Sentabrning yettinchi kuni 6-sinf. Ona tili 1-dars. O‘zbekistonda davlat tili va boshqa



Yüklə 499,5 Kb.
səhifə27/82
tarix04.01.2022
ölçüsü499,5 Kb.
#113681
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   82
1-chorak ona tili 6 sinf uchun

Morfologiyaga kirish

1.Tilni ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganuvchi fan.

2.So‘zning borliqdagi ma’lum narsa, belgi-xususiyat, harakat-holatni  bildirishi.

3. So‘zning lug‘aviy ma’nosini o‘rganuvchi soha.

4. Ruchka so‘zining «yozuv quroli» ma’nosidan boshqa ma’nosi qanday nomlanadi?

 5.Grammatik ma’noni ifodalovchi vositalar.

 6.So‘zning grammatik ma’nosini va bu ma’noni ifodalovchi vositalarni o‘rganuvchi soha.

Mustaqil matn mutolaasi va boshqotirma yechish asosida o‘quvchilar morfologiya haqidagi bilimlarni mustaqil o‘rganishga yo‘naltiriladi. Boshqotirmani yechish asosida o‘quvchilar quyidagi javoblarni aniqlaydi: 1) tilshunoslik; 2) lug‘aviy ma’no; 3) leksikologiya; 4) grammatik ma’no; 5) grammatik shakl; 6) morfologiya. So‘ng savol va topshiriqlar asosida mavzuni mustahkamlashga oid suhbat uyushtiriladi. Ayniqsa, qaramoq, boqmoq, nigoh tashlamoq, chaqqon, nur, tut so‘zlarining atash ma’nolarini, shakldoshlarini, yo‘l so‘zining atash va grammatik ma’nolarini topishga alohida e’tibor qaratiladi.

N a m u n a : Yo‘l so‘zi  ko‘p  ma‘noli. «O’zbek tilining izohli lug‘ati» da uning 16 ta ma’nosi qayd etilgan. O‘qituvchi o‘quvchilarni so‘zning ma’nolari bilan tanishtiradi.

Yo‘l so‘zining atash ma’nolari:

l.Kishilar yoki transport qatnovi uchun mo‘ljallangan uzun yo‘l bo‘lagi: Toshkentda yangi yo‘llar qurildi.



  1. Harakat yo‘nalgan tomon, yo‘nalish, marshrut: Avtobus o‘z yo‘lida davom etdi.

  1. Kema va samolyotlar qatnashish uchun maxsus belgilab qo‘yilgan trassa: Suv yo‘li. Havo yo‘li.

  1. Safar qilish, biror yoqqa borish. safar, sayohat. Oq yo‘l bo‘lsin!

  1. Bosib o‘tiladigan masofa: Tashkent va Farg‘ona vodiysi orasi to‘rt  soatlik yo‘l.

  1. Qator, satr: Zohid  bir  necha  yo‘l  she‘r  aytdi.

Yo‘l so‘zining grammatik ma’nolari: ot, turdosh ot, bosh kelishikda, birlikda.

O‘quvchilar mavzuga oid savol va topshiriqlarni xuddi shu tarzda hal qiladilar.

Shu o‘rinda o‘quvchilarga bir oz dam berish maqsadida «Hikmat sabog‘i» daqiqasi o‘tkaziladi. O‘qituvchi yozuv taxtasiga «Odobing – obro‘ying», «Odob bozorda sotilmas» maqollarini yozadi va odob so‘zi arabcha bo‘lib adab shaklida ham qo‘llanishini, «jamiyatda, kishilar bilan muomalada o‘zini tuta bilish: axloq, tarbiya» degan ma’nolarni anglatishini, bu  uning atash ma’nolari ekanligini uqtiradi. Birinchi maqolda odobli kishi o‘rtoqlari, do‘stlari, ota-onasi va boshqalar orasida obro‘li, hurmatli, qadrli bo‘lishi ta’kidlanganligini dalillar asosida tushuntiradi.«Odob bozorda sotilmas» maqolida odobni bozordan pulga sotib olib bo‘lmasligi, odobga yoshlikdanoq o‘rganib, ko‘nikib, uni ulg‘aygan sari kamol toptirib borish kerakligi ta’kidlanganligini uqtiradi hamda o‘quvchilarni odobli bo‘lishiga da’vat etadi. So‘ng odob haqidagi maqollar aytish bahsi o‘tkaziladi. Shu o‘rinda odobing, obro‘ying so‘zlarining grammatik ma’nolari: ot, turdosh ot,  bosh kelishikda, II shaxs egalik qo‘shimchasini olganligi ham aytib o‘tiladi.

Morfologiya yuzasidan o‘rganilganlarni mustahkamlash uchun 39- 40-mashqlar bajartiriladi.

Ostiga chizilgan so‘zlarning atash va grammatik ma’nolarini aytish sharti berilgan 39-mashq quyidagicha bajariladi.

N a m u n a : Biz, pokiza zotlarning naslidanmiz. (D. Mahmudova)



Naslidanmiz so‘zi «avlodidanmiz, ya’ni ma’lum kishilarga mansublik» ma’nolarini anglatadi.

Naslidanmiz so‘zi – ot, birlikda, bosh kelishikda, II shaxs -miz egalik qo‘shimchasini olgan, bular uning grammatik ma’nosi.

41-mashqqa ko‘ra «O‘zbekiston tabiati» mavzusida matn tuzish uyga vazifa qilib beriladi. O‘qituvchi o‘quvchilarga matnda O‘zbekistonning tabiati, iqlimi, go‘zalligi, boyligi haqidagi fikrlarni ifodalash hamda undagi so‘zlarning lug‘aviy va grammatik ma’nolarini topishni ta’kidlaydi.




Yüklə 499,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin