Raqamli iqtisodiyot va tadbirkorlik



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə30/108
tarix25.05.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#116209
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   108
Raqamli iqtisodiyot va tadbirkorlik

Magistr:

  • aniq mutaxassisik bo‘yicha mustaqil ilmiy tadqiqot, ilmiy pedagogik va boshqaruv, professional foaliyatini olib borishga;

  • magistraturaning mos keluvchi mutaxassisligi doirasida oliy ta’limidan keyingi aspiranturada davom ettirishga;

  • qo‘shimcha professional ta’limni kadrlarni qayta tayerlash va malakasini oshirish tizimida olishga tayer.

Oliy ta’lim muassasasida magistratura yo‘nalishini ochishning asosiy sharti – bu o‘quv tarbiyaviy jarayon bilan bog‘liq va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlanishini ta’minlovchi mos kafedralarning ilmiy pedagogik potensiali mavjudligi va ilmiy tadqiqot ishlarini yuqori darajada olib borish imkoniyatining bo‘lishi.
Magistrlarni yangi mutaxassisliklari bo‘yicha tayerlash huquqi oliy ta’lim muassalarining oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha davlat vakolatli organi rasmiy iltimosiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasiga belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Oliy ta’lim muassasasi strukturasida magistraturaning maxsus bo‘limi (fakultet, markaz) ochiladi va unga quyidagi vazifalar yuklatiladi:

  • talabalarning o‘quv-tarbiyaviy jarayonini tashkillashtirish va nazorat qilish, o‘quv-uslubiy hujjatlar va o‘quv-uslubiy ta’minotni ishlab chiqish;

  • magistrlar yetishtirib beruvchi kafedralar faoliyatini koordinatsiyalash;

  • magistrlar tayyorlash protsessining monitoringi.

Oliy ta’lim tizimini boshqarish
O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim tizimining boshqaruvi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida oliy ta’limni bashqarish davlat vakolatli organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim boshqaruv organi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligi hisoblanadi.
Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligiga, tarkibida oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirliklar va boshqarmalar bilan birgalikda quyidagi vazifalar yuklatiladi:

  • bakalavr yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun davlat ta’lim standartlarini, o‘quv reja va o‘quv fanlari dasturlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va bosqichma-boqich kiritib borish, hamda respublika oliy ta’lim muassasalarini ular bilan ta’minlash;

  • oliy ta’lim yo‘nalish va mutaxassislik klassifikatoriga zarur bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish;

  • oliy ta’lim muassasasi faoliyatining normativ-huquqiy ta’minotini ishlab chiqish va o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish;

  • O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari o‘quv-uslubiy boshqaruvini amalga oshirish;

  • oliy va o‘rta maxsus kasb xunar ta’limi kadrlarini tayerlash, qayta tayerlash va malakasini oshirish masalalarini muvoqlashtirish;

  • Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning normativ-uslubiy integratsiyasini ta’minlash.

Oliy ta’lim sifatini boshqarishning ijtimoiy shaklarini rivojlantirish maqsadida oliy ta’lim muassasalarining rektorlar kengashi tashkil qilingan bo‘lib, uning faoliyati belgilangan nizom bilan tartibga solinadi.
Oliy ta’lim muassasalarining boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va mazkur nizom asosida amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim muassasining bevosita boshqaruvi rektor tomonidan amalga oshiriladi. Davlat oliy ta’lim muassasasi rektori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, nodavlat oliy ta’lim muassasalari rektorlari ta’sischilar tomonidan tayinlanadi.
Oliy ta’lim muassasasining ish natijalari uchun to‘liq javobgarlik rektor zimmasida turadi. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va oliy ta’lim muassasa Nizomiga ko‘ra, rektor oliy ta’lim muassasasi nomidan barcha organ va tashkilotlarda faoliyat yuritadi, mol-mulkka belgilangan tartibda egalik qiladi, shartnomalar tuzadi, ishonchnomalarni taqdim etadi, bankda oliy ta’lim muassasasining hisob raqamini ochadi va kreditlar boshqaruvchisi hisoblanadi.
Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini amalga oshirilishining aloxida javobgarligi rektor zimmasiga yuklatilgan.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin