Ko`rdim.
O`TIBDO`:
17.X.2016
18.X.2016. Ona tili. 6-sinf.
32-dars. MAJHUL NISBAT
Darsning maqsadi:
Majhul nisbat shakli va uning o‘zlik nisbat shaklidan farqi haqida bilim berish.
O‘quvchilarda tabiatga muhabbat uyg‘otish.
O‘quvchilarda mustaqil o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirish
Darsning metodi: mustaqil o‘qish va suhbat
Darsning jihozlari:
6-sinf ona tili darsligi.
«O‘zlik va majhul nisbat» nomli ko‘rgazma.
Dars mavzuga oid topshiriqlarni bajarish bilan boshlanadi.
1-topshiriqqa ko‘ra quyidagi ikki gapda mavjud bo‘lgan fe’llar solishtiriladi va ularning egalari aniqlanadi: Sharifa xat yozdi. Xat Sharifa tomonidan yozildi.
O‘qituvchi o‘quvchilarni quyidagi savollar asosida topshiriqlarni bajarishga yo‘naltiradi:
Yozdi-yozildi fe’llari qanday ma’noviy farqqa ega?
Gaplarning egasi qaysi?
Ikkinchi gapdagi eganing noaniqligi qanday aniqlanadi?
Yozdi-yozildi so‘zlari qanday shakliy farqqa ega?
Javoblar o‘qituvchi tomonidan to‘ldiriladi va umumlashtiriladi. So‘ng 5-8 daqiqa vaqt ichida «Bilib oling», «Eslab qoling» rukni ostidagi yangi mavzuga oid matnlarni mustaqil o‘qib, o‘zlashtirish topshiriladi.
O‘quvchilar mustaqil mutolaani tugatganlaridan so‘ng quyidagi savollar asosida yangi mavzuni o‘zlashtirish va o‘qish jarayonida o‘rganilgan bilimlarni sinash va mustahkamlash uchun suhbat o‘tkaziladi:
Fe’lning majhul nisbat shakli qaysi qo‘shimchalar bilan hosil qilinadi?
Majhul nisbat shaklini yasovchi qo‘shimchalarning asosga qo‘shilish tartibi qanday?
Majhul nisbat shakli qanday ma’noni anglatadi?
Majhul va o‘zlik nisbat shakllari qanday umumiylik hamda farqqa ega?
Dostları ilə paylaş: |