangi so'z yasash uchun xizmat qilishini aytish.
4. So'z o'zgartuvchi (shakl yasovchi) qo'shimchani aniqlash. Bu so'zni boshqa so'z bilan bog'lash uchun xizmat qilishini aytish. 3-sinfda „So'zning tarkibi" mavzusi to'liq o'rganilgach, gulzor so'zini so'z tarkibiga ko'ra og'zaki tahlil qilish tartibi quyidagicha bo'lishi mumkin:
1. Qaysi so'z turkumi ekanini bilaman. Gulzor so'zi nima?
so 'rog'iga javob bo'ladi, narsani bildiradi, bu — ot.
2. O 'zakni aniqlayman. Buning uchun o'zakdosh so'zlar tanlayman: gulzor, gulli, gulsiz, gu/la. Ularni solishtirib, umumiy qismini topaman — gul. Bu — o'zak.
3. So'z yasovchi qo'shimchani aniqlayman, gulzor so'zi gul so‘ziga -zor so'z yasovchi qo'shimchasini qo'shish bilan yasalgan.
4. Bu so'zda so'z o'zgartuvchi qo'shimcha yo'q.
So'z tarkibiga ko'ra tahlildan so'ng shunday ko'rinish hosil bo'ladi: gulzor. 4-sinfda paxtakorga so'zini so'z tarkibiga ko'ra og'zaki tahlil qilish tartibi quyidagicha bo'lishi mumkin:
1. Paxtakorga — ot.
2. O'zakni aniqlayman. Buning uchun o'zakdosh so'zlar tanlayman: paxtakor, paxtazor. Solishtiraman. Umumiy qism - paxta. Bu — o'zak.
3. So'z yasovchi qo'shimchani aniqlayman: paxtakor so'zi paxta so'ziga -kor so'z yasovchi qo'shimchasini qo'shish bilan yasalgan.
4. So'z o'zgartuvchi (shakl yasovchi) qo'shimchalarni aniqlayman: -ga — so'z o'zgartuvchi qo'shimcha, kelishik qo'shimchasi.
4-sinfda ishladim so'zini so'z tarkibiga ko'ra og'zaki tahlil tartibi:1. Ishladim — fe’l.
2. O ‘zakni aniqlayman. O‘zakdosh so'zlar tanlayman: ishla, ishli, ishsiz, ishchan. Solishtiraman. Umumiy qism — ish. Ish — o'zak.
3. So'z yasovchi qo'shimchani aniqlayman: ishla fe’li ish so'ziga -la qo'shimchasini qo'shish bilan yasalgan. -la — fe’l yasovchi qo'shimcha.
4. So'z o'zgartuvchi (shakl yasovchi) qo'shimchani aniqlayman: -di — o'tgan zam on qo'shimchasi, -m — shaxs-son qo'shimchasi, I shaxs, birlik: ishladim. So'z tarkibiga ko'ra tahlildan mustaqil mashq sifatida foydalanish ham mumkin. So'zni morfologik tahlil qilish uning lug'aviy ma’nosini tushunishda, morfemalarni to 'g 'ri yozishda o'quvchilarga yordam beradigan muhim vositadir. Boshlang'ich sinflarda grammatik va morfemik tahlil bilan birga, so'zni tovush-harf tom onidan tahlil qilishdan ham foydalaniladi. Bu tahlilning vazifasi so'zda tovushlarning tartibini, ularning xarakterli xususiyatlarini, tovushlar va harflar o'rtasidagi m unosabatni aniqlash hisoblanadi.
Boshlang'ich sinflarda tovush-harf tomonidan tahlil tartibi quyidagicha:
1. So'zda nechta bo'g'in bor?
2. So'zda nechta tovush va nechta harf bor? (Tovushlar soni harflar sonidan kam yoki ko'p bo'lsa, sababini aytish)
3. Unli tovush nechta? U ndosh tovush-chi?
4. Har bir tovushni xarakterlash. Tovush so'zda qaysi harf bilan ifodalangan?M asalan, kitob so'zi quyidagicha tahlil qilinadi:
1. So'zda ikki bo'g'in bor: ki-tob.
2. So'zda beshta tovush, beshta harf bor.
3. So'zda ikki unli tovush, uch undosh tovush bor.
4. k— undosh, jarangsiz, k harfi bilan ifodalangan, i — unli tovush, i harfi bilan ifodalangan.
Tovush-harf tomonidan to'liq bo'lmagan tahlildan so'zning yozilishini tushuntirishda ham, orfoepik to'g'ri talaffuzni o'rgatish maqsadida ham foydalaniladi. Masalan, maktab so'zi oxirida b undoshi p tarzida talafftiz qilinadi, jufti bor undosh, tekshiramiz: maktabim —maktab, b harfi yoziladi.

Xulosa

Xulosa qilib aytganda, boshlang'ich sinflarda so'zning morfemik tarkibi va so'z yasalishini o'rgatish o'quvchilarning har bir so'zga ongli munosabatda bo'lishlarini ta’minlaydi, so'z tarkibi va uning yasalishi haqidagi dastlabki tushunchalarni shakllantiradi.O'qituvchi o'quvchilaming biror morfemani qay darajada o'zlashtirganini ularning morfemik tarkibi bolalar saviyasiga mos so'zlardagi morfemalarni ajratish ko'nikmasiga, o'zak va shakl yasovchi qo'shimchadan yo o'zak va so'z yasovchidan, yoki o'zak, so'z yasovchi va shakl yasovchidan tuzilgan so'zlarni mustaqil tanlay bilishiga, so'zdagi morfemalarning rolini so'z bilan tushuntirish ko'nikmasiga, gapda so'z yasovchi qo'shimchali so'zlarni to'g'ri ishlatish ko'nikmasiga qarab aniqlaydi. O'qish metodikasi adabiyot nazariyasiga asoslanadi, chunki o'quvchilar badiiy asarni amaliy tarzda tahlil qiladilar, ularga adabiyotshunoslikdan nazariy ma’lumot berilmaydi, ammo metodika adabiy asarning yaratilish qonuniyatlarini, ularning o'quvchilarga ta ’sirini, ayniqsa, adabiyotshunoslikka oid mavzulardan asarning g'oyaviy mazmuni, uning mavzusi va sujeti, kompozitsiyasi, janri, tasviriy vositalarini hisobga olishi zarur. Ona tili o'qitish metodikasi psixologiya va pedagogika ma’lumotlariga ham tayanadi. Metodikaning masalalarini hal etishda pedagogik ilmlar ham yordam beradi. Shuning uchun ham psixologiya va pedagogika fanlari ham metodikaning metodologik asosi hisoblanadi.




Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin