Raqamli iqtisodiyot va tadbirkorlik


Informatika fanining ta’rifi va mohiyati



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə36/108
tarix25.05.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#116209
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   108
Raqamli iqtisodiyot va tadbirkorlik

Informatika fanining ta’rifi va mohiyati

Turli xil axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish usullari va vositalarini o‘rganadigan mustaqil fan shakllandi. Bu fan informatika fani deyiladi. Axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatishning asosiy vositasi sifatida hisoblash texnikasi, ya’ni kompyuter (yelektron hisoblash mashinasi – EHM, shaxsiy EHM – ShEHM) xizmat qiladi.
Kursni o‘rganishda asosiy e’tibor quyidagilarga qaratilishi lozim:

  • zamonaviy ShEHM larda erkin ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish,

  • tegishli sohalarga doir masalalarni kompyuterlarda yechish texnologiyasini o‘rganish va qo‘llash,

  • zamonaviy matn muharrirlari va jadval protsessorlari asoslarini o‘rganish va qo‘llash.

O‘zbekiston butun ma’rifatli dunyo singari o‘z taraqqiyotining yangi istiqbollari, yangi strategiyasini belgilamoqda, ya’ni bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida, yangilanish, yangi hayotga qadam qo‘ygan bir paytda o‘zini har tomonlama rivojlantirishga bor kuchi bilan intilmoqda.
Mamlakatimiz rivojlangan davlatlar qatoridan mustahkam o‘rinni egallash uchun zamonaviy kompyuter texnologiyalarini hayotimizning barcha yo‘nalishlariga, ayniqsa iqtisodiyotga joriy etish zarur.
Kelajagi buyuk davlatni qurish tafakkuri shakllangan xodimlarning iqtisodiy bilimlariga bog‘liqdir.
Mamlakatimiz iqtisodiy siyosatida axborot muhim o‘rin egallaydi. Banklar, korxonalar va boshqa iqtisodiy sektordagi tashkilotlar, ya’ni soliq tizimi, nodavlat fondlar, sug‘urta agentliklari uchun axborotning o‘zgarishi juda tez amalga oshadi hamda hajmi tez ortadi. Ular asosida turli tahlillar o‘tkazilib, qarorlar qabul qilinadi, vazifalar belgilanadi, taktika va strategiya ishlab chiqiladi. Bu axborotlar bevosita fuqarolar, iqtisodiyotimiz taqdiri, qolaversa siyosatimiz asosini tashkil etishini unutmasligimiz kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining axborotlashtirish konsepsiyasining asosiy maqsadi va unda qo‘yilgan masalalar quyidagilardan iborat:

  1. milliy axborot – hisoblash tarmog‘ini yaratish;

  1. axborotlarga mahsulot sifatida yondashishning iqtisodiy, huquqiy va me’yoriy hujjatlarini yuritish;

  2. axborotlarni qayta ishlashda jahon standartlariga rioya qilish;

  3. informatika industriyasini yaratish va rivojlantirish;

  4. axborotlar texnologiyasi sohasidagi fundamental tadqiqotlarni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash;

  5. informatika vositalaridan foydalanuvchilarni tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish.

Hozirgi kunda axborot texnologiyalarini rivojlantirishning olti ustivor yo‘nalishi belgilab berilgan, bular quyidagilardan iborat:

  1. Davlat statistika tizimi, kredit-moliya va bank tizimlari.

  1. Yelektron ma’lumotlar bazasi.

  2. Fan-texnika axboroti tarmog‘i.

  3. Ta’lim, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash, ijtimoiy muhofaza va sog‘liqni saqlash sohalari axborot tizimlari.

  4. Ma’lumotlarni uzatish va aloqa tizimlari.

  5. Favqulodda holatlarning oldini olish va xabar berishning axborot tizimlari.

O‘zbekiston Respublikasida axborotlashtirishni rivojlantirishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
1. Zamonaviy axborot texnologiyasini rivojlantirish, davlat muassasalari va xo‘jalik sub’ektlari, xususiy shaxslar uchun axborot xizmatini yo‘lga qo‘yish;
2. Iqtisodiyot, fan, ta’lim, ijtimoiy sohadan axborot tizimini shakllantirishda ko‘maklashish;
3. Respublikaning jahon axborot tizimlari va xalqaro tarmoqlarga ulanishini ta’minlash.
Informatikaning vazifalari, imkoniyatlari, vosita va uslublari ko‘p qirrali bo‘lib, uning ko‘plab tushunchalari mavjud. Ularni umumlashtirib quyidagicha talqinni tavsiya etamiz.
Informatika - kompyuterlar yordami va ularni qo‘llash muhiti vositasida axborotni yangilash jarayonlari bilan bog‘liq inson faoliyati sohasidir.
Informatika keng ma’noda insoniyat faoliyatining barcha sohalarida asosan kompyuterlar va telekommunikatsiya aloqa vositalari yordamida axborotni qayta ishlashi bilan bog‘liq fan, texnika va ishlab chiqarishning xilma-xil tarmoqlari birligini o‘zida namoyon etadi.
Informatika tor ma’noda o‘zaro aloqador uch qism - texnik vositalar, dasturiy vositalar va algoritmik vositalar sifatida tasavvur etish mumkin. O‘z navbatida informatikani ham umuman, ham qismlari bo‘yicha turli jihatlardan: xalq xo‘jaligi tarmog‘i, fundamental fan, amaliy fan sohasi sifatida ko‘rib chiqish mumkin.
Informatika xalq xo‘jaligi tarmog‘i sifatida kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish va axborotni qayta ishlash zamonaviy texnologiyasini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan xo‘jalik yuritishning turli shakllaridagi korxonalarning bir turda jamlanishidan iborat bo‘ladi.
Informatika fundamental fan sifatida kompyuter axborot tizimlari negizida istalgan ob’ektlar bilan boshqaruv jarayonlarini axborot jihatidan ta’minlashni barpo etish metodologiyasini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.
Informatika amaliy fan sohasi sifatida quyidagilar bilan shug‘ullanadi:

  1. axborot jarayonlaridagi qonuniyatlarni o‘rganish (axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tarqatish);

  1. inson faoliyatining turli sohalarida kommunikatsiya - axborot modellarini yaratish;

  2. aniq bir sohalarda axborot tizimi va texnologiyalarini ishlab chiqish va ularning hayotiy bosqichini, ularni ishlab chiqarish, ishlashni va hokazolarni loyihalash, ishlab chiqish bosqichlari uchun tavsiyalar tayyorlash.

Informatikaning bosh vazifasi axborotni yangilash, uslub va vositalarni ishlab chiqish va axborotni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini tashkil etish, ulardan foydalanishni ishlab chiqishdir.
Informatikaning asosiy vazifalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • istalgan xususiyatdagi axborot jarayonlarini tadqiq etish;

  • axborot jarayonlarini tadqiq etishdan olingan natijalar negizida axborotni qayta ishlaydigan axborot tizimini ishlab chiqish va yangi texnologiyani yaratish

  • jamiyat holatining barcha sohalarida kompyuter texnikasi va texnologiyasidan samarali foydalanishning ilmiy va muhandislik muammolarini yaratish, tatbiq etish va ta’minlashni hal etish.


Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin