Shukurullo mardonov umida zokirova


 Hadis ilmining paydo bo‘lishi. Imom Ismoil al-Buxoriy va



Yüklə 2,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/101
tarix27.08.2023
ölçüsü2,22 Mb.
#128761
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   101
pedagogika-nazariyasi-2

2.3. Hadis ilmining paydo bo‘lishi. Imom Ismoil al-Buxoriy va 
uning “Al-jome’ as-sahih”, “ Al- adab al-mufrad” asarlarida 
tarbiya masalalari
“Hadis” va “sunna” so‘zlari bir ma’noni anglatib, Rasulullohning 
hayoti va faoliyatida diniy va axloqiy ko‘rsatmalari haqidagi rivoyat-
lardan iborat.
Hadislar dastlab yozib borilmagan. Chunki payg‘ambarimiz Qur’oni 
Karim nozil bo‘lgan vaqtlarda arab bo‘lmagan kishilarning, hadislarni 
Qur’on oyatlaridan deb o‘ylashlaridan cho‘chib, uni yozib borishlariga 
ruxsat etmaganlar. Lekin payg‘ambarimiz Muhammad salallohu 
alayxivasallam huzurida sahobalar bo‘lib, ular Rasuli akramdan eshitgan 
hadislarni yodlab borganlar. Masalan, Hazrati Abu Xurayra shunday 
mo‘‘tabar kishilardan bo‘lib, butun umrini hadislarni yodlashga baxsh 
etgan. Mazkur hadislar to‘g‘ri, ishonarli (sahih) bo‘lgan.
Lekin, hadislarni yod olgan kishilar tobora kamaya borgani hamda 
asta-sekin ular unutilib ketishining oldi olinib, xalifalar ishonarli hadis-
larni to‘plashga farmon berdilar. Islomshunos olimlar bu ishni boshida 
turgan dastlabki xalifa Umar Ibn Abdulaziz ekanligini ta’kidlaydilar.
VШ-1Х asrlar hadis ilmi uchun “oltin davr” hisoblanadi. Islom 
dunyosida eng nufuzli manbalar deb sanalgan oltita ishonchli to‘plam 
(as-sahih as-sitta)ni yaratgan muhaddislar ham vatandoshlarimiz 
bo‘lib, hadis ilmi rivojlangan IX asrda yashab ijod etganlar. Bular: 
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy 194 (810) - 256 
(870); Imom Muslim ibn al-Xajjoj 206 (819) - 261 (874); Imom Iso 
Muhammad ibn Iso at-Termiziy 209 (819) - 279 (892); Imom Dovud 
Sulaymon Sijistoniy 202 (817) - 275 (880); Imom Ahmad al-Nasoiy 
215 (820) - 303 (915); Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazid ibn 
Moja 209 (824) - 273 (886) kabi allomalardir.
“Sahih” yo‘nalishining asoschisi, eng etuk va mashhur muhaddis 
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriydir (825-870). Imom 
Buxoriy hadis ilmida “Amir ul-mo‘‘minin”, “Imom al-muhaddisiyn” 
(“Barcha muhaddislarning peshvosi”) degan sharafli nomga sazovor 
bo‘lgan.
Imom al-Buxoriy juda boy ijodiy meros qoldirgan. Shubhasiz, bu 
asarlaridan eng etuk, shoh asralari “Al-Jome’ as-sahih” - dir. Bu asar 
“Sahih al – Buxoriy” nomi bilan ham dunyoda mashhur.


39
Imom Buxoriy 4 jildan “Al-jome’ as-sahih” asarining bir jildida 
odob haqidagi hadislarni ja’m etgan. Keyinchalik allloma butun Islom 
olami odob-axloqi va tarbiyasi masalalariga bag‘ishlangan “Al-adab 
al- mufrad” (“Adab durdonalari”) maxsus hadislar to‘plamini yaratadi. 
Bu asar 644 bobda bayon etilgan 1322 hadisdan iborat.
Mashhur muhaddislardan yana biri vatandoshimiz Abu Iso at- 
Termiziy (824-992) bo‘lib, ularning o‘tkir zehni, xotirasi, yodlash 
qobiliyatining kuchliligi tufayli Imom Ismoil al-Buxoriy ham ularni 
faqat shogard sifatida emas, hamkor do‘st sifatida ham hurmat qilganlar.
At-Termiziy ham o‘ndan ortiq asarlar yaratib, ayniqsa, “Aljome’ as – 
sahih” (“Ishonchli to‘plam”), “Ash-Shamoil an-Nabaviya” (“Payg‘am-
barlarning alohida fazilatlari”), “Al-ilal fi-l-hadis” (“hadislardagi illatlar 
va og‘ishlar xaqida”) asarlar mashxurdir.

Yüklə 2,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin