Raqamli iqtisodiyot va tadbirkorlik


-mavzu. Oliy o‘quv yurtida o‘qitishning asosiy shakllari



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə74/108
tarix25.05.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#116209
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   108
Raqamli iqtisodiyot va tadbirkorlik

7-mavzu. Oliy o‘quv yurtida o‘qitishning asosiy shakllari
O‘quv mashg‘ulotlarining asosiy turlari. Ma’ruza va uning o‘quv jarayonidagi yetakchi roli. Ma’ruzani tinglash va yozib olish. Ma’ruza va dastlabki adabiyot manbalari. Ma’ruza, darslik, talabalarning mustaqil ishlari.
Seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, ularning mohiyati va ahamiyati. Talabalarning seminar va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorlanish
usullari. Kurs ishlari va loyihalar, ularni yozish usuli. Maslahatlar, ularning shakllari va o‘qish jarayonidagi roli. Talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti, iqtisodiy bilim yurtlarida uni tashkil etish xususiyatlari. Reyting usuli va uning ahamiyati. Talabalarni yakuniy baholash va reyting nazoratiga tayyorlanish usullari.
8-mavzu. Mustaqil ta’lim va talabalar mehnatini ilmiy tashkil
etish
Mustaqil ish – yuqori malakali kadrlar tayyorlashning asosiy usuli.
Hozirgi sharoitda talabalarning mustaqil ishining rolini oshirish.
Mustaqil ishning mohiyati va shakllari. O‘quv jarayoni va mustaqil ishni
rejalashtirish va me’yorlashtirish. Uy vazifalarining uzluksizligini,
ketma-ketligi va murakkabligini inobatga olish – mustaqil ishni ilmiy
tashkil etishning asosiy shartlaridir. Talabaning vaqt byudjeti va ish kuni, ulardan samarali foydalanish. Aqliy faoliyatning sermahsul rejasi.
Talabaning mustaqil ishi ustidan nazoratni tashkil etish, uning ahamiyati
va shakllari. Joriy baholashning xususiyatlari. Talabalar attestatsiyasi,
uni tashkil etish va o‘tkazish. Kitoblar bilan ishlash. Konspektlash shakllari, seminarlarga, amaliy mashg‘ulotlarga, sinov va imtihonlarga tayyorlanishda ulardan foydalanish. Bilimlarni o‘zlashtirishda e’tibor,
xotira, fikrlash va irodaviy fazilatlarni rivojlantirishning ahamiyati.
Samarali dam olishni tashkil etish tamoyillari. Talabaning kun tartibida
jismoniy mashg‘ulotlarning o‘rni.
9-mavzu. Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishini tashkil etish
Yoshlar va fan. Ilmiy-tadqiqot ishlar – yuqori malakali
mutaxassislar tayyorlashning asosiy omili. Iqtisodiyotni erkinlashtirish
sharoitida ilmiy-tadqiqot ishlarining ahamiyatini oshiruvchi omillar.
Ilmiy-tadqiqot ishlar to‘g‘risida Nizom. Institut va fakultetlarda
ilmiy-tadqiqot ishlar tizimi va tuzilishi. Ilmiy to‘garaklar. Kafedra,
muammoli laboratoriya, xo‘jalik shartnomaviy ishlarning ilmiy-tadqiqot
ishlarida talabalar ishtiroki. Xalqaro, Respublika va institut miqyosidagi
koferensiyalarda talabalar ishtiroki. Iqtisodiy fanlar bo‘yicha ko‘riklar,
tanlovlar. Malakaviy ishlar konkursi. Viktorinalar va olimpiadalar.
Talabalarning ilmiy ishlari va o‘quv jarayoni. O‘quv-tadqiqot ishlarining
shakllari. Kurs ishlari va ishlab chiqarish amaliyoti o‘tash jarayonida
malakaviy bitiruv ishlarini yozishda ilmiy-tadqiqot ishlari. Birinchi kurs
talabalari orasida ilmiy-tadqiqot, o‘quv-tadqiqot ishlarining asosiy
xususiyatlari va tashkiliy shakllari. Savdo-tijorat tashkilotlarida
xarajatlarni hisobga olishning xususiyatlari va ularning oldiga qo‘ygan
vazifalari. Ulgurji savdo korxonalarida tovarlar tannarxini hisobga
olish. Omborlarda, bazalarda va buxgalteriyada tovarlarni hisobga olish.
Tovarlarni iste’molchilarga va vositachilarga sotish xarajatlari hisobi.
Savdo ustamasi va savdo qo‘shimchasini hisobga olish tartibi. Muomalalarda
tranzit usulida tovarlar aylanishini hisobga olish. Chakana savdoda sotish
muomalalarining shakllari. Kassa muomalalarining xususiyatlari.



Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin