Raqamli iqtisodiyot va tadbirkorlik


Talabaning- vaqt byudjeti va ish kuni, ulardan samarali foydalanish



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə43/108
tarix25.05.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#116209
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   108
Raqamli iqtisodiyot va tadbirkorlik

2. Talabaning- vaqt byudjeti va ish kuni, ulardan samarali foydalanish.
Talabaning vaqt byudjeti va ish kuni, ulardan samarali foydalanishni to΄g΄ri
tashkil etish maqsadida O΄zbekiston Respublikasi Oliy va o΄rta maxsus ta’lim
vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi hamda Davlat jismoniy tarbiya va sport
qo΄mitasining “O΄quvchilarning bo΄sh vaqtlarini mazmunli o΄tkazish va foydali
mashg΄ulotlar bilan ta’minlash to΄g΄risida”gi 1999 yil, 1 sentyabrdagi 277/201/693- sonli buyruqni qabul qildi.
Respublikamizda ijtimoiy-siyosiy jarayonning yanada takomillashuvi yoshlar
orasida erkin fikrlash va ijtimoiy faollikni yanada kuchaytirmoqda. Bu narsa ular
orasida olib borilayotgan faol tarbiyaviy jarayonning natijasidir. Lekin ba’zi joylarda yoshlar o΄rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning etarlicha olib borilmayotganligi tufayli yoshlar o΄rtasida ba’zi jinoyatlar, huquqbuvarlik holatlari sodir bo΄lmoqdaki, o΄rta-maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari talaba-o΄quvchilari ham bundan mustasno emas.
Ba’zan esa juda kam bo΄lsada bilmagan holda ba’zi norasmiy tashkilotlar ta’siriga
tushganlar ham topiladi. Bundan ko΄rinib turibdiki yoshlar o΄rtasida ma’naviyma’rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy tarbiyani yanada takomillashtirish,barcha joylarda ularni Vatanparvarlik, istiqlol mafkurasi ruhida tarbiyalashning barcha omillarini ishga solish zarur. Shu sababli o΄rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, shu jumladan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olayotgan va “O΄quvchi talabalar uyi”da yashayotgan o΄quvchi-talabalarning bo΄sh vaqtlarini mazmunli o΄tkazish hamda foydali mashg΄ulotlar bilan ta’minlash, o΄quvchilarning har hil norasmiy oqimlarga qo΄shilib qolishining oldini olish hozirgi kunning asosiy maqsadi bo΄lib qolmoqda. “O΄quvchilarning bo΄sh vaqtlarini mazmunli o΄tkazish va foydali mashg΄ulotlar bilan ta’minlash to΄g΄risida” Oliy va o΄rta maxsus ta’lim vazirligi, o΄rta maxsus kasb-hunar ta’limi Markazi, Madaniyat ishlar vazirligi va Davlat jismoniy tarbiya va sport qo΄mitalarining tadbirlari Ilova bo΄yicha tasdiqlandi. Qo΄shimcha buyruq va tadbirlar asosida o΄quvchilariing darsdan tashqari vaqt-57larini mazmunli o΄tkazish, yotoqxonalarda istiqomat qilayotgan talaba o΄quvchilarning namunali hordiq chiqarishi bo΄yicha tuzilgan ish rejalarini qayta ko΄rib chiqib o΄zgartirishlar kiritildi. O΄tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlarda talaba o΄quvchilarning ma’naviy
ma’rifiy dunyosini kengaytirsh, ularni ijodiy faoliyatga jalb etish, san’at va sport
sog΄lomlashtirish ishlariga qiziqishlarini kuchaytirish, badiiy estetik didlarni o΄stirish masalalariga e’tiborni qaratildi. Ushbu tadbirlarga o΄z uylarida ba hususiy honadonlarda yashobchi talaba- o΄qubchilar keng jalb qilindi.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin