Shukurullo mardonov umida zokirova


 Turkistonda milliy davlat chegaralanishi o‘tkazilgandan so‘ng



Yüklə 2,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/101
tarix27.08.2023
ölçüsü2,22 Mb.
#128761
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   101
pedagogika-nazariyasi-2

8.2. Turkistonda milliy davlat chegaralanishi o‘tkazilgandan so‘ng 
halq ta’limi va mutaxassis kadrlar tayyorlash muammolari
Ma’lumki, 1924-yilda amalga oshirilgan milliy davlat chegaralanishi 
natijasida mintaqa kartasi qaytadan tuzildi. Shuni ta’kidlash lozimki, 


116
20-30-yillardagi juda murakkab, siyosiy ijtimoiy va ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayonlar respublikaning milliy madaniyatiga har xil tarzda ta’sir 
o‘tkazdi, barcha sohadagi o‘zgarishlarni qarama-qarshi tusga kiritdi va 
respublika taraqqiyotining asosiy tendensiyalari hamda yo‘nalishlarini 
uzoq-yillarga belgilab berdi.
Xalq ma’rifatining yuksalish yo‘lida aholining savodliligini oshi-
rishga, savodsizlikka barham berish davr talabi edi. Bu maqsadda 
ko‘plab yangi savod maktablari va kurslar ochildi. Minglab aholi savodli 
bo‘ldi. Shuni aytish joizki, 1930-yili umumiy boshlang‘ich ta’limni joriy 
etish savodsizlikni qisqartirishga yordam berdi. 30-yillarning oxirlariga 
kelib, umumiy etti-yillik ta’limni amalga oshirishga kirishildi. Sovet 
davlatining statistik ma’lumotlarida ko‘rsatilishicha 1925-1941-yillar 
davomida xalq ta’limi maktablari soni muttasil ortib borgan. Masalan, 
1924-25 o‘quv-yilida O‘zbekistonda 160 ta sovet tipidagi maktablar 
tashkil qilinib, ularda 17209 o‘quvchi ta’lim olgan bo‘lsa, 1941-yilga 
kelib maktablar soni 5504 taga va ularning o‘qitilayotgan o‘quvchilar 
soni esa 1 million 315 ming kishiga etgan.
Ziyoli kadrlarni tayyorlashda sinfiy jihdtdan ishonchli, aholining 
“meh natkash” tabaqalaridan chiqqan kishilarini tanlab olish kerak
degan g‘oya ilgari surildi. Chunki, avvaldan yaxshi ma’lumki, aqliy 
va mantiqiy mushohada etish darajasi qancha past bo‘lsa, savol-
lar ham, noroziliklar ham shuncha kam bo‘ladi. Shuning uchun ham 
madaniyat xodimlarning tarkibini ijtimoiy jihatdan ishonchli bo‘l-
gan “mexnatkashlar” hisobiga soddalashtirish, ular orasidagi eng 
zakovatli va omilkor qatlamni siqib chiqarish maqsad qilib qo‘yildi. Bu 
“madaniy inqilob”ning asosiy tezislaridan biri bo‘lib, “shaklan milliy, 
mazmunan proletar madaniyati”ni vujudga keltirishdan iborat edi. Bu 
g‘oya sovet davlatining barcha o‘n-yilliklari davomida yashab keldi 
- 30-yillarda uni amalga oshirish borasida qo‘yilgan dastlabki qadam 
madaniyatning barcha sohalari uchun kadrlar tayyorlash, yuqorida 
aytganimizdek, “mehnatkashlar”, ya’ni, “proletar qatlamdan” bosh-
langanligi ham bejiz emas edi. O‘sha-yillarda komsomol safiga ijti-
moiy jihatdan faqat “mehnatkashlar” qatlamidan qabul qilinganligini 
e’tiborga oladigan bo‘lsak, nima uchun komsomollar safarbar qilinib
ularni qisqa muddatli kurslarda o‘qitib maktablarga muallim sifatida 
yuborilganligini anglab etamiz. Buning natijasida respublikada 
o‘qituvchilar soni 1928-29 o‘quv-yilidagi 5,5 ming kishidan 1932-


117
33 o‘quv-yilida qariyb ming kishiga 1941-yili esa 42 ming kishiga 
etgan. Bu raqamlar shundan dalolat beradiki, 1933-yil boshlarida 
xalq ta’limi tizimlarida o‘tkazilgan “tozalash” oqibatida ijtimoiy kelib 
chiqishi nuqtai nazaridan “ishonchsiz” bo‘lgan minglab bilimdon va 
tajribali muallimlar haydalib, ular o‘rniga qisqa muddatli kurslarni 
bitirgan saviyasi past, lekin ijtimoiy jihatdan “ishonchli” qatlamlardan 
qo‘shimcha muallimlar tayyorlanib, ular maktablar va madaniyatning 
boshqa sohalarida ishlash uchun yuborildilar.
Bu-yillarda respublika oliy o‘quv yurtilari tarmog‘i ham ortib 
bordi. Samarqandda O‘zbekiston davlat universiteti, Buxoro, Farg‘ona, 
Namangan, Andijon, Marg‘ilon, Toshkent, Nukus, Xiva, Urganch 
shaharlarida oliy maktablar tashkil etildi. 20-yillar o‘rtalaridan boshlab 
mustabid tuzum O‘zbekistonda qator ilmiy-tadqiqot institutlari tash-
kil qildi. 1932-yilga kelib o‘zbekiston olimlari Respublika Fanlar 
Akademiyasini tashkil etish ishiga kirishdilar. Bu yo‘lda ilk tashlangan 
qadam Markaziy Ijroiya Qo‘mita qoshida 1932-yil 11 oktyabrda 
O‘zbekiston ilmiy-tekshirish muassasalariga rahbarlik qiluvchi res-
publika qo‘mitasining tuzilishi bo‘ldi. 40-yillarning boshida O‘zbe-
kistonda 60 dan ortiq maxsus ilmiy-tekshirish muassasalari, laboratariya 
va stansiyalari mavjud bo‘lib, ulardan nazariy va amaliy fan sohalari 
bo‘yicha turli yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqotlar amalga oshirildi. 1940-yil 
9 yanvarda Fan Qo‘mitasi Ittifoq Fanlar akademiyasining O‘zbekiston 
filialiga aylantirildi.

Yüklə 2,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin