Raqamli iqtisodiyot va tadbirkorlik



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə22/108
tarix25.05.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#116209
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   108
Raqamli iqtisodiyot va tadbirkorlik

Bosh buxgalter







Bosh buxgalter
muovini

Bosh buxgalter
muovini







Бюджет билан ҳисоб-китоблар
бўлими

Иш ҳақи бўйича ҳисоб-китоблар бўлими

Касса ва банк операция-лари бўлими

Моддий бойлик-лар
бўлими

Таъми-нотчилар
ва хари-дорлар билан ҳисоб-китоб
бўлими



Турли бошқа ҳисоб-китоблар бўлими

Yirik korxonalarda buxgalteriya apparati o‘zining shtat jadvaliga ega bo‘ladi. Shtat jadvali deganda buxgalteriya apparatida ishlovchi xodimlarning lavozim stavkalari va sonlari, ularning razryadlari, eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan razryad ta’rifini o‘zida mujassamlashtiruvchi hujjat tushuniladi.


Davlat muassasalari, tashkilotlari va korxonalarida shtat jadvali yuqori tashkilot tomonidan tasdiqlanadi.
Aksiyadorlik jamiyatlari, MChJ va xususiy korxonalarda shtat jadvali ushbu turdagi va maqomdagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning o‘zlari tomonidan turli mezonlar (kriteriylar) asosida belgilanadi. Bunday mezonlar bo‘lib, masalan xodimlar soni, moddiy javobgarshaxslar soni, hujjatlar soni va boshqalar olinadi.
Mikrofirmalar va kichik korxonalar maqomidagi korxonalarda, odatda, maxsus hisob bo‘linmasi tashkil qilinmaydi. Ularda shartnoma asosida ishga qabul qilingan buxgalterga barcha hisob-kitob ishlarini yuritish yuklatiladi.
Korxona xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi ixtisoslashgan buxgalterlik firmasi tomonidan tuzilgan shartnomaga muvofiq olib borilganda, ular buxgalteriya hisobini respublikamiz qonun hujjatlariga muvofiq ravishda olib borilganligi uchun korxona oldida shartnoma shartlariga asosan javobgar va mas’ul hisoblanadilar.
Korxonada buxgalteriya hisobi uning rahbarining o‘zi tomonidan yuritilganda u buxgalteriya hisobini respublikamiz qonun hujjatlariga muvofiq ravishda olib borilganligi uchun bevosita javobgar va mas’ul hisoblanadi.
Korxona va tashkilotlarning hisob siyosatida buxgalteriya hisobini tashkil qilishning tanlab olingan usullari, shuningdek ushbu usullarda hisob ishlarining bajarilishini tartibga solib turuvchi ichki me’yoriy hujjatlar tizimi belgilanadi. Bunday ichki me’yoriy hujjatlar bo‘lib, odatda, buxgalteriya to‘g‘risida Nizom, bosh buxgalter va buxgalterlarning ahloqiy va kasbiy mahoratiga qo‘yiladigan talablar, buxgalterlar o‘rtasida funksional majburiyatlarning taqsimoti, mehnat shartnomalari, ixtisoslashgan buxgalterlik firmalari yoki auditorlik tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar hisoblanadi. Ushbu ichki me’yoriy hujjatlarning mavjudligi va ularga amal qilish buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil qilinishi va yuritilishida muhim ahamiyat kasb etadi.



Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin