Raqamli iqtisodiyot va tadbirkorlik


Axborot va ma’lumotlarning tasnifi va xususiyatlari



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə37/108
tarix25.05.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#116209
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   108
Raqamli iqtisodiyot va tadbirkorlik

Axborot va ma’lumotlarning tasnifi va xususiyatlari
Kompyuterlar bilan ishlash usullarini o‘rganish jarayonida uni dastlabki xayolga kelmagan imkoniyatlari ochildi. Zamonaviy kompyuterlar amalda hamma narsani bajarishi mumkin, lekin buning uchun odamning o‘zi nimani istayotganligini aniq bilishi, eng muhimi mashinaga buni qanday bajarish kerakligini tushuntirib bera olishi shart. O‘z navbatida mashinaga nimanidir tushuntirish uchun esa unga informatsiyani-axborotni yozish zarurdir. Chunki, axborot informatika sohasining asosiy resursidir.
Axborot - bu olamdagi butun borlik, undagi ruy beradigan xodisalar va jarayonlar haqidagi xabar va ma’lumotlardir. Axborot inson nutqida, kitobdagi matnlarda, musavvir tasvirida va boshqalarda mavjuddir.
Inson turli a’zolari yordamida (ko‘zi, qulog‘i, sezgi a’zolari) axborotlarni qabul qiladi, ongi bilan idrok etadi, xotirasida saqlaydi, boshqalarga uzatadi. Insonning xayoti va faoliyati turli xil axborotlarni yig‘ish bilan bog‘liq. Ammo, insoniyat o‘z taraqqiyoti davrida shu darajada axborot to‘plaganki, ularning hammasini saqlash va idrok etish uchun insonning ongi ojizlik qiladi.
Axborot, ya’ni informatsiya so‘zi lotincha informatio so‘zidan olingan bo‘lib, «tushuntirish», «tavsiflash» degan ma’noni anglatadi.
Axborot - bu o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan ixtiyoriy ajratuvchi, farqlovchi, differensiallovchi belgidir. Yoki boshqacha qilib, umumlashtirib aytganda, axborot - bu biror faoliyat to‘g‘risidagi qanaqadir voqea haqidagi xabarlar, bilimlardir. Axborot - bu atrof-muhit ob’ektlari va hodisalari, ularning o‘lchamlari, xususiyatlari va holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardir deb aytish ham mumkin. Keng manoda axborot odamlar o‘rtasida ma’lumotlar ayirboshlash, odamlar va qurilmalar o‘rtasidagi signallar ayirboshlashini ifoda etadigan umumiy tushunchalar deyilishi ham mumkin.
O‘z navbatida informatikada axborot bilan bir qatorda ma’lumotlar tushunchasi ham keng qo‘llaniladi. Ma’lumotlarga u yoki bu sabablarga ko‘ra foydalanilmaydigan, balki faqat saqlanadigan belgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu ma’lumotlarda biror narsa tug‘risidagi mavhumlikni (noaniqlikni) kamaytirish uchun foydalanish imkoniyati tug‘ilsa, u holda ma’lumotlar axborotga aylanadi. Shuning uchun foydalaniladigan axborotni ma’lumotlar, deb atasa ham bo‘ladi. Masalan, kogozga telefon raqamini malum tartibda yozib, biror kishiga ko‘rsasangiz, u buni biror axborot bermaydigan ma’lumot sifatida qabul qiladi. Biroq, telefon raqamining oldida tegishli korxona yoki tashkilotning nomi, uning faoliyati turi yozib qo‘yilsa, avvalgi ma’lumot axborotga aylanadi. Umumlashtirib aytadigan bo‘lsak, bizni o‘rab turadigan borliq haqidagi bilimlar yoki har qanday ma’lumotlar axborot deb ataladi.
O‘z navbatida iqtisodiy axborot axborot turlarining eng muhimi hisoblanadi. Iqtisodiy axborot ishlab chiqarish jarayonlari, moddiy resurslar, bozorlar, bank va moliya muassasalari faoliyati bilan to‘gridan-to‘gri bog‘liqdir. Shuningdek, axborotlar taqdim etish usuliga ko‘ra: matnli, jadvalli, grafikli va boshqa ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlar esa qayta ishlash usuliga ko‘ra: birlamchi, ikkilamchi, hosila, mantiqiy, xulosa va yakuniy ma’lumotlar ko‘rinishida berilishi mumkin.
Axborotdan foydalanish imkoniyati va samaradorligi uning reprezentativligi, mazmundorligi, yetarliligi, dolzarbli, o‘z vaqtidaligi, aniqligi, ochiqligi, ishonarliligi, barqarorligi kabi asosiy iste’mol sifat, ya’ni xususiyatlari, ko‘rsatgichlariga bog‘liqdir. Ularni batafsil ko‘rib chiqamiz:
Axborotning reprezentativligi – ob’ekt xususiyatini adekvat ifoda etish maqsadida axborotni to‘g‘ri tanlash va shakllantirish bilan bog‘liqdir.
Axborotning mazmundorligi – semantiq hajmini ifoda etadi. Axborotning mazmundorligi ortishi bilan axborot tizimining semantiq o‘tkazish quvvati ortadi, chunki bir xildagi ma’lumotlarni olish uchun kamroq hajmda ma’lumotlarni o‘zgartirish talab etiladi.
Axborotning yetarliligi (to‘laligi) – qaror qabul qilish uchun minimal, lekin yetarli tarkibga ega ekanligini bildiradi. Axborotning to‘laligi tushunchasi uning ma’nosi mazmuni (semantiqasi) va pragmatikasi bilan bog‘liqdir. To‘g‘ri qabul qilish uchun yetarli bo‘lmagan, xuddi shuningdek ortiqcha bo‘lgan axborot ham foydalanuvchining qaror qabul qilish samaradorligini kamaytiradi.
Axborotning dolzarbligi – axborotdan foydalanish vaqtida uni boshqarish uchun qimmatliligi saqlanib qolishi bilan belgilanadi va uning xususiyatlari o‘zgarish dinamikasiga hamda ushbu axborot paydo bo‘lgan vaqtdan buyon o‘tgan davr oraliqiga bog‘liq bo‘ladi.
Axborotning o‘z vaqtidaligi – axborotning avvaldan belgilab qo‘yilgan vazifani hal etish vaqti bilan kelishilgan vaqtdan kechikmasdan olinganligini bildiradi.
Axborotning aniqligi – olinayotgan axborotning ob’ekt, jarayon, hodisa va hokazolarning aniq holatiga yaqinligi darajasi bilan belgilanadi .
Axborotning ochiqligi – foydalanuvchi axborotni idroklashi uchun uni olish va o‘zgar-tirish jarayonlarini bajarish yo‘llari bilan amalga oshiradi. Masalan, axborot tizimida axborot foydalanuvchini o‘zgartirishi uchun ochiq va shaklga aylantirib beriladi. Bu axborotning semantiq shakli va foydalanuv-chining tezarursini moslashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Axborotning ishonarliligi – axborotning ob’ektlarini kerakli aniqlikda aks ettirish xususiyati bilan belgilanadi. Axborot ishonarliligi zarur aniqlikda ehtimollar nazariyasi bilan o‘lchanadi, ya’ni axborot aks ettirgan ko‘rsatkich uning haqiqiqiy qiymatidan kerakli aniqlikda bo‘lish ehtimolini bildiradi.
Axborotning barqarorliligi – axborotning asos qilib olingan ma’lumotlar aniqligini buz-masdan o‘zgarishlarga ta’sir qilishga qodirligini aks ettiradi. Axborotning barqarorligi aynan reprezentativlik axborotni tanlash va shakllantirishning tanlab olingan uslubiyotiga bog‘liqdir.
Axborot sifatining reprezentativlik, mazmundorlik, yetarlilik, ochiqlik, barqarorlik ko‘rsatkichlari to‘laligicha axborot tizimlarini ishlab chiqishning uslubiy darajasida belgilanadi. Muhimlik, o‘z vaqtidalik, aniqlik va ishonarlilik ko‘rsatkichlari ham ko‘p jihatdan uslubiy darajada belgilanadi, biroq, ularning miqdorlariga tizimning ishlash xususiyatlari, birinchi navbatda uning mustahkamligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin