Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Muhammad  Qaffol Shoshiy



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/94
tarix29.11.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#120091
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti (1)

Muhammad 
Qaffol Shoshiy 
maqbarasi
XVI asr. Hazrati Imom (Hastimom) nomi bilan mashhur bo’lgan Imom Abu 
Bakr Muhammad ibn Ismoil Qaffol Shoshiyning qadimgi kichkina 
maqbarasi o’rnida barpo etilgan. Hijriy 291-366 yillarda yashab o’tgan bu 
zot o’z davrining buyuk allomasi - fiqhshunos, muhaddis, tilshunos, mufassir 
va shoir bo’lgan. Qaffol Shoshiy qonunshunoslik, mantiq kabi sohalarda 
ham ko’p asarlar yozgan. Mashhur asarlari "Al-jadal al-Hasan", "Javomi’ al-
kalim", "Adab al-qoziy", "Ilm al-jadal", "Mahosin ash-shari’a" va 
boshqalardir. Dastlab eski Modarxon mahallasidagi Hastimom qabristoni 
majmuasi bo’lgan. Maqbaraning o’rtadagi katta xonasi ikki qavatli gumbaz 
bilan yopilgan. To’rdagi xonada sag’ana bor. Maqbara eshigi tepasidagi 
bitikda binoning qurilgan yili (1541-1542 y.), me’mori (G’ulom Husayn) va 
xattotning (Qudrat) ismlari yozilgan. Maqbara 1960 yilda ta’mir qilingan.
60
Yunusxon 
maqbarasi
XVI asr. Yunusxon Zahiriddin Muhammad Boburning onasi Qutlug’ 
Nigorxonimning otasi bo’lib, o’sha davrda Toshkent shahriga hokimlik 
qilgan. "Boburnoma "da aytilishicha, Yunusxon Chig’atoy naslidandir. 
Maqbara Yunusxon vafotidan so’ng Shayxontoxur qabristonida Yunusxon 
o’g’li Ahmadxon Olachaxon tomonidan qurdirilgan.
61
Baroqxon 
madrasasi
XVI asr. Baroqxon (asli ismi - Navro’z Ahmadxon), tug’ilgan yili 
noma’lum. Shayboniy Abulxayrxonning nevarasi, Suyunchxo’jaxonning 
kenja o’g’li, Toshkent hokimi Navro’z Ahmadxon 1551-1556 yillarda 
Movarounnahrni Baroqxon nomi bilan idora qilgan. Toshkentda madrasa 
qurdirib, o’z nomidan pul zarb ettirgan. Movarounnahrning ko’p 
shaharlarida uning nomi xutbaga qo’shib o’qilgan. U Darg’om soyiga yaqin 
Raboti Xoja degan joyda 1556 yili to’satdan vafot etgan. Aslida Baroqxon 
madrasasining bir qismi noma’lum bir shaxsning maqbarasi sifatida 
qurilgan. So’ngra (1530 y.) shayboniylar sulolasining Toshkentdagi hokimi 
Suyunchxo’jaxon (vafoti 1525 y.) maqbarasi qo’shilgan. Majmuaning 
uchinchi bosqichini XVI asr o’rtalarida Baroqxon qurdirgan.
62

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin