Buxgalteriya hisobini tashkil qilish usullari
№
|
Tashkiliy shakl
|
Qo‘llaniladigan sub’ekt turi
|
Tartibga solib turuvchi ichki hujjatlar
|
1
|
Bosh buxgalter rahbarligida buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish orqali yuritish
|
Yirik va o‘rta korxonalar
|
1.Buxgalteriya to‘g‘risida Nizom
2.Bosh buxgalter va buxgalterlaring kasbiy mahoratiga qo‘yiladigan talablar
3.Buxgalterlar o‘rtasida funksonal majburiyatlarning taqsimoti
|
2
|
Shartnoma asosida jalb qilingan yakka buxgalter xizmatidan foydalanish orqali yuritish
|
Mikrofirmalar, kichik korxonalar
|
1.Mehnat shartnomasi
|
3
|
Ixtisoslashgan bux-galterlik firmasi yoki auditorlik tashkiloti orqali yuritish
|
Mikrofirmalar, kichik korxonalar, o‘rta korxonalar
|
1.Buxgalteriya hisobini yuritish
Bo‘yicha shartnoma (bitim)
|
4
|
Korxona rahbari tomonidan yuritish
|
Mikrofirmalar, kichik korxonalar
|
1.Buyruq
2.Ta’sischilar qarori
|
Korxona va tashkilotlarda buxgalteriya hisobini tashkiliy qilish usullarini belgilashda ularning katta-kichikligi, maqomi muhim rol o‘ynaydi. Yirik korxona va tashkilotlarda bajariladigan hisob-kitob ishlari hajmi katta bo‘lganligi uchun maxsus buxgalteriya apparati tashkil etiladi. Ushbu apparat o‘z ichiga alohida bo‘limlarni, masalan, moddiy boyliklar hisobi bo‘limi, ta’minotchilar va xaridorlar bilan hisob-kitoblar bo‘limi, mehnat va unga haq to‘lash hisob-kitobi bo‘limi, budjet bilan hisob-kitoblar bo‘limi va boshqalarni oladi. Buxgalteriyaga bosh buxgalter, uning bo‘limlariga bosh buxgalter muovinlari yoki katta buxgalterlar rahbarlik qiladi.
Rahbar
Kassa
Dostları ilə paylaş: |