40
mehnatining hosilasidir. Bozorbop, binobarin raqobatdosh mahsulot tayyorlab, ularni
yaxshi pullay olgan va mehnat unumini oshira bilgan korxonalarda ish xaqi yuqori
bo’lsa, buning aksi bo’lgan joylarda esa ishga rag’bat o’yg’onmaydi. Ish xaqini
oshirishga yo’l bermayotgan narsa bu mehnat unumdorligini pasayib borishidir.
SHunday sharoitda ish xaqini oshirish uchun moddiy asos bulmaydi, chunki oz
mahsulot chiqarib ko’p ish xaqi olish mantiqga ziddir. Mehnat unumdorligini
oshirgan korxonalar xodimlarini xakli ravishda yuqori ish xaqi bilan saylamoqdalar.
Masalan, avvalgi yili mehnat unumdorligi xalq xujaligidagiga nisbatan qo’shma
korxonalarda 8,1 foiz aralash mulkka oid korxonalarda 8,5 foiz yuqori bo’ldi.
Ish xaqining berilishi faqat unumdorlikgagina bog’liq emas, albatta.
Korxonalarning bir-biridan qarz bo’lib qolishi natijasida ish xaqi to’lash uchun pul
etishmay qoladi. Debitorlik va kreditorlik qarzi o’sib bormoqda, buning asosiy sababi
bozorbop bo’lmagan mahsulot o’z vaqtida sotilmayotganligidir.
Demak, ish xaqini yaxshilash uchun korxonalar bozor talablariga moslasha
bilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: