Samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/94
tarix29.11.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#120091
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   94
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti (1)

yodgorlik 
majmuasi
Majmua XIV asrga oid bo’lib, hozirgi Qarshi shahrining Xudoyzod 
mahallasida joylashgan. Rivoyatlarga ko’ra, Sohibqiron Amir Temur XIV 
asr oxirlarida Shom va Iordaniya yerlarini zabt etgan paytda ulug’ 
sahobalardan biri Abu Ubayda Omir ibn Abdumoh ibn al-Jarroh qabri 
xokidan keltirib, Qarshi shahrida dafn ettirgan va u yerga maqbara 
qurdirgan. Al-Jarroh birinchi bo’lib "amirlarning amiri ", degan laqab olgan.
52
Husam ota 
majmuasi
XIV, XVI, XIX asrlar. Hazrat Husam ota asli Makkadan Movarounnahrga 
hijrat qilgan din arbobi bo’lib, Tedyon va Pedyon qishloqlariga asos solgan 
hamda yerli aholi orasida Islom dinini targ’ib qilgan. U 1090-1091 yillarda 
olamdan o’tgan. Husam ota va avlodlari dafn etilgan qabr ustiga uning 
muridlari tomonidan maqbara va majmua barpo etilgan. Maqbarada mo’g’ul 
xonlaridan Oqatoy va Masratoy ismlari ko’rsatilgan qabr toshlarining 
mavjudligi bu yerga XIII - XIV asrlarda mo’g’ullar ham dafn etilganini 
ko’rsatadi.
53
Gumbazi 
Sayyidin 
maqbarasi
XV asr. 1437-1438 yillarda bunyod etilgan Gumbazi Sayyidon maqbarasi 
o’ziga xos maqbaralar majmuasini tashkil etadi. Gumbazlariga naqshinkor 
bezaklar tushirilgan. Undagi yozuvlarga asoslanib Mirzo Ulug’bek 
avlodlariga oid, degan taxminlar qilinadi. XV - XVII asrlarda maqbara 
ichiga Termiz sayyidlari ismlari ko’rsatilgan bir necha qabrtoshlar olib 
kirilgan. Bu keyinchalik maqbaraning Gumbazi Sayyidon, deb atalishiga olib 
kelgan. Binoning asosi katta bir xonaqoh, gumbaz hamda unga ulanib ketgan 
mayda xonalardan iborat.
54
Langar ota 
majmuasi
XV- XVI asrlar. Langar ota me’moriy majmuasi hozirgi Qamashi 
tumanining Langar qishlog’ida XV asrning oxiri va XVI asrning boshlarida 
juda katta obro’-ye’tibor va salohiyatga ega bo’lgan Kattalangar shayxlari 
tomonidan qurilgan. Maqbarada «Langar ota « nomi bilan tanilgan Shayx 
Muhammad Sodiq (1460-1545), otasi shayx Abul Hasan va avlodlari 111afn 
etilganlar. Maqbarada Amir Temur avlodidan bo’lgan ismi ko’rsatilmagan 
bir shahzodaning ham qabr toshi mavjud.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin