Maqollarda qanday g‘oya ilgari surilgan?
Maqollardan qanday xulosa chiqardingiz?
O‘quvchilarning javoblarini umumlashtirib quyidagilarni bayon etiladi: Mazkur maqollar nutq odobi, so‘zlash madaniyati, axloq haqida.
«Gapni oz so‘zla, ishni ko‘p ko‘zla» maqolida quruq, befoyda gap gapirgandan ko‘ra amaliy ish qilish zarurligi, bu esa foydadan xoli emasligi uqtiriladi. Bu haq va chin gap. Siz ham ko‘proq o‘qish, uqish, o‘rganish va uy ishlarida kattalarga yordam berish bilan shug‘ullaning.
Keyin o‘qituvchi maqollardagi fe’llarni topishni, ularning qaysi nisbatdaligini aniqlashni topshiradi.
Darslikdagi 1-topshiriqda berilgan o‘qidi, o‘qitdi, o‘qishdi, o‘qildi fe’llarini yozuv taxtasiga yozib, quyidagicha muammo qo‘yadi;
Dostları ilə paylaş: |