Reja: shayboniylar davrida Buxoro xonligi tarixiv geografiyasi Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligi



Yüklə 26,29 Kb.
səhifə3/3
tarix10.12.2023
ölçüsü26,29 Kb.
#139282
1   2   3
mulkisultoniy(davlatyerlari), mulkixolis(xususiyyerlar),vaqf (diniy mahkamalarga qarashli yerlar)va qishloq jamoalari egalik qiladigan yerlar kabi asosiy turlari bo'lib,ular iqto, suyurg'ol, tanho vajog ‘ir ko'rinishida bo'lgan. Davlat oldidagi xizmatlari uchun harbiy-ma’muriy amaldorlaiga va din arboblariga beriladigan bunday yerlarda yersiz dehqonlar ishlaganlar. Ular ham amaldorga ham davlatga soliq to'laganlar.Shayboniylard avrida chorvachilik va hunarmandchilik ancha rivojlangan bo‘lib,ular yetishtirgan mahsulot ichki va tashqi bozorlarda sotilgan. Hindiston,Eron,Rossiya kabi mamlakatlar bilan savdo-sotiq qilingan. Ashtarxoniylar davrida tashqi savdo aloqalari rivojlandi.Xususan,Rossiyaning turli savdo shaharlari, (Astraxan, Orenburg, Sibirdagi shaharlar) Hindiston,Eron,Qoshg'ar,Turkiya bilan savdo-sotiq olib borildi. Tashqi bozorga,asosan,turli qishloq xo‘jalik mahsulotlari chiqarilardi.Bu davrda paxta,ten, jun,turli matolarning asosiy xaridori sifatida Rossiya katta ahamiyatga ega bo ‘la boshladi.Rossiyaga,shuningdek,Hindistonda tayyorlanadigan mahsulotlarni olib borishda ham O'rta Osiyolik savdogarlar muhim rol o'ynar edilar.Rossiyadan 0 ‘rta Osiyoga olib kelinadigan mahsulotlarga talab ancha kattaligi bois,Buxorolik savdogarlar bu yerda ko'pgina imtiyozlarga ega edilar.Manbalarda ta ’kidlanishicha,Buxoro savdogarlarining Sibir shaharlarida doimiy faoliyat ko'rsatuvchi o'z savdo rastalari bo'lib, ular bu shaharlarda nafaqat savdogar, balki bilimdon va o'qimishli kishi sifatida ham katta mavqega ega bo'lishgan.Buxoro xonligi bilan Xiva xonligi o'rtasida garchi o'zaro nizolar bo`lib turganligiga qaramasdan,ikki o'rtadagi iqtisodiy savdo aloqalari to'xtab qolmaganligini ham aytib o'tish lozim.XIX asrga kelib,Buxoro amirligining hududi qariyb 200 ming kvadrat kilometrni tashkil etdi.Uning chegaralari janubda Amudaryoning so‘l qirg‘og‘idan boshlanib, Sirdaryogacha cho‘-zilib, qozoq juzlari bilan chegaradosh edi. Amirlik sharqda Pomirtog‘laridan, g‘arbda Xiva xonligi chegaralarigacha bo'lgan hududni egallab turardi.Buxoro va Samarqand kabi yirik shaharlar joy-gan Zarafshon vodiysi amirlikning markaziy qismi hisob-lanardi.Qashqadaryo va Surxondaryo vohalari,hozirgi Tojikiston hududidagi Vaxsh, Kofimilion, Panj daryolari vodiysida joylashgan shahar va qishloqlar,shuningdek,Turkmaniston hududiga kirgan Murg'ob daryosi vohalaridagi yerlar ham Buxoro amirligiga qarashli edi. Buxoro amirligining poytaxti Sharqda eng mashhur shahar sifatida e’tirof etilgan Buxoroi sharif edi.Yirik shaharlardan Samarqand,Qarshi,Shahrisabz,Kitob,G ‘uzor,Termiz,Sher-obod,Hisor,Dushanbe, Ko‘lob va boshqalar amirlik tasarrufida edi.Marv va Chorjuy shaharlari uchun Buxoro amirligi va Xiva xonligi o'rtasida, Jizzax, O'ratepa va Xo'jand shaharlari uchun Buxoro amirligi bilan Qo‘qon xonligi o‘rtasida tez-tez urushlar bo‘lar,bu shaharlar qo‘ldan-qo‘lga o‘tib turardi.Har bir beklikni amir tomonidan tayinlab qo'yiladigan hokimlar - beklar idora qilgan.Hokim huzurida yuzlab mahalliy ma’murlar xizmat qilgan. Manbalarda, amirlikda mahalliy ma’murlar soni 30 ming kishini tashkil etganligidan guvohlik beradi.Hokim va uning xizmatkorlariga maosh davlat xazinasidan berilmas edi,ular mahalliy aholidan olinadigan turli-tuman soliq va to`lovlar hisobiga tirikchilik qilganlar.
Yüklə 26,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin