Asosiy bo‘lmagan faoliyat – bu korxonaning kunlik odatiy bo‘lmagan faoliyati yoki faoliyat turlari. Bunday faoliyatning keng tarqalgan turlari bo‘lib investitsiya faoliyati, innovatsiya faoliyati, moliyaviy faoliyat va emissiya faoliyati hisoblanadi.
Investitsiya faoliyati – korxonaning o‘z mablag‘larini o‘zining moddiy texnika bazasini yaxshilashga, shuningdek o‘zga korxonalarga yordam berish va qo‘shimcha daromad olish maqsadida kiritish bilan bog‘liq faoliyatidir.
Korxonalarning investitsiya faoliyat turlari 2.13- rasmda keltirilgan.
Kapital (real) investitsiya faoliyati – korxonaning o‘z mablag‘larini o‘zining moddiy texnika bazasini yaxshilash va rivojlantirishga kiritish bilan bog‘liq faoliyatidir. Ushbu faoliyatni tashkil qiluvchi asosiy xo‘jalik jarayonlari va operatsiyalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi (2.14-rasmga qarang).
Moliyaviy investitsiya faoliyati – korxonaning o‘z mablag‘larini o‘zga korxonalarga yordam berish va qo‘shimcha daromad olish maqsadida kiritish bilan bog‘liq faoliyatidir. Ushbu faoliyatni tashkil qiluvchi asosiy xo‘jalik jarayonlari va operatsiyalari tarkibi 2.15-rasmda keltirilgan.
Корхоналар капитал (реал) инвестиция фаолиятини ташкил қилувчи хўжалик жараёнлари ва операциялари
*Капитал қурилиш
* Асосий воситаларни сотиб олиш
* Номоддий активларни сотиб олиш
* Асосий подани шакллантириш
*Ерни ободонлаштиришга капитал қуйилмалар
* Молиявий лизинг шартномаси бўйича асосий воситаларга капитал қуйилмалар
* Бошқа капитал қуйилмалар – реконструкция, модернизация, кенгайтириш