271
moliyaviy natijalarning shakllanishidagi o‘rnini ko‘rsatadi.Ushbu
hisobot shakli har bir tarkibiy tuzilma bo‘yicha olinayotgan foyda
miqdorini tahlil qilish imkonini yaratadi. Shuningdek, foydaning
umumiy miqdoriga har bir mahsulot qancha hissa qo‘shayotganligini
ham aniq ko‘rish mumkin.
Bu hisobot shaklining oddiyligi va ortiqcha hisob-kitoblarsiz holda
tuzilganligi uchun ham barcha uchun yengil tarzda tushuniladi. Bu yerda
bo‘lim va filiallarning ma’muriy-boshqaruv xarajatlari alohida-alohida
tovarlar guruhi bo‘yicha taqsimlanmaydi. Chunki bunday xarajatlar
hududiy segmentning umumxo‘jalik xarajatlari tarkibida hisobga olinadi
hamda oxirida marjinal daromadlar miqdoridan qoplanadi.
Operatsion xarajatlar fabrikaning butun faoliyati bilan bog‘liq
bo‘lsada ular faqat Toshkent bo‘limi xarajatlari tarkibida hisobga
olinadi. Bunday xarajatlar tarkibiga xodimlarning xizmat safari
xarajatlari, fabrikaning ma’muriy va tijorat xarajatlari va shu kabi sarflar
kiradi.Bunday xarajatlar fabrikaning umumxo‘jalik xarajatlari deb
hisobga olinadi. Bunday xarajatlar alohida hududiy segmentlar o‘rtasida
taqsimlanmaydi, ular fabrikaning marjinal daromadi hisobidan
qoplanadi.
Foyda bo‘yicha segmentar hisobotni tuzishning yana boshqa bir
alternativ varianti ham bor. Unda marjinal daromad ko‘rsatkichi o‘rniga
fabrika segmentlari bo‘yicha yalpi foyda ko‘rsatkichi hisoblaniladi.
U quyidagi formula orqali hisoblanadi:
Dostları ilə paylaş: