Segmentar hisoboti



Yüklə 140,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/14
tarix15.11.2023
ölçüsü140,29 Kb.
#132704
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
09.Boshqaruv hisobi 247 (1)

6 a).Test savollari 
 
1. Boshqaruv hisobini tashkil qilish maqsadida biznes 
segmentlarini qaysi turlarga bo‘lishadi? 


278 
a) operativ va statistik;
b) joriy va hududiy; 
v) choraklik, yarim yillik va yillik,; 
g) umumlashtirilgan va yig‘ma; 
d) barcha javoblar to‘g‘ri. 
2. Qaysi xalqaro standartda segmentlar bo‘yicha hisobotni tuzish 
va taqdim etish tartibi belgilab berilgan? 
a) 14-sonli “Segmentar hisobot” nomli buxgalteriya hisobining 
xalqaro standartlari (BHXS); 
b) 29-sonli “Giperinflatsiya sharoitida moliyaviy hisobot” nomli 
BHXS; 
v) 34-sonli “Oraliq moliyaviy hisobot” nomli BHXS
g) 27-sonli “Yig‘ma moliyaviy hisobot va sho‘ba korxonalarga 
investitsiyalar hisobi” nomli BHXS; 
d) 1-sonli “Moliyaviy hisobotni ochib berish” nomli BHXS; 
3. Segmentar hisobotlarning qanday turlari mavjud? 
a) joriy va hududiy; 
b) choraklik, yarim yillik va yillik; 
v) operativ va statistik; 
g) xo‘jalik yurituvchi subyektning maqsad va vazifalaridan kelib 
chiqib turli xilda; 
d) barcha javoblar to‘g‘ri. 
4. Biznes segmenti bu - ... 
a) xo‘jalik yurituvchi subyektning ma’lum qismini vakolatlar va 
mas’uliyat berish maqsadida ajratish
b) xo‘jalik yurituvchi subyektning mas’uliyat markazlari; 
v) xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobot shakllari; 
g) joriy va hududiy segmentlar yig‘indisi; 
d) a va g. 
5. Hududiy segmentning ta’rifi qaysi bandda to‘g‘ri berilganligini 
aniqlang. 
a) xo‘jalik yurituvchi subyektning menejerlari (rahbarlari) 
faoliyatini samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan, bo‘limlar xarajatlari va 


279 
daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtiradigan hisob 
obyekti;
b) xo‘jalik yurituvchi subyektning tovarlar ishlab chiqarish, ishlar 
bajarish va xizmatlar ko‘rsatishda ishtirok etuvchi, risk va foyda kabi 
iqtisodiy shart-sharoitlar ta’sirida, ma’lum makonda harakat qiluvchi 
ajratib qo‘yilgan qismi;
v) xo‘jalik yurituvchi subyektning mahsulot ishlab chiqarish, ishlar 
bajarish va xizmatlar ko‘rsatishi bo‘yicha yillik kompleks rejasi; 
g) xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining muayyan sohasi va 
turiga, real kapital o‘sishiga, ya’ni, ishlab chiqarish vositalari, aylanma 
mablag‘lar qiymatining o‘sishiga, ilmiy-tadqiqot va tajriba 
konstruktorlik ishlanmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan xarajatlari 
miqdori; 
d) xo‘jalik yurituvchi subyektning istiqbolga, ya’ni kelgusi 
davrlarga mo‘ljallangan moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini strategik 
rejalashtirish. 
6. Segmentar hisobotning shakllari qaysi bandda to‘g‘ri 
ko‘rsatilgan? 
a) buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot, 
pul mablag‘lari to‘g‘risidagi hisobot, asosiy vositalar harakati 
to‘g‘risidagi hisobot va xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot; 
b) buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot, 
pul mablag‘lari to‘g‘risidagi hisobot, asosiy vositalar harakati 
to‘g‘risidagi hisobot va xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot, tayyor 
mahsulot zaxiralari, sotish to‘g‘risidagi hisobot; 
v) tayyor mahsulot zaxiralari, sotish to‘g‘risidagi hisobot; 
g) a va v; 
d) to‘g‘ri javob berilmagan. 
7. Segmentar hisobotni tuzish tamoyillari qaysi bandda to‘g‘ri 
ko‘rsatilgan? 
a) tezkorlik;
b) ahamiyatlilik, haqqoniylik, izchillik va tugallanganlik;
v) ehtiyotkorlik, taqqoslanuvchanlik; 
g) aniq manzillilik, ishonchlilik, tushunarlilik; 
d) a, b, v va g. 


280 
8. Segmentlar bo‘yicha boshqaruv hisoboti to‘plami qaysi shakllar 
to‘plamidan iborat bo‘lishi mumkin: 
a) material va butlovchi qismlar zaxiralari to‘g‘risidagi hisobot, 
tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘yicha hisobot, ishlab chiqarilgan 
mahsulot (ish, xizmatlar) to‘g‘risida hisobot; 
b) xarid qilingan tovar-moddiy boyliklar to‘g‘risidagi hisobot, 
tayyor mahsulot zaxiralari to‘g‘risidagi hisobot, sotish hajmi 
to‘g‘risidagi hisobot; 
v) pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot, debitorlik va 
kreditorlik qarzlari to‘g‘risidagi hisobot, yig‘ma hisobot; 
g) a, b va v; 
d) to‘g‘ri javob varianti berilmagan . 
9. Segment xarajatlari tarkibida hisobga olinmaydigan xarajat 
moddalarini toping. 
a) bevosita mehnat (ish) haqi xarajatlari; 
b) texnologik ehtiyojlar uchun sarflanadigan elektr energiyasi 
xarajatlari; 
v) moliyaviy qo‘yilmalar bo‘yicha xarajatlar
g) favqulodda xarajatlar; 
d) v va g. 
10. Quyidagilarning qaysilari segment daromadlari sifatida hisobga 
olinadi? 
a) boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida ishtirok 
etishdan olinadigan daromadlar; 
b) boshqa segmentlar bilan bo‘ladigan muomalalardan olinadigan 
daromadlar; 
v) tashqi mijozlar bilan tuzilgan shartnomalardan olinadigan 
daromadlar; 
g) a, b va v; 
d) favqulodda daromadlar. 
11. Ichki segmentar hisobotni tuzish bo‘yicha umumiy tamoyillar 
quyidagi qaysi bandda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? 
a) segment faoliyatini nazorat qilish imkoniyati yaratilishi tamoyili
b) chetlanishlarni boshqarish tamoyili; 


281 
v) ma’lumotlarning tezkorlik, ehtiyotkorlik, taqqoslanuvchanlik 
tamoyili; 
g) a, b va v bandlarda ko‘rsatilgan; 
d) to‘g‘ri javob yo‘q. 

Yüklə 140,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin