Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/94
tarix29.11.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#120091
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   94
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti (1)

V.Nurota rayoni o’zining ajoyib tabiat manzaralari, tarixiy arxitektura 
yodgorliklari bilan kishilarni maftun etadi. 1975 yilda tashkil etilgan va maydoni 17,8 
ming ga bo’lgan Nurota tog’ yong’oqzor - meva qo’riqxonasi mavjud. Bu 
qo’riqxonaga "Ekosan" qoshidagi "Ekosantur" firmasi tomonidan ko’plab marshrutlar 
uyushtirilgan. Oqtog’ning janubiy yon bag’rida joylashgan shamol tasirida tebranib 
turuvchi bahaybat xarsang toshli «Samjigumon», «Koriz qoldiqlari» kabi tabiat 
yodgorligi ekoturizmning mo’him obyektlaridan bo’lib hisoblanadi.
Nurota tog’ oldida joylashgan "Chashma bo’log’i" ko’p asrlardan buyon Nurota 
shahri va uning atrofidagi qishloqlarni suv bilan taminlash bilan bir qatorda diniy 
ziyoratgohdir. Buloq yakinida "Chilistun" masjidi, Madrasa, Abul Xasan Nuriy 
maqbarasi va qalasi joylashgan Chashmadagi baliqlar ilohiy hisoblanadi. Baliqdan 
taralayotan nur inson nigohini lol qoldiradi.
Qoratog’ tizmasiniig janubiy yon bag’rida «Sarmish darasi»dagi qoyalarda 
avlodlarimizning hayoti va madaniyatini aks ettiruvchi lavhalar, rasmlar ishlangan.
94


Janubiy Nurota tizmasida uzunligi 110 m, absolyut balandligi 1060 m, maydoni 
163 m
2
keladigan "Maydon karst g’ori", Shimoliy Nurota tizmasidagi uzunligi 130 m, 
absolyut balandligi 1100 m. maydoni 70 m
2
keladigan «Xonaixudo karst g’or»da 
speleoturizmni rivojlantirish mumnin. Bulardan tashkari, XI asrda bunyod etilgan va 
XVIII asr boshlarigacha turgan "Rabot Malik karvonsaroyi» sayyohlarning tuxtash 
joyi, shuningdek savdogarlarning savdo qilish joyi bo’lgan. Rabot Malik yonida ming 
yillik tarixga ega bo’lan madaniyat yodgorligi - sardoba uchraydi. Yer ichiga 12 m. 
botirilan sardobada butun yoz buyi muzdek va toza suv saqlangan.
VI.Zarafshon rayonida Zarafshon daryolari qayirlarida joylashgan tuqay 
landshafti, undagi o’simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish uchun 
tashkillashtrilgan "Zarafshon qo’rikxonasi" mavjud. Buxoro viloyatinint Shofrikon 
o’rmon xujaligi x,ududida joylashgan qum cho’l landshafti, u yerdagi o’simliklar va 
hayvonlar hamda tarixiy yodgorlik (Vardanza shaxar xarobalari) davlatning alohida 
etibori bilan qo’rikdanadi. "Vardanza qo’riqxonasi", "To’dakul flora va faunasini 
boyitish buyurtmaxonasi", Qoravulbozor xo’jaligida joylashgan "Jayron-
ekomarkazi", suv va botqoqqa moslashgan qushlarni kupaytiruvchi "Dengizkul 
buyurtmaxonasi", Zarafshon tog’ tizimlaridagi Omonquton va Temurlang karst 
g’orlari kabilar. Zarafshon ekoturistik rayonda O’zbekistonning qadimgi shaharlari 
Samarqand va Buxoro joylashganligi tufayli ham ekoturlar yakuni tarixiy-diniy 
arxitektura yodgorliklariga qilinadigan safarlar bilan olib borilishi maqsadga 
muvofikdir.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin