Shukurullo mardonov umida zokirova


V BO‘LIM. XIV-XVI ASRLARDA MOVAROUNNAHRDA



Yüklə 2,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/101
tarix27.08.2023
ölçüsü2,22 Mb.
#128761
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   101
pedagogika-nazariyasi-2

V BO‘LIM. XIV-XVI ASRLARDA MOVAROUNNAHRDA 
TARBIYA, MAKTAB VA PEDAGOGIK FIKR TARAQQIYOTI
Reja:
1. XIV-XVI asrlarda Movarounnahrda ta’lim-tarbiya va pedagogik 
fikrlar taraqqiyoti.
2. Soxibqiron Amir Temurning ma’rifiy qarashlari va uning 
pedagogika fanida tutgan o‘rni.
3. Mirzo Ulugbekning ilmiy merosi va uning ta’limiy-tarbiyaviy 
qarashlari.
4. Zahiriddin Muhammad Boburning ma’rifiy-axloqiy qarashlari.
Tayanch tushunchalar: “
Markazlashgan davlat”; “Madrasa va 
maktab”, “ilm-fan”, “madaniyat, san’at”, “Amir Temur tuzuklari”, 
“Ziji Ko‘ragoniy”, “Ulug‘bekning ta’lim islohatlari”, “Boburnoma”, 
“Esdaliklar”.
5.1. XIV-XVI asrlarda Movarounnahrda ta’lim-tarbiya va 
pedagogik fikrlar taraqqiyoti
Tarixdan ma’lumki, Movarounnahrda qariyib bir yarim asr davo-
mida Movarounnahr mo‘g‘ul istilochilari tomonidan vayron etildi. 
Fan-madaniyat, ma’rifatga juda katta putur etkazildi. Xonavayron 
bo‘l gan Movarounnahr xalqi XIV asrning boshlariga kelib mo‘g‘ul 
istilochilari zulmidan qutila boshladi. Movarounnahrda kuchli davlat 
tuzishga bo‘lgan intilish g‘olib keldi. Mo‘g‘ul istilochilariga qarshi 
Buxoroda xalq Mahmud Torobiy boshchiligida qo‘zg‘aldi, Samarqand 
va Hurosonda esa Sarbadorlar qo‘zg‘alonlari ro‘y berdi. Natijada 
Sarbadorlar uzoq muddat hatto hokimiyatni ham boshqarib turdilar. 
XIV asrning o‘rtalarida Markaziy Osiyoda mayda feodal hokimlar 
o‘rtasida nizo kuchaydi, iqtisodiy qiyinchiliklar yuz berdi, siyosatda 
qat’iyatsizlik avj oldi. Hokimlar o‘rtasida nizolar kuchayishi natijasida 
mamlakat 10 ta mustaqil beklik va amirliklarga bo‘linib ketdi. Beklar 
va amirlar o‘rtasida o‘zaro kurash kuchaydi, mamlakat urush va tolon-
tarojlar iskanjasida qoldi.
Shunday og‘ir bir parokandalik vaziyatda el-yurtning og‘ir yukini 


74
Amir Temur o‘z elkasiga oldi va qariyib 10-yil (1360-1370) davom 
etgan og‘ir kurashdan so‘ng mamlakatni mo‘g‘ullar istibdodidan 
xalos qildi. 1370-1380-yillar mobaynida Amir Temur say’i-harakatlari 
samarasi natijasida beklar va amirlar o‘rtasida nizolarga barham berildi 
va Movarounnahrdagi tarqoq, amirliklar markazlashgan yagona feodal 
davlatning bayrog‘i ostida birlashtirildi.
Shunday qilib, XIV asrning ikkinchi yarmida Movarounnahrning 
feodal tarqoqligiga barham berildi, mamlakat mo‘g‘ul bosqinchilaridan 
tozalandi. XIV asrning oxiri XV asrlarda Markaziy Osiyoda feodal 
munosabatlar yanada rivoj topa boshladi. Sohibqiron Amir Temur va 
dastlabki temuriylar hukmronlik qilgan davr Movarounnahr tarixida 
alohida o‘rin egallaydi.
Markazlashgan buyuk Temur davlatining barpo etilishi bilan Mova-
raun nahrda yana fan va madaniyat, maorif qaytadan ravnaq topa 
boshladi. Shuning uchun ham tarixda XIV asrning ikkinchi yarmi va 
XV asr O‘rta Osiyoda Shark o‘yg‘onish davrining ikkinchi boskichi 
deyilishi bejiz emas, chunki bu davrga kelib Markaziy Osiyoda 
iqtisodiyot, fan va madaniyat gurkirab rivojlandi. Amir Temur 
hukmronligi davrida jahonning ko‘plab shaharlaridan Samarqandga 
hunarmandlar, san’atkorlar, muxandislar, olimu-fozillar olib kelindi va 
ularning tajribalaridan ilm-ma’rifat, madaniyat va qurilish jabhalarida 
keng foydalanildi. Samarqand va Xirotda madrasalar, rasadxonalar, 
bog‘u-rog‘lar, madaniyat o‘chog‘lari barpo etildi. Shu davrga kelib 
tibbiyot ilmini o‘rganishga qiziqish yanada kuchaydi. Riyoziyot, 
fala kiyot, jo‘g‘rofiya, tarix, adabiyot, falsafa, huquq, targ‘ibot, tar-
biyashunoslikka oid bir qator ajoyib va muhim asarlar yaratildi. 
Forobiy, ibn Sino, Beruniy, Umar Hayyom, Sa’diy, al-Xorazmiy, al-
Farg‘oniy, imom Buxoriy, at-Termiziy meroslarini, shuningdek, yunon-
rim madaniyatini o‘rganishga harakat kuchaydi. Mamlakatda davlatni 
boshqarishni mukammallashtirish, qurilish, obodonchilik, sug‘orish 
ishlariga, shaharlar o‘rtasidagi savdo yo‘llarini kengaytirishga katta 
e’tibor berildi.
Sohibqiron Amir Temur say’i-harakati tufayli Samarqand shahri 
yangidan qayta tiklandi. Shaharda Ko‘k saroy, Bibixonim masjidi, 
Shoxizinda maqbarasi, shahar atrofida Bog‘i Chinor, Bog‘i Shamol, 
Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Bexisht, Bog‘i Nav kabi bog‘ va saroylar barpo 
etildi. Ko‘xak - Zarafshon, Amudaryoga ko‘priklar qurildi. Toshkent 


75
atrofida kanallar qazildi. Sirdaryodan Oxangarongacha bo‘lgan kanallar 
shular jumlasidandir.
Markaziy Osiyoda rassomchilik, naqqoshlik, bezakli-badiiy buyum-
lar ishlab chiqarish yuqori darajaga ko‘tarildi. Sohibqiron Temur va 
temuriylar davrida - she’riyat, mantiq, falsafa, tarix, huquq, astronomiya, 
matematika, nafosat, tilshunoslik, lug‘atshunoslik, musiqashunoslik, tar-
biyashunoslik, me’morshunoslik, tijorat-tadbirkorlik, tarjimonlik, xat-
totlik, jo‘g‘rofiya va elshunoslik kabi boshqa o‘nlab dunyoviy bilimlarni 
o‘rganish, shu bilimlar asosida asarlar yaratish yo‘lga qo‘yildi.
Amir Temur hukmronligi davrida o‘rnatilgan tinchlik mamlakatda 
madaniyat, ilm-fan, xalq og‘zaki ijodi, adabiyot va san’atning rivojida, 
madrasalarda ta’lim-tarbiyaning yuqori saviyada bo‘lishida muhim 
omil bo‘ldi.
Ulug‘bek zamoniga kelib esa matematika, astronomiya kabi fanlar 
ayniqsa rivoj topdi. Tibbiyot, tarix, adabiyot va shular bilan bir 
qatorda diniy bilimlarning ham ravnaq topishiga katta e’tibor berildi. 
Oliy maktab - madrasalar qurildi. Buxoro, Samarqand va G’ijduvonda 
qurilgan uch madrasa fan taraqqiyotida ilmiy markaz bo‘lib keldi. 
Buxorodagi madrasa peshtoqiga bitilgan quyidagi yozuvlar haligacha 
yaqqol ko‘zga tashlanadi: “Ilm olmoqqa intilmoq har bir muslim va 
muslima uchun qarzu farzdir”. Shu sababli ham, biz hech ikkilanmay 
XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr Markaziy Osiyo tarixida 
uyg‘onish davri bo‘lib tarix sahifalaridan o‘rin oldi deya olamiz.
Shuni ta’kidlash lozimki, bu davrda o‘zbek adabiyotida ancha siljish 
ro‘y berdi. Atoiy, Sakkokiy, Haydar Xorazmiy, Durbek va Lutfiylar 
tomonidan qimmatli asarlar yaratildi. Tarjima qilish ishlari jonlantirildi. 
Ulug‘bek olimlarga homiylik qilib, ularni rag‘batlantirdi. Uning o‘zi 
ayniqsa astronomiya va matematika fanlari bo‘yicha muhim ishlarni 
amalga oshirdi. Ulug‘bek tomonidan rasadxona barpo etildi. Shu davrda 
Samarqandda Qozizoda Rumiy, Jamshid ibn Ma’sudiy, Mansur Koshiy, 
Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, ulug‘ rassom Kamoliddin Behzod, 
tarixshunos Xondamir, xattot Sulton Ali Mashxadiy va boshqalar ijod 
cho‘qqilariga ko‘tarildilar.
Ulug‘bek shogirdi Aloviddin Ali ibn Muxammad qushchi Samar-
qandiy, ya’ni Ali Qushchi o‘sha davrda Movarounnahrning madaniy 
va ilmiy hayotida katta rol o‘ynadi, uning “Risolai dar falaqiyot” deb 
nomlangan astronomiyaga oid risolasi jahonga mashhur bo‘ldi va uni 


76
o‘z davrining Ptolomeyi deb atay boshladilar.
XV asrda Markaziy Osiyoda tarix fani keng rivoj topdi, til, mantiq, 
fal safa, tarbiyashunoslikka doir o‘nlab asarlar yaratildi. Ayniqsa, Mir 
Sayd Sharif Jurjoniy, Xofizi Abro‘ Abdurazzoq Samarqandiy, Xon-
damir, Davlatshoh Nizomiddin Shomiy, ibn Arabshoh, Sharofiddin Ali 
Yazdiy va shu kabi o‘nlab olimu-fuzalolarning yaratgan asarlari jahon 
fanida katta o‘rin egalladi. Sulton Xusayn Boyqaro hukmronlik qil-
gan davrga kelib, olimlar va shoirlar Samarqanddan Hirotga ko‘chib 
o‘tdilar. Hirot ilmiy-madaniy markazga aylantirildi. Alisher Navoiy 
Hirotda fan, madaniyat, ilm va ma’rifatga homiylik qilishi natijasida 
bu erda shoirlar, musavvirlar, hattotlar, olimu-fozillar etishib chiqib
jahon ilmu fani olamida nom qozondilar.
Bu davrda bir qator ilm maskanlari barpo etildi, xususiy maktablar 
yuzaga keldi, muallim yollab bolalarni uyda o‘qitish tadbirlari odat 
tusiga kirdi. Shahar va qishloklarda, ovullarda ochilgan maktablarda 
bolalarni o‘qitish 6 yoshdan boshlandi. Aholi savodxonligini oshirish 
maqsadida ko‘plab tadbirlar o‘tkazildi. O‘quvchilar maktablarda savod 
chiqarganlaridan so‘ng Buxoro, Samarqand, Xuroson, G’ijduvon 
va boshqa shaharlardagi madrasalarga borib u erda ham diniy, ham 
dunyoviy fanlardan bilim olar edilar. Biz yuqoridagilardan xulosa 
chiqargan holda haqiqatdan ham XIV-XVI asrlarda Movarounnahrda 
ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya, madaniyat, san’at va pedagogik fikrlar 
yuksak taraqqiyot darajasiga erishgan deb aytaolamiz.

Yüklə 2,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin