Referat mavzu: «Alohida aminolislotalarning almashinish hususiyati»



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix31.01.2022
ölçüsü0,65 Mb.
#113984
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Nuriddinova Saida (2)

Lekin uchlamchi strukturaning bunday ko`rinishda bo`lishi fibrillyar oqsillar faqat 

beta-struktura,  globulyar  oqsillar  esa  alfa-spiralga  ega  degan  fikrga  asos  bo`la 

olmaydi. Chunki shunday fibrillyar oqsillar borki, ular qatlam varaqchali ikkilamchi 

strukturaga  emas,  balki  spiral    ko`rinishida  bo`ladi.  Masalan,  alfa-keratin  va 

paramiozin 

(mollyuskalarning 

tayanch 

mushaklari), 

tropomiozin 

(skelet 

mushaklarining  oqsili)  fibrillyar  oqsillarga  kirib,  ularning  ikkilamchi  strukturasi 

alfa-spiral; aksincha, globulyar oqsillarda beta-struktura miqdori ko`p bo`lishi ham 

mumkin. 

To`g`ri polipeptid zanjirining spirallanishi uning o`lchamini 4 martaga; uchlamchi 

strukturada taxlanishi esa 10 martaga ixchamlashtiriladi. 

Uchlamchi srtukturani mustahkamlovchi  bog`lar.   Oqsil molekulasining  fazodagi 

shaklini  mustahkamlashda  uning  polipeptid  zanjirini  tashkil  qiladigan  kuchli 


(kovalent) va kuchsiz (qutbli, van-der-vaals) bog`lari ishtirok etadi. Bunda asosan 

aminokislotalarning yon radikallari o`rtasida bog`lar hosil bo`ladi. 

Kovalent bog`larga quyidagilar kiradi: 

1)     disulfid  (-S-S-)  bog`lari – polipeptid zanjirining turli qismlarida joylashgan 

sisteinning yon radikallari o`rtasidagi bog`lar; 

2)          izopeptid  yoki  psevdopeptid  –  alfa-aminoguruhning  emas,  balki  lizin, 

argininning  yon  radikallaridagi  aminoguruhlar  bilan  aminokislotaningalfa-

karboksil  guruhi  emas,  balki  asparagin,  glutamin  va  aminolimon  kislotaning  yon 

radikallaridagi COOH guruhlari o`rtasida hosil bo`ladigan peptid bog`lari; 

3)          efir  bog`lari  –  dikarbon  aminokislotalar  (asparagin,  glutamin 

kislotalar)ning    COOH  guruhi  bilan  gidroksiaminokislotalar  (serin,  treonin)ning 

OH guruhi o`rtasida hosil bo`ladi. 

  

Kuchsiz bog`lar. 

1. Qutbli bog`lar: 

1)     vodorod bog`lari – bir aminokislotaning  yon radikalining –SH yoki NH2 , -

OH  guruhlari  bilan  boshqa  bir  aminokislotaning  karboksil  guruhi  o`rtasida  hosil 

bo`ladi; 

2)     ion yoki elektrostatik bog`lar – lizin, arginin, gistidin kabi aminokislotalarning 

yon  radikallarining  –  NH3    va  asparagin,  glutamine  kislotaning  –  COO  (-) 

zaryadlangan guruhlari orasida yuzaga keladi. 

2.                   Qutbsiz  yoki  van-der-vaals  bog`lari  –  aminokislotalarning  uglevodorod 

radikallari  o`rtasida  hosil  bo`ladi.  Alanin,  valin,  izoleysin,  metionin,  fenilalanin 

aminokislotalarining  gidrofob  radikallari  suvli  muhitda  o`zaro  ta’sirlashadilar. 

Kuchsiz  van-der-vaals  bog`lari  globulyar  oqsilning  ichida  qutbsiz  radikallardan 

gidrofob  yadro  shakllanishiga  olib  keladi.  Qutbsiz  aminokislotalar  qancha  ko`p 

bo`lsa, polipeptid  zanjirning taxlanishida van-der-vaals bog`lari shunchalik katta 


ahamiyatga ega bo`ladi. Oqsilning barcha biologic xossalari tabiiy konformatsiya 

deb ataladigan mana shu strukturaning saqlanishiga bog`liq. 

         Uchlamchi strukturaning asosiy xususiyatlari. Polipeptid zanjirning uchlamchi 


Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin