Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/215
tarix01.03.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#123698
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

B i R i n Ch i B o‘l i m
inSon vA uninG ShAXS TAvSiFi
i B o B. AnTRoPoSoTSioGEnEz
1-§. inson – jonli mavjudotning alohida tipi
insoniyat tarixida kishilar eng ko‘p 
o‘yla gan va o‘rganishga ehtiyoj sezgan 
muammolardan biri – insonning tabiati 
masalasidir. u aqlini tanibdiki, o‘zining kelib chiqishi, mohiyati va 
tutgan o‘rnini hamda aqli doirasida bajaradigan vazifalarini har doim 
diqqat markaziga qo‘yib keladi. qadimda sharqda ham, g‘arbda ham 
insonga nisbatan koinotning buyuk mo‘jizasi, noyob hodisasi sifatida 
qarashgan. bundan 2,5 ming yilcha avval yunonistonda dramaturg 
sofoklning sahnaga qo‘yilgan «Antigona» fojiasida «Mo‘jizalar ichida 
eng ajoyibi – insondir» degan fikr yangragan. O‘sha davr mutafakkiri 
empedokl «inson har doim inson uchun qiziq hodisadir», desa, 
boshqa yunon donishmandining fikricha: «Inson o‘zini o‘zi yaratgan. 
Shunga ko‘ra, u barcha narsalarning o‘lchovidir». shuningdek, 
insonni barcha mavjudotlarning eng baxtsizi, uning kelajagi yo‘q, deb 
hisoblovchilar ham bo‘lgan.
inson va uning tabiati necha ming yillardan beri maxsus 
o‘rganilishiga, tadqiqotlar turli tomonlardan olib borilgani, ularning 
har biri o‘zining tahliliga va xulosasiga egaligi, juda ko‘plab 
nazariyalar ilgari surilgani holda hozirgacha aniq va tushunarli javob 
yo‘q. qiyinchilik shundaki, kishilar g‘oyat darajada turlicha va 
takrorlanmasdir. ichki dunyosi to‘g‘risida gapirmaganda ham ular 
nafaqat tashqi ko‘rinishlari, balki xatti-harakatlari bilan ham bir-biriga 
o‘xshamagan va, ayni paytda, juda murakkabdirlar ham.
yer yuzida yashayotgan olti milliarddan ortiq odamdan ikkita bir-
biriga aynan o‘xshashi topilmaydi. agar tadqiqotchi inson tabiatini u 
mansub bo‘lgan madaniy olam bilan taqozo etilganini hisobga olib 
ish ko‘rsa, murakkablik ko‘lami qanchalar katta bo‘lishi oydinlashadi. 
Shunga qaramay, insoniyat oldida o‘z-o‘zini bilish vazifasi o‘tkir 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin