Samarqand davlat universiteti



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/17
tarix06.04.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#124870
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
«umumiy entomologiya»

Gemipteroidlar. Bularning xarakterli belgilari og’iz apparatlari so’ruvchi yoki moslashgan 
kemiruvchi tipda; oldingi qanotlari keyingi qanotlariga nisbatan yaxshi rivojlangan va uchish vaqtda asosiy 
rolni bajaradi. Qorin nerv zanjiri markazlashgan, bitta gangliydan iborrat; tuxum naychalari politrofik yoki 
telotrofik faqat patxo’rlarda panoistik tipda. 
Pichanxo’rlar – turkumi. Pichanxo’rlar mayda hasharotlar bo’lib (1-5 mm), og’iz apparati 
kemiruvchi tipda tuzilgan. Mo’ylovlari uzun, ingichka, 12-50 bo’g’imli. Ikkala juft qanotlari pardasimon va 
siyrak tomirlangan. Oyoqlari ingichka, panjalari 2-3 bo’g’imli, harakatchan. Bular daraxt va butalarda
hasharotlar orasida, devor kovaklarida, o’simlik va hayvon mahsulotlarida, qushlar hamda boshqa gruppa 
hayvon inlarida, tuproqlarda, uylarda va hokazo yerlarda yashaydi. Tabiiy sharoitda organik qoldiqlar
zamburug’lar va boshqlar bilan oziqlanadi. Pichanxo’rlar g’o’zaning ko’sak va tola kasalliklarni, masalan, 
pushtirang chirish (kasalligini) qo’zg’atuvchi zamburug’larning sporalarini tarqatishda ishtirok etadi. 
Pichinxo’rlar tropik va subtropik zonalarda keng tarqalgan. Bizda ham bir necha turlari uchraydi. 
Pichanxo’rlarda misol tariqasida kitob biti (Liposcelis divinatorius) va xonadon pichanxo’rlari (Trogium 
pulsatorium) ni olish mumkin. 
Patxo’rlar turkumi. Bu turkumga qushlar va qisman sut emizuvchilarda parazitlik qilib yashovchi 
qanotsiz hasharotlar kiradi. Ularning tanasi tig’iz, odatda sertuk, kattaligi 0,5-11 mm. Boshi yirik, ko’krak 
qismidan ko’ra kengroq, ko’zlari yo’q yoki reduksiyalangan. Og’iz apparati kemiruvchi tipda, mo’ylovlari 
3-5 bo’g’imli, oldi yelkasi aniq, oyoqlari kalta, bir xil tipda, panjalari 1,2 bo’g’imli bo’lib, juft yoki toq 
tirnoqcha bilan tugallanadi. O’rta va keyingi ko’krak bo’g’imlari ko’pincha qo’shilib ketgan. Bular 
pichanxo’rlarga va qisman bitlarga o’xshaydi. Patxo’rlar qushlarning yoki sut emizuvchilarning patlari va 
junlari orasida ektoparazit, ba’zi bir turlari yirik qushlraning og’iz bo’щlig’ida endoparazitlik qiladi. 
Tuxumlari qopqoqli, uni pat, par va junlarga yopishtirib qo’yadi. Lichinkalari 3 marta tullaydi. Ularning 
butun rivojlanish sikli 3-4 hafta davom etadi. Patxo’rlar teri orqali ajartilgan moddalar bilan oziqlanadi yoki 
qon so’radi. Ularning 2600 ga yaqin turi ma’lum. Shundan 300 tasi sut emizuvchilarda qolganlari qushlarda 
parazitlik qiladi.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin