63-mavzu. Savdo korxonalarida daromadlar, xarajatlar va yakuniy moliyaviy natijalar hisobi Savdo korxonalarida daromadlar hisobi. Savdo korxonalarida xarajatlar hisobi. Sotilgan tovarlarga to‘g‘ri keladigan savdo ustamalarining hisob-kitobi. Savdo korxonalarida yakuniy moliyaviy natijalarning hisobi.
64-mavzu. Savdo korxonalarida soliq to‘lovlari, majburiy ajratmalar va ushlanmalar hisobi Savdo korxonalarida soliq to‘lovlarining hisobi. Yagona soliq to‘lovining hisobi. AYoQShlarida yoqilg‘i iste’moli uchun soliq va yagona soliq to‘lovi hisobining xususiyatlari. Yalpi daromad solig‘i hisob-kitobining xususiyatlari. Savdo korxonalarida majburiy ajratmalar va
ushlanmalarning hisobi.
V. AMALIY MAShG‘ULOTLARLAR BO‘YIChA KO‘RSATMA VA TAVSIYaLAR Amaliy mashg‘ulotlarini o‘tkazishda quyidagi didaktik tamoyillarga
amal qilinadi:
– amaliy mashg‘ulotlarining maqsadini aniq belgilab olish;
– o‘qituvchining innovatsion pedagogik faoliyati bo‘yicha bilimlarni
chuqurlashtirish imkoniyatlariga talabalarda qiziqish uyg‘otish;
– talabada natijani mustaqil ravishda qo‘lga kiritish imkoniyatini ta’minlash;
– talabani nazariy-metodik jihatdan tayyorlash;
– amaliy mashg‘ulotlar nafaqat aniq mavzu bo‘yicha bilimlarni yakunlash, balki talabalarni tarbiyalash manbai hamdir.
Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
BUXGALTERIYa HISOBI (1-MODUL) BUXGALTERIYa VA KASBIY FAOLIYaT ASOSLARI 1. Buxgalter kasbining tarixiy rivojlanishi.
2. Buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish.
3. Buxgalter kasbiga qo‘yiladigan talablar.
4. O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limning o‘rni.
5. Toshkent moliya institutining buxgalteriya hisobi sohasini rivojlantirishdagi o‘rni.
6. Oliy o‘quv yurtlaridagi o‘qish jarayonini tashkil etishning ilmiy asoslari.
7. Oliy o‘quv yurtida o‘qitishning asosiy shakllari.
8. Mustaqil ish va talabalar mehnatini ilmiy tashkil etish.
9. Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishini tashkil etish.